lo
° Fel
J Ft
80-rasm. Purjinaning cho‘zilishi
Guk qonuni
Tayanchga mahkamlangan lo uzunlikdagi prujinaga m massali yuk osay- lik. Unga ta'sir etuvchi Ft og‘irlik kuchi pastga yo‘nalgan bo‘ladi. Prujina
deformatsiyalanishi natijasida Ft ga qarama-qar- shi yo‘nalgan Fel kuch yuzaga keladi (80-rasm). Natijada prujina Al ga cho‘ziladi: Al = l - l Bunga prujinaning absolyut uzayishi yoki ab- solyut deformatsiya deyiladi. Fel elastiklik ku- chi Ft og‘irlik kuchga tenglashganida, prujina cho‘zilishdan to‘xtaydi. Prujinaga ta'sir etuvchi kuchni oshirib borsak, absolyut deformatsiya ham proporsional ortib boradi (81-rasm). Demak, elastiklik kuchi absolyut uzayishga to‘g‘ri proporsional ekan, ya'ni:
Fel ~ Al yoki Fel = - k Al . (2)
Bunda k - elastiklik kuchi va absolyut uzayishini bog‘lovchi koeffisiyenti bo‘lib, deformatsiyalanayotgan prujinaning bikirligi deb ataladi. (2) formula- da minus ishorasining qo‘yilishiga sabab elastiklik kuchi va absolyut uzayish- ning qarama-qarshi yo‘nalishga ega ekanligidir. Bu formuladan k ni topsak:
Al •
(3)
Xalqaro birliklar sistemasida prujina bikirligi- ning birligi - N/m.
(2) formula quyidagicha ta'riflanadi:
2mg
81-rasm. Deformatsiyaning ta'sir etuvchi kuchga bog‘liqligi
Elastiklik kuchi tashqi kuch ta'siridagi deformatsiya kattaligiga to‘g‘ri propor- sional.
Bu qonunni 1660-yilda ingliz olimi Robert Guk kashf etgan. Shuning uchun u Guk qonuni deb ataladi.
82-rasm. Siqilish deformatsiyasining ta'sir etuvchi kuchga bog‘liqligi
Jism (prujina, sim)ning bikirligi
k qancha katta bo‘lsa, uni cho‘zish
yoki siqish, ya'ni deformatsi- yalash shuncha qiyin kechadi. Bikirlik koeffitsiyenti turli jismlar uchun turlicha qiymatga ega. Uzun- ligi
l, ko‘ndalang kesim yuzasi
S bo‘lgan
sterjenning bikirligi - k quyidagicha ifodalanadi:
k = E —Sl . (4)
83-rasm. Egilish deformatsiyasi
Bunda
E - sterjen yasalgan moddaning elastiklik moduli (Yung moduli) deb ataladi, u turli moddalar uchun turlicha bo‘ladi.
Prujina Ft tashqi kuch ta'sirida siqilganida, u Al ga qisqaradi. Kuch ortib borishi bilan Al ham proporsional ravishda oshib boradi (82-rasm), ya'ni Guk qonuni o‘rin- li bo‘ladi. Kundalik turmushimizda cho‘zilish va siqi- lish deformasiyalaridan tashqari egilish (83-rasm), siljish (84-rasm) va buralish (85-rasm) deformasiyalarini ham kuzatishimiz mumkin.
84-rasm. Siljish deformatsiyasi
FeX
mg
85-rasm. Buralish
deformatsiyasi
Guk qonunining bajarilishi kichik deformasiyalar uchun o‘rinli. Elastik deformatsiyaning tashqi kuchga bog‘liqligi grafigi (86-rasm) tashqi kuchning ma'lum qiy- matigacha koordinata boshidan o‘tuvchi to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘lib, unda Guk qonuni bajariladi.