Itolmasov e. R


Jismoniy qobiliyatlar va texnika



Yüklə 440,35 Kb.
səhifə6/37
tarix07.01.2024
ölçüsü440,35 Kb.
#201265
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Futbol Maqola

2.2. Jismoniy qobiliyatlar va texnika


Futbolchi o’zi egallagan, takomillashtirgan texnikani zarur optimal kuch, tezlik, chidamlilik va boshqa jismoniy sifatlar bilan muvofiqlashtira olsa, u natijali o’yin ko’rsatishi mumkin.
Agar biz munosib kuch va tezlikka ega bo’lmasak, futbol o’yini texnikasi usullarini bajarishga qodir bo’lmas edik. Shu bilan birga chidamliliksiz o’yin texnikasidagi bizning ko’nikmalarimiz (malakalarimiz) katta ahamiyatga ega bo’lmasdi.
Kuch texnika elementlarini bajarishda asosiy o’rin egallaydi: u oyoq, bosh bilan zarbalarni bajarishda, aldamchi harakatlar, to’pni olib qo’yishda juda kerak hisoblanadi. Agar futbolchi to’pni katta tezlikda olib yurih paytida bir zumda burilishlar, to’xtashlarni bajarsa, yo’nalishini o’zgartira olsa, u aldashlarni yaxshi qo’llashi mumkin. Shuningdek, kuch sakrash va depsinish uchun ham zarurdir.
Chidamlilik va texnikaning bog’liqligi ham ob’yektivdir: chidamlidigi bo’sh, toliqqan muskullarga ega bo’lgan futbolchi aniq va o’ta nozik harakatlanishga qodir emas. Toliqqan muskullar, o’yin vaziyati qanchalik talab qilmasin, asab tizimining “buyruqlariga” bo’ysunmaydi. Chidamlilikning yetishmasligi keyinchalik texnikada xatolarning paydo bo’lishiga olib keladi. Texnikaning tezlik, chaqqonlik, egiluvchanlik yoki boshqa jismoniy sifatlar bilan bog’liqligi huddi shunday bog’liqlikda mavjuddir.
Bu hamma tavsiflar murabbiyning amaliy ishida e’tiborsiz qoldirilishi mumkin emas. Texnikani jismoniy sifatlarni takomillashtirishdan ajralgan holda o’rgatishni xohlaydigan murabbiy, noto’g’ri yo’ldan borayotgan hisoblanadi. Albatta, texnikani mustahkamlash o’z-o’zidan zarur jismoniy sifatlarni rivojlantiradi, faqat u yetarli darajada bo’lmasligi mumkin.

Texnika va chaqqonlik


Yaxshi futbolchi chaqqonlikka ham ega bo’ladi, albatta. O’yin paytidagi kurashish sharoitlari doimo va tez o’zgarib turadi, shuning uchun o’yinchi beto’xtov va bir zumda o’yin vaziyatining o’zgarishiga moslashishi lozim bo’ladi. Harakatlarni tez egallab olgan, ulardan o’yin paytida oqilona foydalana oladigan, o’yinda yuzaga kelgan vaziyatlarda tez va aniq yo’l topa oladigan, o’yindagi holatlarni oldindan ko’zlay oladigan va shunga muvofiq eng to’g’ri yechimlarni topadigan futbolchi chaqqon o’yinchi hisoblanadi. Agar biz to’p bilan yaxshi o’ynaydigan futbolchini eng yaxshi o’yinchi, texnikasi bo’shroq futbolchini jamoaning bekorchi a’zosi, deb atasak, noto’g’ri fikr bildirgan bo’lamiz. To’pni oyoq bilan, necha marta o’ynay olish qobiliyati chaqqonlikni bildirmaydi. Zero shu narsa shubhasizki, yaxshi futbolchilar ikkala sifatlarga – o’yindagi holatlarni sezish va tanlash hamda to’p bilan o’ynash (jonglyorlik qilish) malakasiga egadirlar.
Yosh futbolchi oldiga uning tayyorgarliliga nisbatan yanada qiyinroq vazifalar qo’yilsa, bu chaqqonlikni tarbiyalashning eng samarali uslubi hisoblanadi. Har qanday mashqni qiyinlashtirish (murakkablashtirish) mumkin. Masalan, bitta texnika usulini ketma-ket bajariladigan bir nechta usullar bilan (kompleks holda) almashtirish mumkin. Bunda o’yinchining koordinatsion malakalari takomillashadi.
Boshqacha hal etish ham mumkin: yosh o’yinchi oldiga kutilmaganda paydo bo’lgan vazifalarni qo’yish. Bunday vazifalar shunday bo’lishi kerakki, o’yinchi ko’p sonli imkoniyatlardan birini tanlashi va qanday usulni qo’llash lozimligini o’zi hal etishi mumkin bo’lsin.
Faqat shu tarzdagina futboldagi harakatlar soni ko’payadi va shunday qilib yangi koordinatsion harakatlar hosil bo’ladi.
Chaqqonlikka qaratilgan mashqlar birinchi navbatda, markaziy asab tizimiga ta’sir ko’rsatadi. Buning natijasida o’yinchi psixik toliqishni (charchashni) boshdan kechiradi. Shu sababli chaqqonlikka qaratilgan mashqlar (turli shakllarda) quyidagi sharoitlarda: o’yinchilar dam olib bo’lganlarida; o’quv-mashg’ulot jarayonining asosiy qismi boishda qo’llaniladi.
To’p bilan jonglyorlik qilish maxsus chaqqonlikni rivojlantiruvchi va o’yin texnikasini o’rganishga yordam beruvchi mashqlar hisoblanadi.
Asosan murakkab shakllarda to’p bilan bajariladigan oddiy mashqlar hamda texnikaning oddiy elementlari chaqqonlikni rivojlantirishning eng samarali usullaridan hisoblanadi.
Buning uchun o’yin mashqlari va texnika hamda taktika elementlaridan iborat o’yinlar, shuningdek to’p bilan atletika o’yinlari foydalidir.

Yüklə 440,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin