Itolmasov e. R


O’zbekistonda futbolning rivojlanishi



Yüklə 440,35 Kb.
səhifə3/37
tarix07.01.2024
ölçüsü440,35 Kb.
#201265
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Futbol Maqola

1.1. O’zbekistonda futbolning rivojlanishi


O’zbekistonda zamonaviy futbol o’tgan asrning boshlarida paydo bo’ldi va tezda mashhur o’yinga aylandi. Uning rivojlanish joylari Farg’ona, Toshkent, Andijon, Qo’qon va Samarqand edi.
Ilk bor futbolni Farg’ona shahrida o’ynaganlar. Xuddi shu yerda 1911 yilning oxirida birinchi futbol jamoasi tashkil topgan.
Farg’onada tuzilgan futbol jamoalari soni 1912 yil avgustida "Futbolchilar jamoasi"ga birlashishga yo’l berdi.
Bir oz vaqt o’tgach, Toshkentda ham futbol o’ynay boshladilar. Toshkentlik futbol ishqibozlari orasida eng mashhur jamoa bu ТОЛС – “Ташкенское общество любителей спорта” (TSIJ - Toshkent sport ishqibozlari jamiyati) edi.
Bu jamiyat 1912 yilda tuzilgan bo’lib, juda qisqa vaqt ichida futbol hamda boshqa sport turlarining rivojlanishi uchun ko’p xizmat qilgan. 1912 yilning ikkinchi yarmida O’zbekistonda futbol aytarli darajada yoyila boshladi. Futbol o’yiniga Qo’qon, Andijon va Samarqandda ham qiziqish orta boshladi.
Bu yillardagi eng qiziqarli bosqich albatta Farg’ona, Toshkent, Andijon, Samarqand futbolchilarining uchrashuvi bo’ldi. Toshkentga tashrif buyurgan ilk futbolchilar Samarqand futbolchilar to’garagi (SFT) a’zolari edi.
1913 yil 29 avgustida ular TOLS futbolchilari bilan uchrashuv o’tkazdilar.
Yaxshi tayyorgarlik ko’rgan Toshkent jamoasi 5:0 hisobi bilan g’alaba qozondi.
1913 yil iyunida Andijonda "Andijon futbolchilar jamoai" tasdiqlandi.
Va, nihoyat, 1914 yil 25 mayda Toshkentda O’zbekistonning eng kuchli ikki jamoasining markaziy uchrashuvi bo’lib utdi. Bunda Toshkent va Farg’ona futbolchilari to’p surdilar. Toshkentliklar o’yinda 3:2 hisobida muvaffaqiyatga erishdilar. O’zbekistonda futbol rivojlanishining boshlang’ich davri haqida xulosa qilib shuni ham aytib o’tish joizki, futbol maydonlari va o’quv mashg’ulotlarining bo’lmaganiga qaramay, qisqa vaqt ichida Farg’ona, Toshkent, Qo’qon, Andijon va Samarqandda o’zbek futbolining rivojiga ulkan hissa qo’shgan iste’dodli futbolchilar paydo bo’ldi.
Shveysariya va O’zbekiston jamoalarining uchrashuvi futbol ishqibozlarida katta qiziqishga sazovor bo’ldi. O’zbek futbolchilari bu o’yinda jamoaviy o’yin, chiroyli va chaqqon kombinasiyalar namoyish etdilar. Ammo asosiy vaqt 3:3 hisobi bilan yakunlangani sababli, g’olibni aniqlash uchun qo’shimcha 30 daqiqa qo’shib berildi. So’nggi 15 daqiqa ichida O’zbekiston futbolchilari shveysariyaliklar qarshiligini yenga oldilar va raqib 8:4 hisob bilan O’zbekiston futbolchilari g’alaba qozondilar.
Bir kundan so’ng esa qiyin kechgan o’yinda o’zbek futbolchilari Rossiya jamoasiga 1:2 hisobida g’alabani boy berdilar.
1934 yil O’zbekiston poytaxtida ilk O’rta Osiyo spartakiadasining ochilishi sharafiga bag’ishlab 36 ming nafar jismoniy tarbiya ixlosmandlari namoyishi bo’lib o’tdi. Bu namoyish O’rta Osiyo respublikalarida jismoniy tarbiya harakati o’sishining yorqin namunasi edi.
1950 yilning boshida O’zbekistonda "Paxtakor" sport jamiyati tashkil etildi. Hozirgacha mustaqil O’zbekiston chempionatida va rasmiy xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli o’yinlar ko’rsatib kelayotgan, respublikamizning eng kuchli jamoasi bo’lan "Paxtakor"ning tuzilishi ham shu jamiyat bilan bog’liq.
1960 yildan 1991 yilgacha (tanaffuslar bilan) "Paxtakor" sobiq Ittifoqning oliy ligasida ishtirok etib keldi. Bu islohotlar va tub o’zgarishlar davri bo’lgan edi. Kichik guruhlardagi saralash o’yinlaridan keyingina chempionatga yo’l olinardi. Oliy ligaga chiqish uchun tayyorlanadigan jamoa Toshkentning ikki jamoasi asosida tuzilgan bo’lib, bular "Paxtakor" va "Mehnat zahiralari" ("Трудовые резервы") jamoalari edi.
"Paxtakor" ning barcha ko’zga ko’rinarli muvaffaqiyatlari uning kuchlilar guruhidagi chiqishlari bilan bog’liq. Yigirma yil tanaffus bilan ikki bora 1962 va
1982 yillarda “Paxtakor” oliy ligada faxrli 6-o’ringa sazovor bo’lgan.
Ikki marotaba "Paxtakor" futbolchilari oliy liga chempionatining eng yaxshi hujumchilari deb tan olingan. 1968 yil B.Abduraimov Tbilisi "Dinamo" si o’yinchisi bilan birga (22 tadan gol) va 1982 yilda A.Yakubik (23 ta gol).
Sobiq Ittifoqning ilk terma jamoasi uchun 5 ta paxtakorchi o’ynar edi: V.Fedorov, Yu.Pshenichnikov, G.Krasniskiy, M.An, A.Pyatniskiy. Turli yillarda eng yaxshi 33 futbolchi qatorida Yu.Pshenichnikov (1966, 1967), M.An (1974, 1978), B.Abduraimov, V.Xadzipanagis (1974), A.Yakubik (1982) va A.Pyatniskiy (1991) nomlari bor edi.
O’sha yillarda O’zbekiston futbol ishqibozlarida katta qiziqish uyg’otgan o’yinlar sirasiga 1964 yil paxtakorchilarning "Pirasikaba" (Braziliya) hamda (1:0), Urugvayning 25 karra chempioni "Nasonal" (Montevideo) jamoalari bilan uchrashuvlar kiradi. Urugvayliklarning harchand urinishlari va qarshiliklariga qaramasdan "Paxtakor" 2:1 hisobida g’alaba qozondi.
Bu davr mobaynida "Paxtakor" ni sobiq Ittifoq chempionatidagi chiqishlarga tayyorlashda M.Yakushin, B.Arkadev, G.Kachalin, V.Solovev, B.Abduraimov, X.Raxmatullaev kabi murabbiylarning hissasi beqiyosdir. Respublika terma jamoalari va yuqori malakali jamoalar uchun zahira tayyorlashda G.Sorvin, X.Muxitdinov, A.Mosheev kabi ustoz murabbiylarning mehnati ulkan bo’lgan.
Murabbiy kadrlar tayyorlash bo’yicha O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining o’zbek futboliga qo’shgan hissasi o’ta muhimdir. institut 1955 yilda ochilgan bo’lib, u paytda futbol mutaxassisligi sport o’yinlari kafedrasi tarkibiga kirar edi, biroq 1966 yilda u mustaqil kafedra sifatida ajralib chiqdi. O’z faoliyati mobaynida bu kafedra futbol bo’yicha murabbiy kadrlar tayyorlash o’chog’iga aylandi. Natijada ko’pgina bitiruvchilar murabbiylik ishida ma’lum muvaffaqiyatlarga erishib, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan murabbiy unvoniga sazovor bo’ldilar. Bular B.Abduraimov, V.Tixonov va boshqalardir. Ayni paytda futbol kafedrasining ko’pchilik bitiruvchilari O’zbekistonning turli viloyatlari va chet ellarda ishlab kelmoqda.
1992 yil mustaqil O’zbekiston Respublikasining ilk chempionati yili edi. Mamlakatimiz futboli tarixida yangi sahifa ochildi. Bu chempionatning oliy ligasida 17 ta, birinchi ligasida 18 ta, ikkinchi ligasida esa 42 ta jamoa ishtirok etdi. O’zbekiston chempioni unvoni uchun kechgan shiddatli kurashda "Paxtakor" ga asosan Farg’ona vodiysining "Neftchi", shuningdek, "So’g’diyona" (Jizzax) va "Nurafshon" (Buxoro) jamoalari kuchli qarshilik ko’rsatdilar.
1994 yil 7 iyunda O’zbekiston Futbol federasiyasi "FIFA" ga, shu yilning dekabr oyida esa Osiyo Futbol konfederasiyasiga a’zo bo’ldi.
1994 yilda ilk bor yosh mustaqil respublika elchilari Yaponiyada o’tkazilayotgan XII Osiyo o’yinlarida – Osiyo mintaqasidagi yirik sport forumida tanishtirildilar.
Oltin medal sovrindorlari nomi uchun kurashda o’zbek futbolchilari Saudiya Arabistoni (4:1), Malayziya (5:0), Gonkong (1:0) va Tailand (5:4) terma jamoalari ustidan g’alaba qozondilar. Chorak finalda Turkmaniston terma jamoasini 3:0 hisobida, yarim finaldagi shiddatli va o’ta murakkab o’yinda Janubiy Koreyaning kuchli jamoasini 1:0 hisobida mag’lub etdilar. Va, nihoyat, finalda Xitoy terma jamoasini 4:2 hisobi bilan yengdilar. Bu jamoa murabbiylari dotsent R.Akramov va sport ustasi B.Abduraimovlar edi. Asosiy tarkibning 7 nafar o’yinchisi O’zDJTI talabalari bo’lganini aytib o’tish joizdir.
1992 yildan hozirgi kungacha bo’lgan vaqt ichida Toshkentning "Paxtakor", "Bunyodkor" va Farg’onaning "Neftchi" jamoalari chempionat yetakchilari bo’lib keldi. Paxtakorchilar to’qqiz marotaba O’zbekiston chempioni bo’lganlar (1992,1998,2002,2003, 2004,2005,2006,2007,2012) va 6 marotaba mamlakat Kubogi sovrindorlari qatoridan joy olganlar (1993, 1997, 2001, 2002, 2003, 2004).
"Bunyodkor" jamoasi besh marotaba O’zbekiston chempioni bo’lganlar (2008,2009,2010,2011,2013) va 4 marotaba mamlakat Kubogi sovrindorlari qatoridan joy olganlar (2008,2010,2012,2013). "Neftchi" ham besh karra respublika chempioni (1992,1993,1994,1995, 2001) va 2 karra O’zbekiston Kubogi sohibi (1994, 1996) bo’lgan.
O’zbekiston chempioni unvoniga yana "Navbahor" (1996), MXSK (1997) va "Do’stlik" jamoalari erishganlar. Shuningdek, 1997, 1995, 1998 yillarda "Navbahor" va 2000 yilda "Do’stlik" jamoasi O’zbekiston Kubogini qo’lga kiritganlar. 2002 yilgi Osiyo Chempionlari Kubogi uchun kurashda qarshining "Nasaf" jamoasi ishtirok etadi. Saralash bosqichlarida 5 g’alabani qo’lga kiritib, yarim finalga chiqdilar. Ammo bronza medali uchun kechgan bu o’yinda qarshiliklar "Istiqlol" (Eron) jamoasiga 2:5 hisobida g’alabani boy berib, 4-o’rinni egallaydilar.
2003 yilda Toshkentda bo’lib o’tgan chempionlar ligasi chorak finalida paxtakorchilar katta ustunlik bilan Turkmanistonning "Nissa" jamoasini 3:0, Eronning "Piruza" sini 1:0 va Iroqning "Al-Taliba" kabi jamoalarini 3:0 hisobida yengdilar. Yarim finalda ikki match natijalariga binoan Tabilandning "Bek-Tero Sosana" jamoasi ustun keldi.
2002-2003 yillarda O’zbekistonning yoshlar terma jamoasi futbolchilari katta yutuqlarga erishdilar. Qatarda Tabiland terma jamoasini 4:0, Qatarni 5:4 hisobida yengib, so’ng Janubiy Koreyaga 0:2 hisobida g’alabani boy berib, futbolchilarimiz chorak finalga yo’l oldi va unda Suriya Arabistonini 4:0 hisobida mag’lub etdilar. Yarim finalda o’zbek futbolchilari Yaponiya terma jamoasi bilan uchrashdilar. Shiddatli va qizg’in o’tgan o’yinning asosiy vaqti 1:1 hisob bilan yakunlandi. 11 metrli zarbalar yo’llashda yaponlar bir oz ustunroq chiqib, 4:2 hisobida g’olib bo’ldilar.
To’rtinchi o’rinni egallagan O’zbekiston yoshlar terma jamoasi dunyoning eng kuchli 16 jamoasi qatorida maydonga chiqish imkoniyatini qo’lga kiritdi.
Jahon chempionati 2003 yilning dekabr oyida BAAda bo’lib o’tdi. O’zbekiston futbolchilari chiroyli va bahamjihat o’yin ko’rsatdilar, lekin 1/8 finalga chiqa olmadilar. Biroq, mutaxassislar va ishqibozlar O’zbekiston terma jamoasi o’yinini yuqori baqoladilar. Uch o’yin davomida ular o’z tengdoshlari bilan kurash olib bordilar, lekin Mali jamoasiga (Afrika chempioni) 2:3, Argentina termasiga (ayni paytda jahon chempioni) 1:2, Ispaniya terma jamoasiga (Yevropa chempioni) 0:1 hisobi bilan g’alabani boy berdilar.
Oxirgi yillarda O’zbekiston milliy terma jamoamiz, yoshlar va o’smirlar terma jamoalari barcha Jahon chempionatlarida ijobiy ishtirok etib kelishmoqda. 2010 yilda Toshkentda bo’lib o’tgan o’smirlar o’rtasida Osiyo chempionatida terma jamoamiz sharafli 2-o’rin egallab Jahon chempionatiga yo’llanma olindi. 2011 yilda Qatarda bo’lib o’tgan Osiyo chempionatida milliy terma jamoamiz 4o’rin egallashdi. 2011 yili O’zbekistonda birinchi bor “Nasaf” jamoasi Osiyo Kubogi soxibi bo’lishdi. 2011 yili Meksikada bo’lib o’tgan yoshlar o’rtasida Jahon chempionatida kuchli sakkizta jamoa safiga kirishgan. 2012 yilda Eronda bo’lib o’tgan o’smirlar o’rtasida Osiyo chempionatida terma jamoamiz ilk bor 1-o’rin egallab chempionlikka sazavor bo’lishdi va Jahon chempionatiga yo’lanma olindi. 2013 yilda Turkiyada bo’lib o’tgan yoshlar o’rtasida Jahon chempionatida, o’tgan Jahon chempionatidagi natijasini takrorladi, kuchli sakkiztalikka kirishdi.

1.2. Futbol boshqaruvining tashkiliy tuzilishi


O’zbekiston futbol federasiyasi (O’FF) jamoatchilik tashkiloti sifatida mamlakatda futbolning rivojlanishi uchun to’liq javobgardir. Mamlakatda bolalar va o’smirlar futbolini ommaviylashtirish, futbolchi, murabbiy va hakamlarning professional darajasi va mahoratini oshirish, musobaqalar tizimini tashkil etish va takomillashtirish, moddiy-texnik bazaning rivojlanishiga ko’maklashish O’zbekiston futbol federasiyasining asosiy vazifalaridandir.
O’zbekiston futbol federasiyasi O’zbekiston respublikasida futbol rivojiga oid joriy va istiqbolli (perspektiv) rejalar ishlab chiqadi, O’zbekiston terma jamoalarining tayyorgarligini tashkillashtiradi.
O’zbekiston futbol federasiyasi 14 ta hududiy va viloyat futbol federasiyalarini, 200 dan ortiq usta jamoalari, futbol jamoalari, sport maktablari, iqtidorlilar va terma jamoa tayyorlash markazlarini birlashtiradi, O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi va viloyatlar madniyat va sport ishlari boshqarmalari bilan hamkorlik qiladi.
O’zbekiston futbol federasiyasi nizomiga asoslangan holda hududiy futbol federasiyalari o’z ish sharoitlariga muvofiq nizom ishlab chiqadi va shu nizom bo’yicha o’z faoliyatini olib boradi.
O’zbekiston futbol federasiyasining eng yuqori organi anjuman bo’lib, unda 4 yil muddatga prezident saylanadi. Ijroiya qo’mitasi ish organi hisoblanadi. Futbolni rivojlantirish masalalri bo’yicha, qabul qilingan qarorlarning tadbiq etilishini nazorat qilish uchun ijroiya qo’mitaga qo’shimcha bolalar va o’smirlar, o’quv-uslubiy, hakamlar va boshqa qo’mitalar tuziladi.
O’zbekiston futbol federasiyasi 1994 yil 21 mayda tuzilgan va ayni paytda 200 dan ortiq milliy federasiyalarni birlashtirib turgan xalqaro futbol federasiyalari uyushmasi (FIFA) bilan yaqindan hamkorlik olib boradi. Hududiy joylashuv jihatidan O’zbekiston futbol federasiyasi Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK) tarkibiga kiradi.
FIFA ning tashkiliy negizini 6 qit’aning tashkilotidan iborat. Bular: UEFA - Yevropa ittifoqi futbol uyushmasi, KONKAKAF - shimoliy va markaziy Amerika mamlakatlari hamda Karib dengizi havzasi mamlakatlarining futbol konfednrasiyasi, KONMEBOL - janubiy Amerika mamlakatlari futbol konfederasiyasi, KAF - Afrika futbol konfederasiyasi, AFK - Osiyo futbol konfederasiyasi, KFO - Okeaniya futbol konfederasiyasidir.
FIFA ning oliy organi kongressdir.
FIFA ning joriy faoliyatini ijroiya qo’mita bilan bir qatorda yana bir necha maxsus qo’mitalar boshqarib boradi. Ular quyidagilardir: favqulodda holatlar, moliyaviy, jahon kubogini o’tkazish bo’yicha, Olimpiya turnirlari, o’smirlar chempionatlari, hakamlik, texnik, intizom, tibbiy va h.k. qo’mitalardir.
FIFA ning asosiy vazifasi hududlarda futbol rivojlanishini nazorat qilish va moddiy va uslubiy yordam ko’rsatish, nizom va qarorlar, o’yin qoidalarining buzilishini oldini olish bo’yicha kerakli choralar ko’rish, irqiy, siyosiy va diniy sabablarga asosan kamsitilishga yo’l qo’ymaslikdir.

Yüklə 440,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin