IV BOB. “IKKINCHI” XUFYONA IQTISODIYOTNING
UMUMIY TAVSIFI.
4.1. Buyruqbozlik iqtisodiyoti sharoitida davlat sektoridagi
“oq yoqalilar” xufyona iqtisodiy faoliyati
4.2. Bozor xo‘jaligining tijorat sohasida xufyona iqtisodiy
faoliyatning “oq yoqali” shakllari
4.3.Xorijiy mamlakatlarda iqtisodiy jinoyatlarning oldini
olish tajribalari.
4.1. Buyruqbozlik iqtisodiyoti sharoitida davlat sektoridagi “oq
yoqalilar” xufyona iqtisodiy faoliyati
“Ikkinchi” yashirin iqtisodiyot qonuniy iqtisodiy faoliyatning
teskari ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘ladi.
Ushbu yashirin
munosabatlarning asosiy sub’ektlari xo‘jalik rahbarlari bo‘lsada,
oddiy fuqarolar ham ularning ishtirokchilari bo‘lishi mumkin. "Oq
yoqali" ("ikkinchi") xufyona iqtisodiyoti - "oq" iqtisodiyot
xodimlarining ish joylarida yashirin va taqiqlangan iqtisodiy faoliyati
bo‘lib, bu qonun tomonidan taqiqlangan, ilgari yaratilgan milliy
daromadlarni yashirin ravishda qayta taqsimlashga olib keladi.
Asosan bunday ishlarni yuqori martabali xodimlardan ("oq yoqali
mansabdorlar") "hurmatli odamlar"
olib borishadi, shuning uchun
bunday xufyona iqtisodiyoti "oq yoqalar" deb ham ataladi. Xozirgi
zamon iqtisodiyotida “ikkinchi oq yoqalilar” xufyona iqtisodiyoti
dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida mavjuddir.
Sobiq sotsialistik tuzum sharoitida buyruqbozlik iqtisodiyoti
shakllangan bo‘lib, unda ham “ikkinchi oq yoqalilar”
xufyona
iqtisodiyoti keng miqyosda mavjud bo‘lgan. Sobiq Sovet ittifoqida
buyruqbozlik-rejali iqtisodiyoti sharoitida davlat sektoridagi “oq
yoqalilar” xufyona iqtisodiy faoliyatining vujudga kelishi va
rivojlanishiga quyidagi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar sabab bo‘lgan:
– markazlashgan rejali iqtisodiyotning tovar va xizmatlarning
defitsitligi (taqchilligi) bilan tavsiflanishi. Kishilar tovar va xizmatlar
taqchilligi sharoitida o‘z ehtiyojlarini qondirish va qo‘shimcha
daromad olish maqsadida noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanishga
majbur bo‘lganlar;
– ishlab chiqarish vositalariga ijtimoiy mulkchilikning
mavjudligi natijasida mulk kishilardan begonalashtirilganligi hamda
egasiz mulkka aylanganligi. Buning natijasida
kishilarda unumli
mehnatga rag‘bati susaygan va turmush darajasi erkin bozor
munosabatlari rivojlangan mamlakatlardagiga nisbatan ancha past
darajada bo‘lgan. Sobiq buyruqbozlik iqtisodiyoti sharoitida
kishilarda egasiz mulkni va xo‘jalik sub’ektlaridagi resurslarni va
ularda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ishlab chiqarilgan noqonuniy
o‘zlashtirish, tashmachilik yo‘li bilan o‘z
moddiy ehtiyojlarini
qondirish maqsadida foydalanishga intilish kuchaygan;
– erkin tadbirkorlik faoliyatining jamiyat uchun yot faoliyat
sifatida tugatilganligi hamda unga yo‘l qo‘ymaslik. Buning natijasida
kishilar o‘zlarining tadbirkorlik qobiliyatlarini xufyona iqtisodiy
faoliyat sohalarida namoyon qilganlar
49
.
Xufyona iqtisodiyot sovet xo‘jalik tizimida uni to‘ldiruvchi
hamda muhim iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni bajaruvchi sektorga
aylangan. Uning iqtisodiy vazifasi rasmiy sovet iqtisodiyoti
faoliyatidagi
kamchiliklarni,
ya’ni
tovar va xizmatlardagi
kamyoblikni ma’lum darajada yumshatishga xizmat qilgan. Xufyona
iqtisodiy faoliyat natijasida kishilar qo‘shimcha daromad olish
imkoniyatiga ega bo‘lishi va o‘z moddiy ehtiyojlarini qondirish
imkoniyalarini ma’lum darajada kengaytirishga erishganlar. Bu uning
ijtimoiy vazifasi bo‘lgan.
Buyruqbozlik-rejali
iqtisodiyoti
sharoitida
kishilar
faoliyatlarining normalar tizimi surunkali taqchillik, ya’ni
resurslarning yetishmasligini o‘zida namoyon etadi. Taqchillikning
ma’lum darajada barqarorlashuvi hamda
iqtisodiy agentlar ushbu
darajaga moslashuvi tizimda
normal taqchillik
holatini yuzaga
keltiradi. Bunda buyruqbozlik iqtisodiyoti uchun xos bo‘lgan taqchil
tovar va xizmatlar uchun navbatning normal uzunligi,
resurslar va
tayyor mahsulotlarning normal zahiralari va hokazolar tushuniladi.
Boshqacha aytganda, nafaqat Valras bo‘yicha umumiy muvozanat
iqtisodiy tizimning barqaror holati bilan cheklaniladi, balki tizim
49
Qarang: Кормишкина Л. А., Лизина О.М. Теневая экономика: учеб. пособие
для вузов / Л. А. Кормишкина, О. М. Лизина. – Саранск : Изд-во Мордов. ун-та,
2009. – С.77.
hatto muvozanatsiz holatda ham
barqarorlashishi mumkinligi
namoyon bo‘ladi.
Buyruqbozlik iqtisodiyotining normal holatlari uchun zarur
bo‘lgan normalardan biri oddiy utilitarizm hisoblanadi. Bunda individ
tomonidan o‘z foydaliligini oshirilishi o‘ziga xos ravishda namoyon
bo‘ladi. Ya’ni,