4. Chidamlilik uchun maxsus mashqlar (10 min) 5. 2x6-7 o’yinchilardan iborat jamoalar bilan kichik maydonda o’ynash
(30 daq.)
II.
1. Tezlik uchun mashqlar 2. “A” guruhidagi singari yangi texnika usullari
18.00-
19.20
III. Bo’shashtiruvchi mashqlar
3. O’yindagi vazifalarni hisobga olgan holda murakkab texnika usullari (darvozabon darvozada)
19.20-
20.00
4. Chidamlilik uchun maxsus mashq (10 daq.) 5. Ikki tomonlama o’yin (30 daq.)
III. Bo’shashtiruvchi mashqlar
Shunday qilib, murabbiy har bir guruh o’yinchilari bilan individual shug’ullanadi va uchchala guruhlar o’yinchilari ikki tomonlama o’yinda qatnashadi (ushbu uslubning qo’llanilishi 1-rasmda keltirilgan).
To’plar soni yetarilcha bo’lmaganda texnikaga o’rgatish maxsus mashq turlarini qo’llash orqali hal etilishi mumkin. Ularni shunday tanlash lozimki:
1-rasm.
- o’yinchilar mumkin qadar ko’p marta to’pga “duch kelishsin"; - tegishli jismoniy yuklama olishsin.
Agar o’quv-mashg’ulot jarayoni puxta rejalashtirilsa, agar murabbiy unga yaxshi tayyorgarlik ko’rgan bo’lsa, buning hammasini amalga oshirish mumkin.
O’yinchilarning joylashishini (kolonna, qator, yarim aylana, aylana holda) shunday tanlash lozimki, o’yinchilar to’p bilan ko’proq “uchrashishlari" kerak. Agar o’yinchilar texnika vazifasini bajargandan so’ng qandaydir boshqa topshiriqlar, ya’ni yordamchi mashqlarni (jismoniy tayyorgarlik bo’yicha) bajarsalar, tegishli jismoniy yuklamaga yoki jismoniy sifatlarning ma’lum darajada takomillashuviga erishish mumkin.
Yordamchi mashqlar – bu shunday harakatlarki, ular texnika usullariga o’rgatish va uni takomillashtirish paytida tegishli harakatchanlikni ta’minlaydi. Ular jismoniy yuklama beradi, jismoniy sifatlarni takomillashtiradi va shu orqali o’quv-mashg’ulot jarayonlari samaradorligini oshiradi; yoki muvofiqlashtiruvchi ta’sirga ega va shu orqali har tomonlama ta’sir ko’rsatishga yordam beradi; yoki faol dam olishga xizmat qiladi.
Yordamchi mashqlar har xil bo’ladi. Ularni yakka yoki sherik bilan bajarish hamda buning uchun yordamchi vositalar yoki buyumlarni jalb qilish mumkin.
O’yinchilar ko’p va to’plar soni kam bo’lgan paytda yordamchi mashqlarni qo’llash bo’yicha bir nechta misol keltiramiz.
8 ta o’yinchi 1 ta to’p bilan bir-biriga qarama-qarshi turgan holda maydon yarmisining o’rtasida kolonna bo’lib tiziladilar (har bir kolonnada 4 tadan o’yinchi turadi). Kolonnalar o’rtasidagi masofa 10-15 metrni tashkil qiladi. Kolonnada oldinda turgan o’yinchi boshqa kolonnada birinchi turgan o’yinchiga qaratib to’pni buraltirib (pastdan yoki yuqoridan) uzatadi. U yugurish paytida to’pni qabul qilib oladi, so’ngra uni orqaga qaytarib olib keladi (texnika mashqi). Zarba bergan o’yinchi o’rtacha sur’atda yoki sprintcha darvoza chizig’igacha yuguradi. To’pni olib ketayotgan o’yinchi uni o’rta chiziqqacha yetkazadi, so’ng u yerdan orqaga yugurib kelib, kolonna oxirida turgan o’yinchining yelkasiga sakrab chiqib oladi. Boshqa o’yinchi yetib kelguniga qadar ikkinchi o’yinchi birinchisini o’z yelkasida ushlab turadi. 2-rasmda 2 tadan o’yinchi ko’rsatilgan, lekin bu mashqni 4-4 o’yinchi bo’lib bajarish to’g’riroqdir.
O’yinchilarning joylashishi birinchi mashqdagi kabi, lekin o’yinchilar kolonnalari o’rtasidagi masofaning yarmida yon tomondan to’siq qo’yiladi. Kolonnada oldinda turgan o’yinchi to’pni o’yinga kiritib beradi. Qarshidagi kolonnada turgan birinchi o’yinchi to’pni ko’kragi bilan to’xtatadi, so’ngra to’pni to’g’rilab olib, uni qarshisidagi kolonnada turgan keyingi o’yinchiga pastlatib tepadi (texnika mashqi). Texnika vazifasi tugagandan so’ng o’yinchilar navbatmanavbat to’siqdan oshib sakraydilar va uni tagidan o’tadilar hamda qarshisidagi qator oxiriga borib turadilar (yordamchi mashq).
4-5 ta o’yinchi maydon yarmisining o’rtasida, qolgan 4-5 o’yinchi darvoza chizig’i yonida, darvoza maydoni ichida turadi. Birinchi o’yinchi darvozadan turib zarba berib, to’pni o’yin maydonining o’rtasida turgan o’yinchiga yo’naltiradi.
2-rasm.
Ikkinchi o’yinchi tepilgan to’pni to’xtatadi, shundan so’ng uni darvoza tomonga olib boradi. To’pni darvozadan tepgan o’yinchi to’pni olib ketayotgan o’yinchiga halaqit beradi, lekin ikkinchisi esa aldamchi harakatdan so’ng to’pni darvozaga yo’llaydi (texnik-taktik mashq). Shundan so’ng ikkala o’yinchi tez yugurib ketadi (darvozaga to’p yo’llagan o’yinchi esa to’p ortidan yuguradi). Kolonnaning qarama-qarshi tomoniga yetib kelib, ikkala o’yinchi yana navbatlari kelgunga qadar erkin mashqlarni bajarib turadilar (yordamchi mashq).