Itolmasov e. R


Darvozabonning o’yin texnikasi



Yüklə 440,35 Kb.
səhifə14/37
tarix07.01.2024
ölçüsü440,35 Kb.
#201265
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37
Futbol Maqola

2.4. Darvozabonning o’yin texnikasi


Darvozabonning o’yin texnikasi maydon o’yinchisining o’yin texnikasidan tubdan farq qiladi. Bu darvozabonga qoidaga binoan jarima maydoni ichida qo’l bilan to’p o’ynashga ruxsat etilgani bilan bog’liqdir.
Quyidagi usullar guruhi darvozabonning o’yin texnikasiga kiradi: to’pni ilib olish, qaytarish, o’tkazib yuborish va tashlash. O’yinda sheriklar va raqib jamoasi o’yinchilarning qayerda turganiga, shuningdek, to’p harakatining yo’nalishi, traektoriyasi va tezligiga qarab darvozabon harakatining xilma-xil usullari, usul va turlari qo’llaniladi. Ularning tasnifi 60-rasmda berilgan.
O’yin jarayonida darvozabon maydon o’yinchisi ixtiyoridagi kerakli texnik usullardan foydalanaveradi.
Texnik usullarning muvaffaqiyatli bajarilishi ko’p jihatdan darvozabonning harakatga qanchalik tayyor turganligi bilan belgbilanadi.
Darvozabonning to’g’ri dastlabki holatda bo’lishi uning harakatga tayyor ekanligi omillaridandir. Bunday dastlabki holat oyoqlarni yelka kengligida kerib, sal bukib turish bilan ifodalanadi. Yarim bukik qo’llar ko’krak balandligida oldinga uzatilgan. Kaftlar olg’a tomon ichkariga qaragan. Barmoqlar sal bo’shashtirilgan. Dastlabki holatning to’g’ri bo’lishi darvozabonga og’irlik markazi o’qini tezlik bilan tayanch sathidan tashqari chiqarib olib, lozim bo’lgan harakatlarni oddiy, juftlama yoki chalishtirma qadam tashlab, sakrab va yiqilib bajarish imkonini beradi.

2.4.1. To’pni ilib olish


To’pni ilib olish - darvozabon o’yin texnikasining asosiy vositasi. Bu ko’pincha ikki qo’llab amalga oshiriladi.
To’pning yo’nalishi, traektoriyasi va tezligi qandayligiga qarab, uni pastdan, yuqoridan yoki yondan ilib ushlab olinadi. Darvozabondan anchagina naridan uchib borayotgan to’plar yiqila turib olinadi.
To’pni pastdan ilib olish darvozabon tomon yumalab kelayotgan, yuqoridan tushib kelayotgan va past (ko’krak balandligida) uchib kelayotgan to’plarni egallab olishda qo’llaniladi.
Yumalab kelayotgan to’pni ilib olishning tayyorlov bosqichida darvozabon oldinga engashib, qo’llarini pastga tushiradi (60-rasm). Bunda kaftlar to’pga qaragan, sal yoziq, yarim bukik barmoqlar yerga tegay deb turadi. Qo’llar haddan tashqari tarang tutilmasligi kerak. Oyoqlar juftlangan, hech bukilmagan yoki sal bukilgan bo’ladi.
Ishchi bosqich shundan iboratki, to’pning qo’lga tegishi paytida barmoqlar uni ostidan tutib oladi, qo’llar tirsakdan bukilib, to’pni qorin tomon torta boshlaydi. Pastga tushirilgan qo’llar vaznining amortizasiyasi ta’siri va bukilishi hisobiga to’pning tezligi so’ndiriladi. Yakunlovchi bosqichda darvozabon qaddini rostlaydi.
Hozirgi zamon futbolida yumalab kelayotgan to’pni ikki qo’llab pastdan ilib olishning boshqa variantlari ham qo’llaniladi. Bu variantning xususiyati shundaki, unda oldinga engashish o’rniga taxminan 50-80˚ tashqariga burilgan bir oyoqqa cho’nqayiladi. Tizzasi anchagina bukilib, uchiga tayanib turilgan ikkinchi oyoq ham tashqariga buriladi. Pastga tushirilgan qo’llarning kafti to’pga to’g’rilangan bo’ladi. To’pni bevosita ilib olish yuorida tasvirlangan variantdagi singari bo’ladi.

60-rasm. Dumalab kelayotgan to’pni pastdan ilish
Yakunlovchi bosqichda oyoqlarni burish va to’g’rilash hisobiga darvozabon qaddini rostlab, keyingi harakatlar uchun kerakli dastlabki holatni oladi. To’siqning straxovka qilish sathi anchagina bo’lgani uchun to’p ilib olishning bu varianti dinamik ishonchliroqdir.
Past uchib kelayotgan va darvozabonning old tomonida yuqoridan tushib kelayotgan to’plarni ilib olishda tayyorlov bosqichida salgina bukilgan qo’llar kaftlari oldinga qaratilib, to’p qarshisiga uzatiladi (61-rasm). Barmoqlar bir oz yoziq va yarim bukik bo’ladi. Ayni vaqtda gavda ozroqqina oldinga engashadi, oyoqlar esa sal bukiladi. Oyoqlarning qay darajada bukilishi to’pning uchib kelish traektoriyasiga bog’liq. To’p qo’lga tegishi paytida darvozabon uni ostidan barmoqlari bilan tutib oladi-da, qorni yoki ko’kragi tomon torta boshlaydi.

61-rasm. Uchib kelayotgan to’pni pastdan ilish
To’p anchagina tez kelayotgan bo’lsa, oyoqlarni to’g’rilash va gavdani oldinga engashtirish hisobiga orqaga tomon qo’shimcha so’ndiruvchi harakat qilinadi.
O’yin jarayonida darvozabonning yon tomoniga yumalab va past uchib kelayotgan, shuningdek, uning old tomonida ancha nariga tushayotgan to’plarni ilishga ham to’g’ri keladi. Bunday hollarda oldin to’pning harakat yo’nalishi tomonga qarab jilish kerak.
Bu ish yugurish qadami, juftlama qadam yoki chalishtirma qadam bilan, shuningdek, ko’proq bir oyoqda depsinib yuqoriga, oldinga-yuqoriga yoki yon tomonga yuqoriga sakrash bilan amalga oshiriladi. Shundan keyingi harakatlar tizimining tahlili yuqorida berilgan.
To’pni yuqoridan ilib olish o’rtacha traektoriyada uchib kelayotgan, shuningdek, baland uchib kelayotgan va pastga tushib kelayotgan to’plarni egallab olish uchun qo’llaniladi (62-rasm).
Darvozabon tayyorlov bosqichida dastlabki holatni egallayotganda qo’llarni sal bukib, oldinga yoki yuqoriga-oldinga uzatadi.
Oldinga qaratilgan kaftlarning barmoqlari yoziq, yarim bukilgan bo’lib, "yarim aylana" singari shakl hosil qilib turadi. Bosh barmoqlar bir-biridan uncha uzoq bo’lmaydi (3-5 sm dan oshmaydi).

62-rasm. To’pni yuqoridan ilish
Ishchi bosqichda to’pning qo’lga tegishi paytida barmoqlar uni sal oldindan - yonidan tutib oladi, barmoqlar bir-biriga salgina yaqinlashadi. Barmoqlarning so’ndiruvchi harakati va qo’llarning bukilishi hisobiga to’pning tezligi so’ndiriladi.
Yakunlovchi bosqichda darvozabon qo’llarini maksimal darajada bukib, to’pni eng qisqa yo’l bilan ko’kragiga tortadi.
O’yin sharoitida darvozabon to’pni, asosan, u uchib kelayotgan tomonga keragicha jilganidan keyingina ilib oladi.
Buning uchun harakatlanish texnikasining turli usullari va ularning birga qo’shilgan variantlari qo’llaniladi.
Baland to’plarni, ya’ni baland traektoriyada uchib kelayotgan to’plarni qo’lga kiritish uchun sakrab ikki qo’llab yuqoridan ilib olish qo’llaniladi (63rasm). To’pning uchish yo’nalishiga qarab bir yoki ikki oyoqda depsinib yuqoriga, yuqoriga - oldinga yoki yuqoriga - yonga sakraladi. harakatlanayotgan paytda asosan bir oyoqda, joyda turganda esa ikki oyoqda depsinib sakraladi. Depsinish paytida qo’llar silkinish harakatini qilib, to’p tomon yuqoriga uzatiladi. To’pni ilib olgandan keyin oyoqlar bir oz bukilib, yerga tushiladi.


63-rasm. To’pni sakrab turib yuqoridan ilish

64-rasm. To’pni yon tomondan ilish
To’pni yondan ilib olish darvozabonning yon tomoniga o’rtacha traektoriyada uchib kelayotgan to’plarni qo’lga kiritish uchun qo’llaniladi (64rasm).
Tayyorlov bosqichida qo’llar oldinga - yonga, ya’ni to’p uchib kelayotgan tomonga uzatiladi. Panjalar deyarli parallel, barmoqlar sal yoziqva yarim bukik.
Gavdaning og’irligi to’p ilinadigan tomondagi oyoqqa uzatiladi. Gavda ham shu tomonga sal buriladi. Ishchi va yakunlovchi bosqichlar bajarilish tuzilmasi jihatidan to’pni yuqoridan ikki qo’llab ilib olishdagiga o’xshaydi.
To’pni yiqila turib ilib olish darvozabondan chetga qo’qqisdan, aniq, goho esa juda qattiq yo’naltirilgan to’plarni qo’lga kiritishning samarali vositasidir. To’p uzatilganda ushlab qolish va raqib oyog’idagi to’pni olib qo’yishda qo’llaniladi.
Yiqila turib to’p ilishning ikki varianti bor: uchish bosqichisiz ilish va uchish bosqichi bo’lgan ilish.
Birinchi variant, odatda, darvozabonning yon tomoniga undan 2-2,5 m narida yumalab yoki past uchib kelayotgan to’plarni ilib olish uchun qo’llaniladi (65-rasm). Tayyorlov bosqichida to’p harakati tomonga katta qadam tashlanadi. To’pga yaqin turgan oyoq qattiq bukiladi. Og’irlik markazining o’qi tayanch sathidan chiqarilib, pastroq tushiriladi. Qo’llar to’p tomon keskin uzatiladi. Bu gavdaning harakatlanishiga ham, yiqilishga ham yordam beradi. Yerga tushish bunday tartibda bo’ladi: oldin oyoqning boldir qismi, keyin tos-son va gavdaning yon qismlari yerga tegadi. Parallel uzatilgan qo’llar to’p yo’lini to’sib chiqadi. Panjalarning turishi, shuningdek, bevosita to’p ilib olish yiqilmay ikki qo’llab yuqoridan ilishda qanday bo’lsa, shunday. Darvozabon g’ujanak bo’layotganda qo’llarini bukib, to’pni ko’kragiga tortadi. Ayni vaqtda oyoqlarini ham bukadi.


65-rasm. To’pni yiqilib (uchish bosqichisiz) ilish

66-rasm. To’pni yiqilib (uchish bosqichi bilan) ilish
Darvozabondan ancha narida dumalab va uchib kelayotgan to’plarni ilib olish uchun uchish bosqichi bo’lgan yiqilish qo’llaniladi (66-rasm). Dastlabki bosqichda darvozabon uchib kelayotgan tomonga tezda bitta yo ikkita juftlama yoki chalishtirma qadam tashlaydi. Bunday paytda qaysi harakatlanish usulini tanlash va undan foydalanish darvozabonning hosil qilgan shaxsiy ko’nikmalariga bog’liq. Depsinishga tayyorlanish gavdani oldinga engashtirib, og’irlik markazi o’qini tayanch sathidan chetga chiqarishdan boshlanadi. To’p kelayotgan tomonga yaqin oyoqda depsiniladi. Qo’llar to’p tomonga keskin uzatiladi. Ularning harakati va ikkinchi oyoqning silkib bukilishi depsinish kuchi oshishiga yordam beradi. Depsinish burchagining qanday bo’lishi to’pning uchish balandligiga bog’liq. Baland kelayotgan to’plarni ilib olishda yuqorilab yon tomonga, o’rtacha balandlikda kelayotganlarini ilishda esa yon tomonga depsinib chiqiladi.
Dumalab kelayotgan va past uchib kelayotgan to’plarni ilib olishda gavda ko’proq engashadi, depsinuvchi oyoq yana ham chuqurroq bukiladi, darvozabonning uchish traektoriyasi past, yer bilan parallel bo’ladi. To’p darvozabonning uchish bosqichida ilib olinadi. To’p qo’lga kiritilganidan keyin g’ujanak bo’linadi, bu old-orqa o’qi atrofida olg’a tomon aylanishga olib keladi. Tortish kuchi ta’sirida quyidagi tartibda yerga tushiladi: oldin bilak, keyin elka, gavda va tosning yon qismlari, oyoqlar.

Yüklə 440,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin