2. Elektr toki bilan jaroxatlanish xavfsizligi. Elektr tokining inson organizmiga ta’siri Elektr tokidan inson organizmida termik (ya’ni issiqlik), elektrolitik va biologik ta’sir kuzatiladi. Elektr tokining termik ta’siri inson tanasining ba’zi joylarida qo‘yish, qon tomirlari, nerv va hujayralaming qizishi sifatida kuzatiladi. Elektrolitik ta’sir esa qon tarkibidagi yoki hujayralar tarkibidagi tuzlaming parchalanishi natijasida qonning fizik va kimyoviy xususiyatlarining o'zgarishiga olib keladigan holat tushuniladi. Bunda elektr toki markaziy asab tizimi va yurak-qon tizimini kesib o ‘tmasdan tananing ba’zi bir qismlarigagina ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Elektr tokining biologik ta’siri — bu tirik organizm uchun xos bo’lgan xususiyat hisoblanadi. Bu ta’sir natijasida muskullarning keskin qisqarishi tufayli inson organizmidagi tirik hujayralar to’lqinlanadi, bunda asosan organizmdagi bioelektrik jarayonlar buziladi. Ya’ni inson organizmi asosan bioelektrik toklar yordamida boshqariladi. Bunda tashqi muhitdan yuqori kuchlanishdagi elektr tokining ta ’siri natijasida biotoklar rejimi buziladi va oqibatda inson organizmida tok urish holati vujudga keladi. Ya’ni boshqarilmay qolgan organizmda hayot faoliyatining ba’zi bir funksiyalari bajarilmay qoladi: nafas olishning yomonlashuvi, qon aylanish tizimining ishlamay qolishi va h.k.
Elektr tokining inson organizmiga ta ’sirining xilma-xilligidan kelib chiqib, uni ikki gruppaga bo‘lib qarash mumkin: mahalliy elektr ta’siri va tok urishi.
Mahalliy elektr ta’siri natijasida kuyib qolish, elektr belgilari hosil bo’lishi, terming metallashib qolishi hollarini ko'rsatish m um kin. Elektr ta’siridan kuyish, asosan organizm bilan elektr o'tkazgichi o‘rtasida volta yoyi hosil bo‘lganda sodir bo’ladi. Elektr o‘tkazgichdagi kuchlanishning ta’siriga qarab bunday kuyish turlicha bo’lishi mumkin. Yengil kuyish faqat yallig’lanish bilan chegaralanadi, o'rtacha og’irlikdagi kuyishda pufakchalar hosil bo’ladi va og’ir kuyish - hujayra va terilar ko‘mirga aylanib, og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Elektr belgilari — bu terming ustki qismida aniq kulrang yoki och-sarg’ish rangli 1—5 mm diametrdagi belgi paydo bo’lishi bilan ifodalanadi. Bunday belgilar odatda xavfli emas. Terming metallashib qolishda, odatda erib mayda zarrachalarga parchalanib ketgan metall teri ichiga kirib qoladi. Bu holat ham elektr yoyi hosil bo’lganda ro‘y beradi. Ma’lum vaqt o'tgandan keyin bu teri ko‘chib tushib ketadi va hech qanday asorat qoldirmaydi.
Elektr urishi (yoki tok urishi deb ham yuritiladi) to‘rt darajaga bo’lib qaraladi.
muskullar keskin qisqarishi natijasida odam tok ta’siridan chiqib ketadi va hushini yo'qotmaydi.
muskullar keskin qisqarishi natijasida, odam hushini yo‘qotadi, ammo yurak va nafas olish faoliyati ishlab turadi.
hushini yo'qotib, nafas olish tizimi yoki yurak urishi to'xtab qoladi.
klinik o’lim holati, bunda insonda hech qanday hayot alomatlari ko'rinmay qoladi.
Klinik o’lim holati bu hayot bilan o’lim oralig’i bo’lib, ma’lum vaqtgacha inson ichki imkoniyatlar hisobiga yashab turadi. Bu vaqtda unda hayot belgilari: ya’ni nafas olish, qon aylanish bo’lmaydi, tashqi ta’sirlarga farqsiz bo’ladi, og‘riq sezmaydi, ko‘z qorachig’i kengayadi va yorug’likni sezmaydi. Ammo bu davrda hali undagi hayot butunlay so‘nmagan, hujayralarda ma’lum modda almashinuv jarayonlari davom etadi va bu organizmning minimal hayot faoliyatini davom ettirishiga yetarli bo’ladi. Kuning uchun tashqi ta’sir natijasida hayot faoliyatini yo'qotgan organizmning ba’zi bir qismlarini tiklash natijasida, uni hayotga qaytarish imkoniyati bor. Klinik o‘lim holati 5—8 minut davom etadi. Hech qanday yordam bo'lmagan taqdirda eng oldin bosh miya qobig'idagi hujayralar parchalanadi va klinik o ‘lim holati biologik ulim holatiga o'tadi.
Biologik o‘lim-qaytarib bo'lmaydigan jarayon bo'lib, organizmdagi biologik jarayonlar butunlay to‘xtashi bilan xarakterlanadi, shuningdek, organizmdagi oqsil parchalanadi. Bu klinik o‘lim vaqti tugagandan keyin ro‘y beradi. Tokning inson organizmiga ta’siri bir necha omillarga bog‘liq. Asosiy omillardan biri insonga tok ta’sirining davomliligi, ya’ni odam tok ta’sirida qancha ko‘p qolib ketsa, u shuncha ko'p zararlanadi. Ikkinchi omil sifatida odam organizmining shaxsiy xususiyatlari va shuningdek, tokning turi va chastotasi katta rol o'ynaydi.
Inson organizmining tok ta’siriga ma’lum qarshiligi, shuningdek, tokning kuchlanishi ma’lum ta’sir darajasini belgilaydi, chunki inson organizmining qarshiligi o‘zgarmagan holda, kuchlanish ko'payishi natijasida: organizmdan oqib o'tgan tok miqdori oshib ketadi.
Inson organizmining qarshiligi teri qarshiligi va ichki organlar qarshiliklari yig'indisi sifatida olinadi.
Teri, asosan quruq va o'lik hujayralaming qattiq qatlamlaridan tashkil topganligi sababli katta qarshilikka ega va u umuman inson organizmining qarshiligini ifodalaydi.
Organizm ichki organlarining qarshiligi uncha katta emas. Odamning quruq, zararlanmagan terisi 2.000 dan 20.000 Om gacha va undan yuqori qarshilikka ega bo‘lgani holda, namlangan, zararlangan teri qarshiligi 40—5000 Om qarshilikka ega bo‘ladi va bu qarshilik inson ichki a ’zolari qarshiligiga teng hisoblanadi. Aytilganlami hisobga olgan holda umuman texnik hisoblar uchun inson organizmi qarshiligi 1000 Om deb qabul qilingan.
Inson organizmi orqali oqib o‘tgan tokning miqdori uning asoratini belgilaydi, ya’ni oqib o‘tgan tok qancha katta bo'lsa, uning asorati ham shuncha katta bo'ladi.
Inson organizmi orqali 50 Gs li sanoat elektr tokining 0,6—1,5 mA oqib o'tsa, buni u sezadi va bu miqdordagi tok sezish chegarasidagi elektr toki deb ataladi.
Agar inson organizmidan oqib o'tgan tokning miqdori 10—15 mA ga yetsa, unda organizmdagi muskullar tartibsiz qisqarib, inson o'z organizmi qismlarini boshqarish qobiliyatidan mahrum bo'ladi, ya’ni elektr toki bo'lgan simni ushlab turgan bo'lsa, panjalarini ocha olmaydi, shuningdek, unga ta’sir ko'rsatayotgan elektr simini olib tashlay olmaydi.
Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga tibbiyot xodimi kelgunga qadar ko‘rsatiladigan yordamni ikki qismga bo‘lib qaraladi: tok ta’siridan qutqarish va birinchi yordam ko‘rsatish. Tok ta’siridan qutqarish o'z navbatida bir necha xil bo'lishi mumkin. Eng oson va qulay usuli bu elektr qurilmasining o'sha qismiga kelayotgan tokni o'chirishdir. Agar buning iloji bo'lmasa (masalan, o'chirish qurilmasi uzoqda bo'lsa), unda tok kuchlanishi 1000 V dan ko'p bo'lmagan elektr qurilmalarida elektr simlarini sopi yog'ochli bo'lgan boltalar bilan kesish yoki zararlangan kishining kiyimi quruq bo'lsa, uning kiyimidan tortib tok ta’siridan qutqarib qolish mumkin. Agar elektr tokining kuchlanishi 1000 V dan ortiq bo'lsa, unda dielektrik qo'lqop va elektr izolatsiyasi mustahkam bo'lgan elektr asboblaridan foydalanish kerak. Elektr ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish, uning holatiga qarab belgilanadi. Agar ta’sirlangan kishi hushini yo'qotmagan bo‘lsa, uning tinchligini ta’minlab, shifokor kelishini kutish yoki uni tezda davolash muassasasiga olib borish zarur.
Agar jarohatlangan kishining nafas olishi qiyinlashsa, qaltirash holati bo‘lsa, ammo yurak urish ritmi nisbatan yaxshi bo'lsa, unda bu kishiga sun’iy nafas oldirish ishlarini bajarish zarur.
Klinik o‘lim holati yuz bergan taqdirda sun’iy nafas oldirish bilan bir qatorda yurakni ustki tomondan massaj qilish kerak.
Sun’iy nafas oldirish jarohatlangan kishini tok ta’siridan qutqazib olish, uning holatini aniqlash bilanoq boshlanishi kerak. Sun’iy nafas oldirish «ogizdan og‘izga» deb ataluvchi usul bilan, ya’ni yordam ko'rsatuvchi kishi o ‘z o'pkasini havoga to‘ldirib, jarohatlangan kishi og'zi orqali uning o'pkasiga bu havoni haydaydi. Odam o‘pkasidan chiqqan havo, ikkinchi odam o'pkasi ishlashi uchun yetarli miqdorda kislorodga ega bo‘lishi aniqlangan. Bu usulda jarohatlangan kishi chalqancha yotqiziladi, og'zini ochib begona narsalardan tozalanadi.
Elektr tokidan jarohatlanish sabablari va asosiy muhofaza vositalari Elektr toki ta’siridan jarohatlanishning asosiy sabablari quyidagilardir:
1) kuchlanish ostida bo’lgan elektr tarmoqlari yoki elektr o’tkazgichlarga tegib ketish yoki xavf tug‘diruvchi masofaga yaqinlashish;
2) elektr qurilmalari asbob-uskunalarining ustki metall korpuslari va qopqoqlarida elektr o‘tkazgichlarning muhofaza qobiqlarini shikastlanishi natijasida elektr kuchlanishi hosil bo’lishi;
3) elektr tokini o‘chirib remont ishlarini bajarayotgan vaqtda, tasodifan elektr tokini ulab yuborish;
4) yer yuzasiga uzilib tushgan elektr o'tkazgichi yer yuzasi bo'ylab elektr tokini tarqatayotgan tok potensiallari ayirmasi hosil bo‘lgan zonaga bilmay kirib qolish natijasida qadam kuchlanishlar ta’siriga tushib qolish.
Elektr tokidan jarohatlanishni oldini olishga qaratilgan asosiy chora-tadbirlar quyidagilardir:
1) kuchlanish ostida bo'lgan o‘tkazgichlarni qo‘l yetmaydigan qilib bajarish;
2) elektr tarmoqlari o‘tkazgichlarini ayrim joylashtirish;
3) elektr qurilmalari korpusida elektr tokining hosil bo‘lishiga qarshi chora-tadbirlar belgilash;
a) kam kuchlanishga ega bo'lgan elektr manbalaridan foydalanish;
b) ikki qavatli muhofaza qobiqlari bilan ta’minlash;
d) potensiallarini tenglashtirish;
e) yerga ulab muhofazalash;
f) nol simiga ulab muhofazalash;
g) muhofaza o'chirish qurilmalari.
4) maxsus elektr muhofazalash sistemalaridan foydalanish;
5) elektr qurilmalarini xavfsiz ishlatishni tashkiliy choratadbirlarini qo'llash.