Itolmasov e. R


Murakkab texnika usullari



Yüklə 440,35 Kb.
səhifə9/37
tarix07.01.2024
ölçüsü440,35 Kb.
#201265
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37
Futbol Maqola

Murakkab texnika usullari


Murakkab mashqlarda bir nechta texnika usullari bir-biri bilan bog’lanadi. Bunday mashqlar eng ko’p tarqalgan texnika materiallaridan iborat. Ulardan hatto yangi boshlovchi futbolchilar mashg’ulotlarida ham qo’llaniladi. Murakkab texnika mashqlarini ishlab chiqishda ularning amaliy ahamiyatini kuzatib borish lozim. Alohida texnika usullarini, huddi ular o’yin vaziyatida sodir bo’lgandek, bir-biriga ulash zarur. Agar murakkab texnika usullari sun’iy ravishda hosil qilinsa, futbol chilarni emas, balki faqat to’p bilan yaxshi o’ynay oladigan o’yinchilarni tarbiyalash mumkin.
Quyida to’pni egallab turgan har qanday futbolchining “o’zining” murakkab usullarini yaratish maqsadida texnika usullarini birlashtirish sxemasi keltiriladi.
Individual ravishda bajariladigan mashqlar:

  • to’pni to’xtatish, oyoq bilan zarba berish;

  • to’pni to’xtatish, to’pni olib yurish – oyoq bilan zarba berish;

  • to’xtatish, olib yurish – aldamchi harakat;

  • to’xtatish, olib yurish – aldamchi harakat – oyoq bilan zarba berish; - to’xtatish, olib yurish – aldamchi harakat, to’pni olib qo’yish.

Juftliklardagi mashqlar (A va B o’yinchilar):

  • oyoq bilan zarba berish (A) – to’pni to’xtatish (B);

  • oyoq bilan zarba berish (A) – to’pni to’xtatish (B) – to’pni olib yurish (B);

  • oyoq bilan zarba berish (A) – bosh bilan zarba berish (B) – to’pni to’xtatish

(A);

  • oyoq bilan zarba berish (A) – bosh bilan zarba berish (B) – to’pni to’xtatish (A) – to’pni olib yurish (A);

  • aldamchi harakat (A) – oyoq bilan zarba berish (A)

  • to’pni to’xtatish (B);

  • to’pni uzatish (A) – to’pni to’xtatish (B);

  • to’pni uzatish (A) – to’pni to’xtatish (B) – zarba berish (B) – to’pni to’xtatish (A);

  • to’pni uzatish (A) – to’pni to’xtatish (B) – to’pni olib yurish (B) – oyoq bilan zarba berish (B) – to’pni to’xtatish (A);

  • to’pni uzatish (A) – bosh bilan zarba berish (B) – to’pni to’xtatish (A);

  • to’pni uzatish (A) – bosh bilan zarba berish (B) – to’pni to’xtatish (A) – to’pni olib qo’yish (B);

  • bosh bilan zarba berish (A) – to’pni to’xtatish (B)

  • oyoq bilan zarba berish (B) – bosh bilan zarba berish (A) va h.k.

Guruhli mashqlar:
Ular huddi juftlikdagi mashqlarga o’xshash, lekin o’yinchilar usullarni turli xil joylashishda bajaradilar. Masalan, bitta, ikkita, uchta kolonna bo’lib, bir qator, ikki qator turib. yarim aylana holda, aylanasiga turib, ikkitalik aylana holda va h.k. O’yinchilar soni to’plar soniga nisbatan ko’p bo’lgan hollarda texnika usullariga o’rgatish hamda uni takomillashtirish davomida guruhli mashqlardan foydalaniladi. Bu vaziyatlarda alohida o’ziga xos uslubiy usullardan foydalanish talab qilinadi.
Ba’zi bir topqir, o’z kasbini sevadigan murabbiylar futbol to’plarining yetishmovchiligini plastmassa to’plar bilan qoplashga intiladilar. Bunday to’plar charm to’plarga nisbatan ancha arzondir. Garchi plastmassa to’plar charm to’plarning o’rnini bosa olmasa-da, baribir ular ko’pgina texnika usullari, oyoqlar bilan kuchsiz zarbalarni berish, to’pni to’xtatish, bosh bilan zarbalarni plastmassa to’p yordamida a’lo darajada o’rganish mumkin. To’plar soni kam bo’lgan paytlarda qanday yo’l tutish lozim? Sizning ixtiyoringizda bo’lgan to’plar soniga qarab, o’yinchilarni ikkita guruhga (masalan, “A” va “B”) bo’lish mumkin. Bunda shunga alohida e’tibor qaratish zarurki, ikkala guruhlarga taxminan bir xil tayyorgarlikka ega va o’yindagi vazifasi o’xshash bo’lgan o’yinchilar taqsimlanishi kerak. Ushbu uslub yordamida bitta to’pga to’g’ri keladigan o’yinchilar sonini ancha kamaytirish mumkin va texnikaga o’rgatish, shuningdek, uni sayqallash yanada samarali kechadi.
Shubhasizki, buning hammasi murabbiydan ehtiyotkorroq bo’lishni, ishni to’g’ri tashkil etish va katta mehnatni talab qiladi.
Masalan, mashg’ulotni quyidagicha rejalashtirish mumkin. Aytaylik, o’quvmashg’ulot jarayonlari kech bahorda yoki erta kuzda 24-26 ta o’yinchilar ishtirokida 6-7 ta to’p bilan o’tkazilmoqda (jadval).
Boshqacha hal etish yo’li – bu to’plar soni yetarlicha bo’lmagan yoki o’quvmashg’ulot jarayonini 2-3 ta guruhlar bilan alohida boshlash imkoni bo’lmagan paytda qo’llaniladigan o’yin uslubidir. Mazkur uslubning amaliy ahamiyati katta bo’lmasa-da, lekin uning o’ziga xos afzallik tomonlari ham borki, uni albatta qo’llash zarur. Ya’ni a’lo darajada individual shug’ullanish imkoniyati tutiladi. Yangi boshlovchi o’smirlar jamoalarida, agar ularda o’quv-mashg’ulot jarayoni bir haftada kam o’tkazilsa, ushbu uslub orqali individual o’quv-mashg’ulot jarayoni vazifalarini hal etish mumkin (masalan, 24 o’yinchi, 5 ta to’p). 24 ta o’yinchidan iborat jamoa uchta bir xil guruhlarga bo’linadi. Taqsimlashda o’yinchilarni guruhlarga ajratishga taalluqli bo’lgan yuqorida bildirilgan nuqtai nazardan kelib chiqish lozim. O’quv-mashg’ulot jarayoni birgalikdagi umumiy va maxsus badan qizdiruvchi mashqlar bilan boshlanadi, keyin o’yinchilar uchun har doim majburiy bo’lgan mashqlarga (masalan, tezlik mashqlariga) o’tiladi; ular butun jamoa bilan o’tkaziladi. Bundan so’ng o’yinchilar uchta guruhga taqsimlanadi. “A” va “B” guruhlari (har birida 8 tadan o’yinchi) maydon yarmisida ko’ndalangiga oldindan shartlashilgan qoidalar bo’yicha 15-20 daq. ikki tomonlama o’yin uynaydilar. Bu vaqtda maydonning ikkinchi yarmida murabbiy o’z ixtiyorida 4 to’p bo’lgan holda “V” guruhi o’yinchilari bilan shug’ullanib turadi. 8 ta o’yinchidan murabbiy ikkitasi bilan individual shug’ullanadi, qolgan 6 ta o’yinchi juft-juft bo’lib ma’lum bir texnika mahqlarini bajarib turadilar. Bunda murabbiy o’yinchilarni “o’zgartirib” turadi va “V” guruhining hamma o’yinchilari bilan individual mashg’ulotlar tugagandan so’ng o’yinga bohqa jamoa kiritiladi. “V” guruhi o’yinchilari “B” guruhiga qarshi o’ynaydilar, “A” guruhi o’yinchilari esa individual texnik mashg’ulot uchun murabbiy tomonga o’tadilar. So’ng keyingi jamoa navbati keladi.

Yüklə 440,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin