Itolmasov e. R


Namunaviy mashqlar (juftlik mashqlari)



Yüklə 440,35 Kb.
səhifə11/37
tarix07.01.2024
ölçüsü440,35 Kb.
#201265
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37
Futbol Maqola

Namunaviy mashqlar (juftlik mashqlari)


  1. Ikkita o’yinchi 6-8 m masofada bir-biriga qarama-qarshi turadi (3-rasm).

Qora rangdagi (“qora”) o’yinchi to’pni o’yinga kiritishi bilan uni oq rangdagi (“oq”) o’yinchiga otib beradi. Otib bergan zahoti, qora rangdagi o’yinchi yugurib ketadi va to’pni egallab bo’lgan oq rangdagi o’yinchidan to’pni olib qo’yishga harakat qiladi.

3-rasm.

  1. Ikkita o’yinchi 15-20 m masofada bir-biriga qarama-qarshi turadi (4rasm). “Qora” o’yinchi “oq” o’yinchi tomonga to’pni yo’llaydi va darhol “oq” o’yinchi tarafga to’pni undan olib qo’yish uchun yo’naladi: “oq” o’yinchi oldinga yuguradi, to’pni qabul qilib oladi va uning oldiga yugurib chiqayotgan raqibni aldab o’tishga harakat qiladi.


4-rasm.

  1. Ikkita o’yinchi 5-6 m masofada bir-biriga qarama-qarshi turadi (5-rasm). “Qora” o’yinchi to’pni o’z ustiga, balandga otadi. To’p yerga tushib sakragan paytda “oq” o’yinchi to’pni to’xtatayotgan “qora” o’yinchiga faol qarshilik ko’rsatadi.

  2. Ikkita o’yinchi 8-12 m masofada bir-biriga qarama-qarshi turadi (6-rasm).

“Qora” o’yinchi boshi orqasidan to’pni “oq” o’yinchiga otib beradi, u esa to’pni

5-rasm.
boshi bilan orqaga qaytaradi va burilib, to’pni to’xtatmoqchi bo’lgan “qora” o’yinchiga halaqit berish uchun darhol yugurib ketadi.

6-rasm.

  1. 5. Ikkita o’yinchi bir-biriga qarama-qarshi turadi. Masofa – 15-20 m,

“qora” o’yinchi to’pni pastlatib “oq” o’yinchiga yo’llaydi; “oq” o’yinchi, oyoq kafti ustining ichki qismi bilan to’pni ko’tarib, uni “qora” o’yinchiga qaytaradi; “qora” o’yinchi to’pni to’xtatib qoladi (7-rasm).

7-rasm.

  1. Ikkita o’yinchi yonma-yon turadi. To’p “qora” o’yinchida. U to’pni o’rtacha yoki katta kuch bilan oldinga tepib yuboradi va shundan so’ng ikkalasi to’p ortidan yuguradi. Kim to’pga birinchi yetib borsa va qabul qilib olsa, keyingi mashqni bajaradi (8-rasm).


8-rasm.

  1. 6-mashqdagidek, faqat “qora” o’yinchi to’pni buraltirib oldinga otib beradi (9rasm).


9-rasm.

  1. Ikkita o’yinchi oldinma-ketin turadilar. Masofa – 2 m. “Qora” o’yinchi (bosh bilan zarba berib) to’pni “oq” o’yinchi ustidan oshirib o’tkazadi, “oq” o’yinchi to’pning ortidan yuguradi va uni qabul qilib oladi. “Qora” o’yinchi ham to’p tomonga harakatlanadi va uni olib qo’yish maqsadida “oq” o’yinchiga halaqit beradi (10-rasm).


10-rasm.

  1. Ikkita o’yinchi yonma-yon turadi. “Qora” o’yinchi (bosh, oyoq bilan) to’pni tikkaga tepadi. Sharti: qaysi bir o’yinchi to’pni to’xtatib qoladi (11-rasm).


11-rasm.

Yüklə 440,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin