Itolmasov e. R



Yüklə 440,35 Kb.
səhifə12/37
tarix07.01.2024
ölçüsü440,35 Kb.
#201265
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37
Futbol Maqola

Himoyachilar



  1. “Oq” o’yinchi darvozadan turib “qora” o’yinchi tomonga havolatib zarba yo’llaydi. “Qora” o’yinchi 20-25 m uzoqlikda joylashggan bo’ladi. U to’pni qabul qilib oladi va uni darvozaga olib boradi. “Oq” o’yinchi unga hujum qiladi va to’pni olib qo’yishga intiladi. Vaqti-vaqti bilan o’yinchilar o’z o’rinlarini almashib turadilar. Agar o’yinchi to’p bilan darvoza chizig’iga yetib borsa, almashish bajarilmaydi (17-rasm).

  2. O’yinchilarning joylashishi huddi 1-mashqdagidek (17-rasm). "Kora” o’yinchi to’pni boshi bilan oldinga yo’llaydi keyin huddi avvalgi mashqdagidek (18-rasm).


17-rasm. 18-rasm.

  1. “Oq” himoyachi darvoza maydonchasintng burchagida turadi. “Qora” o’yinchi 20-30 m masofadan turib “oq” o’yinchi tomonga to’pni tepadi. “Oq” o’yinchi to’pni to’xtatmay, uni oyoq (yoki bosh bilan) “qora” o’yinchiga qaytaradi (19-rasm).


19-rasm.
O’yinchilar o’rinlarini almashadilar. Bu mashqni bir vaqtning o’zida ko’p joyda bajarish mumkin.

  1. O’yinchilarning joylashishi huddi oldingi mashqdagidek (19-rasm). “Qora” o’yinchi “oq” o’yinchiga to’pni yo’llaydi, u to’pni qabul qilib, bir necha metr olib yuradi, so’ng “qora” o’yinchiga yo’llaydi. O’yinchilar o’rinlarini almashadilar (20-rasm).

  2. O’yinchilarning joylashishi huddi oldingi mashqdagidek (19-rasm). “Oq” o’yinchi darvozadan turib havolatib zarba beradi. “Qora” o’yinchi to’pni uchib ketayotgan holida yuqoridan “oq” o’yinchiga (bosh bilan zarba berib) qaytaradi. U to’pni qabul qilib oladi va bir necha metr olib yuradi. “Qora” o’yinchi “oq” o’yinchiga hujum qiladi (21-rasm).

  3. Joylashish 3-mashqdagiga o’xshash (19-rasm). “Qora” o’yinchi to’pni yuqoridan “oq” o’yinchiga yo’llaydi. U to’pni boshi bilan yon tomonga qaytaradi. “Qora” o’yinchi to’pga yuguradi, uni olib qo’yadi va darvoza tomonga olib boradi. “Oq” o’yinchi hujum qiladi va to’pni olib qo’yishga intiladi. O’yinchilar o’rinlarini almashadilar (22-rasm).


20-rasm. 21-rasm.

  1. “Oq” o’yinchi darvozada turadi, “qora” o’yinchi jarima maydonchasi tashqarisida turib, to’pni yuqoridan darvozaga yo’llaydi. “Oq” o’yinchi oyoqlari, gavdasi, boshi bilan darvozani himoya qiladi. Agar to’p darvozaga kiritilsa, o’yinchilar almashtiriladi.


22-rasm.

  1. “Oq” o’yinchi darvozadan turib, o’rta turgan “qora” o’yinchiga qarata 20 m uzoqlikka zarba beradi; “qora” o’yinchi to’p havodaligida uni darvozaga yo’llaydi. “Oq” o’yinchi darvoza maydoni burchagidan o’z harakatini boshlab, boshi, oyog’i, gavdasi bilan darvozani himoya qilaboshlaydi. Vaqti-vaqti bilan o’rinlar almashtiriladi (23-rasm).

  2. Joylashish rasm bo’yicha (24-rasm). “Oq” o’yinchi maydon markazidagi aylana yarmisini shunday himoya qiladiki, 15-20 m masofadan turib “qora” o’yinchi tomondan yo’naltirilgan to’p yerga tegmasligi lozim. Mashqni o’rinlarni almashtirgan holda bajarish zarur.




23-rasm. 24-rasm.

Yüklə 440,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin