Itolmasov e. R


To’pni tepadan oshirib yuborish



Yüklə 440,35 Kb.
səhifə16/37
tarix07.01.2024
ölçüsü440,35 Kb.
#201265
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37
Futbol Maqola

2.4.3. To’pni tepadan oshirib yuborish


Darvozaga uchib kelayotgan to’pni yuqori to’sin ustidan o’tkazib yuborishga tepadan oshirib yuborish deyiladi. Asosan darvozabondan yuqori yoki uning yon tomonidan kuch bilan va baland traektoriyada uchib kelayotgan to’p tepadan oshirib yuboriladi.
Darvozabonning to’pni tepadan oshirib yuborishdagi harakatlari ko’p jihatdan to’pni qaytarib yuborishdagi harakatlarga o’xshaydi. Tepadan oshirib yuborish ham bir yoki ikki qo’llab bajariladi. Yetish qiyin bo’lgan to’plar yiqila turib tepadan oshirib yuboriladi.
Tayyorlov bosqichida bir yoki ikki qo’l taranglashtirilgan holda to’pning uchish yo’nalishiga uzatiladi (69-rasm). Uchib kelayotgan to’p to’siqqa - burchak ostida qo’yilgan bir yoki ikkala qo’l kaftiga tegib, traektoriyasini o’zgartiradi. To’pni kaftlar bilan tepadan oshirib yuborish - eng ishonchli usul. Lekin hamma vaqt buning iloji bo’lavermaydi. Ko’pincha yuqori to’sin tagiga kirib borayotgan to’pni tepadan oshirib yuborish uchun tarang barmoqlarni unga yetkazib, yo’lini to’sish va traektoriyasini o’zgartirish kifoyadir. Bunday to’plar musht bilan ham tepadan oshirib yuboriladi. Bunda yuqoriga - orqaga yo’naltirilgan musht bilan sekingina urish hisobiga to’pning uchish traektoriyasi o’zgartiriladi.

69-rasm. To’pni sakrab turib yuqoridan o’tkazib yuborish
Bir qo’llab tepadan oshirib yuborish darvozabondan anchagina narida uchib kelayotgan to’p yo’lini to’sish imkonini beradi. Bunda yiqila turib to’pni chetdan o’tkazib yuborish samaraliroq chiqadi. Tayyorlov bosqichining va yakunlovchi bosqichning bajarilishi darvozabonning to’p qaytarib yuborishdagi harakatlariga o’xshashdir. Asosiy bosqichda to’p kaft yoki musht bilan tepadan oshirib yuboriladi.
To’pning uchish yo’nalishi va darvozabondan ungacha bo’lgan masofaning qanchaligini hisobga olgan holda, joyda turib, sakrab va zarur siljishlardan keyin harakatlana turib, to’pni tepadan oshirib yuborish mumkin.

2.4.4. To’pni tashlab berish


Hozirgi futbolda darvozabonlar to’pni ko’pincha tashlab beradilar, chunki bunda to’pni tepgandagidan ko’ra aniqroq yo’naltirib berish mumkin. Tashlash masofasiga kelganda esa, tegishlicha jismoniy tayyorgarligi va a’lo darajada rasional texnikasi bo’lgan darvozabon to’pni anchagina (35-40 m) masofaga tashlab bera oladi.
Bu texnik usul, odatda, asosan bir qo’llab, ahyon-ahyonda ikki qo’llab bajariladi.
To’pni bir qo’llab tashlab berish yuqoridan, yondan va pastdan bajariladi.
To’pni yuqoridan tashlab berish - eng ko’p tarqalgan usul. Bu usulda sheriklarga turli traektoriyada, anchagina masofaga va yetarlicha aniq to’p tashlab berish mumkin (70-rasm).

70-rasm. To’pni yuqoridan tashlab berish
To’p tashlashdan oldingi dastlabki holat - bir qadam tashlab tik turish. To’p shundoqqina kaft ustida bo’lib, yoziq va yarim bukilgan barmoqlar uni tutib turadi. Tayyorlov bosqichida to’p tutgan qo’l tirsagi bukilib, yon tarafdan orqaga tortilib, bosh balandligida (yoki bir oz balandroq) yuqori kutariladi. Gavda shu qo’l tortilgan tomonga burilib, sal oldinga engashadi. Tana og’irligi orqadagi sal bukilib turgan oyoqqa o’tkaziladi. Oldindagi oyoqning uchi yerda bo’ladi. Asosiy bosqichdagi tashlash harakati oyoqlarni to’g’rilab, gavdani burishdan boshlanadi. Shundan keyin qo’l faol yozilib, uloqtirish tomonga harakatlanadi-da, bu harakat panjaning keskin yo’naltiruvchi harakati bilan tugaydi. Tananing og’irligi orqadagi oyoqqa o’tkaziladi.
To’pni yondan tashlaganda, u anchagina uzoqqa yetib borsa ham, tashlash unchalik aniq bo’lmaydi (71-rasm).
Tayyorlov bosqichida bir qadam tashlab tik turgan dastlabki holatda qo’l tortiladi. To’p tutgan qo’l yon tomonga - orqaga uzatiladi. Gavda shu tomonga buriladi. Tana og’irligi orqadagi sal bukilgan oyoqqa tashlanadi. To’p tashlash oyoqning uchiga ko’tarilib, keskin to’g’rilanish va gavdani burish hisobiga bajariladi. Bu o’zuvchi harakatlar qo’lning to’g’ri tutilib, yon tomondan oldinga keskin harakat qilishi bilan tugaydi. Frontal tekislikka yaqinlashib qolganda, to’p panjadan "uziladi". Tashlashning ertaroq yoki kechroq bajarilishi to’pning uchish yo’nalishida anchagina xatolar yuz berishiga olib keladi.

71-rasm. To’pni yon tomondan tashlab berish
To’pni past trayektoriyali qilib tashlashda pastdan tashlash qo’llaniladi.
Dastlabki holatda bir qadam tashlangan holdagi oyoqlar anchagina bukilib turadi (72-rasm). Panjasi to’pni tagidan tutib turgan qo’l quyi tushiriladi.
Keyin darvozabon qo’lini orqaga tortib, tana og’irligini oldindagi oyog’iga o’tkazadi. To’p tutgan qo’l yerga parallel tarzda olg’a tomon keskin harakat qiladi. Gavda ozgina engashadi. Shu tarzda eng oxirgi holatda to’p qo’ldan tushib, mo’ljal tomon otilib ketadi.

72-rasm. To’pni pastdan tashlab berish
To’pni ikki qo’llab tashlash ko’pincha yuqoridan, bosh ortidan boshlab bajariladi. Bunday harakatlar ko’p jihatdan yon chiziqning narigi yog’idan to’p tashlashdagi harakatlarga o’xshash; shuni qayd etish lozimki, qoidaning to’p tashlash paytida ikki oyoqqa tayanib turish haqidagi talabi darvozabonning to’p tashlashiga aloqador emas.

Yüklə 440,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin