Itolmasov e. R


Umumiy uslubiy ko’rsatmalar



Yüklə 440,35 Kb.
səhifə7/37
tarix07.01.2024
ölçüsü440,35 Kb.
#201265
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37
Futbol Maqola

Umumiy uslubiy ko’rsatmalar


Yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligi, o’yin texnikasining ayrim usullariga o’rgatish, o’rganilganlarni qo’llash nazoratsiz qoldirilishi mumkin emas. Agar o’yin texnikasiga o’rgatish rejalashtirilgan, muntazam mashg’ulotlar bilan o’tkazilsa, unda u yaxshi natija berishi mumkin.
Sport maktablari tizimida yangi sportchilarni o’yin texnikasiga o’rgatishda navbatma-navbat keladigan ketma-ketlikka rioya qilish zarur hamda uni quyidagi tamoyil asosida amalga oshirish lozim, ya’ni:

  • osondan qiyinga;

  • oddiydan murakkabga.

Usullarga o’rgatishni shunday o’tkazish zarurki, bunda o’rganilgan material tezlik bilan o’yinda qo’llanilishi lozim. Shuning uchun birinchi navbatda eng oddiy zarba berish va to’pni qabul qilib olishga (masalan, oyoq kaftining ichki tomoni, oyoq ustining ichki qismi bilan zarba berish, to’pni oyoq kaftining ichki tomoni bilan to’xtatib qolish) o’rgatish zarur. Zarba berish va to’pni to’xtatib qolishga o’rgatish paytida o’yinchilarning bu elementlarni o’zlashtirib olishlarini kutib o’tirmay, boshqa texnika elementlarini o’rgatishga kirishish mumkin. Zarba berish va to’pni to’xtatib qolishni o’rgatib bo’lgandan so’ng ularni mustahkamlash bilan bir vaqtining o’zida to’pni oddiygina bosh bilan qabul qilish, to’pni olib yurish usullari, so’ngra aldamchi harakatlar va, nihoyat, to’pni olib qo’yishga o’rgatishga kirishiladi.
Zarba berish va to’pni to’xtatib qolishga o’rgatish bilan bir vaqtning o’zida darvozabon texnikasining asosiy elementlariga (ya’ni to’pni, jumladan, yumalab ketayotgan, yarim baland, balanddan kelayotgan to’pni ushlab olishga) o’rgatish amalga oshiriladi.
Darvozabon maydondagi o’yinchiga nisbatan birmuncha boshqacha jismoniy va aqliy qobiliyatlarga ega bo’lishi lozim. Shuning uchun o’ynashni yangi boshlagan yosh o’yinchiga darvozabon vazifasini yuklatishda sinchkovlik bilan saralab olish taqozo etiladi.
Yangi o’yinchilarni murakkab harakatlar va texnik elementlarga o’rgatishni ikki xildagi uslub yordamida, ularni qobiliyatlariga qarab, boshlash mumkin, ya’ni:

  • yaxlitlik (global) va

  • bo’laklanganlik (qismlarga bo’linib).

O’rgatishning yaxlitlik uslubida texnika elementlari qismlarga bo’linmaydi, o’rgatish bir butun (yaxlit) holda amalga oshiriladi.
Yengilroq zarba berish, to’pni qabul qilib olish, bosh bilan zarba berish, to’pni olib yurishga o’rgatish paytida harakatlarni “bo’lib tashlash” ga (“maydalashga”) ehtiyoj yo’q. Qismlarga bo’lib tashlab o’rgatilgan elementlar o’zini oqlamaydi, ayniqsa, agar ular asossiz mayda qismlarga bo’lib yuborilgan bo’lsa va har biri alohida bajarilsa.
Ko’pgina texnika elementlariga o’rgatishni yaxlitlik uslubi yordamida amalga oshirish zarur. Lekin, shubhasizki, agar bu uslub o’quvchilarga to’g’ri kelsa. Agarda harakatga o’rgatishni yaxlitlik uslubi yordamida amalga oshirib bo’lmasa, ya’ni harakatni o’zlashtirish “silliq ketmasa”, unda har doim ham bu harakatni qismlarga bo’lib yuborish, boshqa uslubga o’tish imkoniyati mavjud.
Yangi o’yinchilarni texnikaning murakkab usullariga o’rgatishda o’qitishning qisman (to’liqsiz) uslubini qo’llash zarurati mavjud. Bundan tashqari, ba’zi vaziyatlarda uni yoshi katta o’yinchilarni shakllantirish paytida ham qo’llash zaruriyati bor. Bo’laklangan uslub yordamida yangi o’yinchilarni murakkab usullar: oyoq ustining o’rtasi bilan zarba berish, oyoq ustining tashqi qiismi bilan zarba berish, sakrab turib bosh bilan zarba berish, to’pni olib qo’yish (masalan, to’pni oyoq ostidan urib yuborish), darvozabon o’yin texnikasining ko’pgina usullariga (to’pga tashlanish, yiqilishlar, to’pni musht bilan qaytarishga) o’rgatiladi. Biroq bu uslub futbolchi butun harakatni tushunib yetgandagina o’zini oqlashi mumkin.
Harakatlarga o’rgatish paytida malakalarni egallash, takomillashtirish va mustahkamlash maqsadida tanish bo’lgan shakllar qo’llaniladi:

  • tushuntirish;

  • ko’rsatish;

  • bajarish (amalda namoyish qilish); - xatolarni tuzatish.

Yangi futbolchilar o’quv-mashg’ulot jarayonlarida jismoniy va asab tizimiga tushadigan yuklama o’yinchining texnika darajasiga mos bo’lishi lozim. Haddan tashqari bo’lgan yuklamalar, zo’riqish yoki tezlik yaxshi o’zlashtirishga to’sqinlik qiladi, buning natijasida harakatlarda ma’lum bir xatolar mustahkamlanib qoladi.
Yaxshisi shartlarni soddalashtirish lozim. Bosh bilan zarba berishga boshlang’ich o’rgatish paytida yengilroq va yumshoq to’plardan foydalanish, yerda bajariladigan zarbalarda to’pni osib qo’yishni qo’llash, to’pni yumshoq yerga (masalan, qumga) qo’yish lozim. Darvozabon o’yin texnikasining murakkabroq elementlariga o’rgatish paytida (ularni bajarish xavfli bo’lishi mumkin) avval ularni yumshoq yerda, qum, baland o’t ustida, gilamda bajarish zarur. Futbolchi tomonidan avval o’zlashtirilgan harakatlarni o’yin sharoitlariga yaqinlashtirilgan sharoitlarda bajarishga intilish lozim. Faqat shundagina egallangan harakat samarali, natijali bo’lishi mumkin.
Texnikaga o’rgatish davrida his qilish organlarining ahamiyati beqiyosdir.
Mashqlarni bajarish davomida, harakatlarni o’rganish jarayonida harakatlarni his qilish yetakchi ahamiyatga ega. Harakat malakalarini shakllantirish paytida mushaklardan signallar keladi, mushaklarning qabul qilib olishi sodir bo’ladi va ular o’yinchiga uning harakatlari to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligi haqida “xabar” beradi.
Harakatlarni his etish tezda bajarilishni nazorat qilishga aylanadi, bu, oxiroqibat, usulni deyarli avtomat ravishda bajarish imkonini beradi. Texnika elementlariga o’rgatishda “qulay” (“chaqqon”) va “noqulay” (“bechaqqon”) oyoqning ahamiyati har doim murabbiylarni qiziqtirib keladi.
Ikki tomonlamalik bo’lish yosh o’yinchilar uchun ham talab darajasida hisoblanadi. Yangi harakatlarga o’rgatishni albatta qulay bo’lgan oyoqdan boshlash lozim. Bu, o’z navbatida, harakatlarni tez egallab olish uchun qulay sharoitlar yaratadi. “Chaqqon” oyoqda yaxshi egallangan harakatni “chaqqon” oyoqda bajarishga o’tish mumkin bo’ladi. Bu yerda shu narsa muhimki, o’yinchi “chaqqon” oyoqida hamma harakatlarni erkin bajara olgandagina, “bechaqqon” oyoqda o’tish zarur.

Xatolarni tuzatish


O’yin texnikasidagi xatolarni tuzatish texnik tayyorgarlikda muhim ahamiyatga ega, ayniqsa, bu narsa yangi boshlovchi o’yinchilar uchun ahamiyatlidir. Texnikani yomon o’zlashtirish oxir-oqibat mahoratni keyinchalik takomillashtirishga to’sqinlik qiladi. Xatolarni tuzatishni nimadan boshlash zarur?
Birinchi navbatda, har doim xatolarning kelib chiqish sabablarini topish lozim. Bu sabablar quyidagicha tushuntiriladi:

  1. u yoki bu texnika elementini yetarlicha tushunmaslik oqibatida futbolchida ushbu harakatni bajarish to’g’risida noto’g’ri tasavvur hosil bo’ladi. Tuzatish: takroran tushuntirish, ko’rsatish, namoyish qilish yoki boshqacha ko’rgazmali usuldan (film, rasm, surat) foydalanish. Ba’zan o’zini yaxshi oqlagan to’g’ri va noto’g’ri harakatlarni bir-biri bilan taqqoslash uslubi qo’llaniladi;

  2. futbolchi harakatni to’g’ri bajarayotganligini his qiladi, aslida esa unday emas. Tuzatish: huddi oldingi holdagiga o’xshash. Bundan tashqari, o’z-o’zini nazorat qilishni kuchaytirish lozim. Shunday ham bo’lishi mumkinki, ba’zan o’yinchi, ma’lum bir vazifani bajara turib, harakatda yo’l qo’ygan xatosiga o’zi ishonch hosil qiladi;

  3. futbolchi yetarlicha jismoniy tayyorgarlikka ega emas. Tuzatish: zarur jismoniy sifatlarni takomillashtirish;

  4. yomon darajada egallangan harakat texnikani to’g’ri o’zlashtirishga halaqit beradi. Tuzatish: harakat alohida elementlarga bo’linadi.

Harakatlarga o’rgatishni nazorat qilish


Harakatlarga o’rgatishni muntazam nazorat qilish murabbiy ishini ongli ravishda tashkil etishga xizmat qiladi va yosh futbolchilarga katta yordam beradi. Nazorat qilish va o’z-o’zini nazorat qilish futbolchida tetiklik, o’ziga ishonch hissini uyg’otadi yoki uni katta, g’ayratli mehnatga rag’batlantiradi.
Harakatlarga o’rgatishni nazorat qilish murabbiy tomonidan ikki xil tarzda olib boriladi:

  1. shaxsiy (sub’yektiv) baholash asosida. Ko’z bilan ko’rilganni individual baholash murabbiy ishidagi kundalik holatdir. O’quv-mashg’ulot jarayonlarida mashqlarni bajarish paytida murabbiy o’quvchi harakatlarini muntazam kuzatib turadi va ularni baholab boradi. Uning tanbehlari, maqtovlari yoki e’tirozlari o’yinchi uchun doimiy yordam hisoblanadi. Individual baholashning to’g’riligi murabbiyning maxsus bilimlari, zakovatiga bog’liq;

  2. ob’yektiv uslub asosida, texnikani tekshirish bilan. Harakatlarga o’rgatishni nazorat qilish uchun vaqti-vaqti bilan nazorat tekshiruvlarini o’tkazish zarur. Muhimi, baho har doim individuallik va sub’yektivlikdan holi bo’lishi lozim. Murabbiy o’zining ishchi kundaligida har bir alohida o’yinchi to’g’risida muntazam va batafsil yozuvlarni kiritib borishi kerak. Har yili 2-3 marta texnik tayyorgarlik bo’yicha nazorat sinovlarini o’tkazish lozim. Birinchilik boshlanishidai oldin va birinchi hamda ikkinchi davralardan so’ng o’yinchilarning texnika malakalari baholanadigan uslub eng to’g’risi hisoblanadi. A. Uzoqlikka yo’naltirilgan zarbalar.

  1. Oyoq kaftining ichki tomoni bilan, pastdan (har bir oyoq bilan 3 martadan). Masofa zarba berish joyidan boshlab to’p to’xtagan joygacha o’lchanadi; o’rtacha ko’rsatkich hisobga olinadi.

  2. Oyoq kafti ustining ichki tomoni bilan, to’pni buraltirib (ikkala oyoq bilan har birida 3 martadan). Masofani to’pga zarba berilgan joydan boshlab, to u birinchi marta yerga tekkan joygacha o’lchash zarur; uchta zarbadan o’rtachasi hisoblaiadi.

  3. Oyoq kafti ustining o’rtasi bilan, to’pni buraltirib (ikkala oyoq bilan 3 martadan); oldingi bandga o’xshab baholanadi, B. Nishonga qaratilgan zarbalar.

  1. Oyoq kaftining ichki tomoni bilan (ikkala oyoq bilan 3 martadan); to’pni 16,5 m dan turib darvozaning ikkala burchagiga (qo’yilgan to’siqqa) pastdan zarba berish; ochkolar darvozaga kelib tushgan to’plar soniga qarab aniqlanadi.

  2. Oyoq kafti ustining ichki qismi bilan (ikkala oyoq bilan 3 martadan), to’pni buraltirib, 25 m masofadan turib, maxsus doiraga (25 m masofani doira markazidan hisoblash zarur); doiraga kelib tushgan to’plarning umumiy soniga qarab baholanadi. Ochkolar doira radiuslarini ® ichidan tashqariga qarab hisoblanadi: 10-8-5-2-1.

  3. 16 m masofadan turib, oyoq kafti ustining o’rtasi bilan harakatsiz turgan to’pni tepish va to’singa tekkazish. Tekkazish uchun qancha kam zarba berilsa, baho shuncha yaxshi bo’ladi.


Yüklə 440,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin