Xufyonaviy
Xufyonaviy
nomenklatura
Xususiy
faoliyat
yurituvchilar
Sexoviklar
Kriminallashgan
xufyona faoliyat
yurituvchilar
Kriminal
faoliyat
Nomenklaturadagi
o‘g‘rilar
Maishiy
o‘g‘rilar
Reketirlar
O‘g‘rilar
Umuman olganda “ikkinchi oq yoqalilar” xufyona iqtisodiyoti
avj olgan tizimlardan biri, rejali iqtisodiyotning
sovet tipidagi
iqtisodiyotni yoppasiga hisob va nazorat tizimi to‘g‘risidagi
tasavvurni hosil qilsada, bu tasavvur amaliyotga to‘liq mos kelmaydi.
Rejali iqtisodiyotda davlat keng qamrovli rejalashtirish va bir
markazdan barcha iqtisodiy jarayonlarni qat’iy rejalashtirish va
limitlashtirishni amalga oshirishga intiladi. Amaldagi ho‘jalik
mexanizmi ko‘plab norasmiy komponentlarning mavjud bo‘lishini
taqazo etadi. Unga quyidagilar kiradi:
1) norasmiy an’analar iqtisodiyoti
– bu normativ xujjatlarda
qayd etilmagan, hammaga amaliyotda yaxshi ma’lum bo‘lgan, umum
qabul qilingan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zaro munosabatlar (korxona
rahbarlarining
shaxsan
kelishuvi
asosida
fondlashtirilgan
materiallarni norasmiy tarzda ayirboshlash, «shabashniklarga» va
xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlariga norasmiy qo‘shimcha xaq
to‘lashni misol sifatida keltirish mumkin);
2) qo‘shib yozishlar iqtisodiyoti (fiktiv iqtisodiyot)
quyi
bo‘linmalarning nazorat qiluvchi tashkilotlarga iqtisodiy axborotlarni
buzib taqdim etishi (ishlab chiqarilgan
mahsulotlarning miqdori va
sifatini oshirib ko‘rsatish, resurslarni yashirish);
3) shaxsiy suist’emol iqtisodiyoti (poraxo‘rlik iqtisodiyoti) –
kamyob resurslarni (ishlab chiqarilgan xomashyolar, ish o‘rinlar, uy-
joy va h.k.) qayta taqsimlashga mas’ul shaxslar korrupsiyasi
(qarang:4.1.1-rasm).
1970-1980-yillarda «sotsialistik» mamlakatlardagi “ikkinchi”
chuqur va keng rivojlandi. Xufyona iqtisodiyot umum miqyosga
chiqdi. Amalda barcha korxonalar u
yoki bu darajada noqonuniy
faoliyat bilan shug‘ullangan. G‘arb sovetologlari SSSR iqtisodiyoti
aralash
iqtisodiyotning
o‘ziga
xos
modifikatsiyasi-total
rejalashtirilgan iqtisodiy shirmasida xufyona bozor munosabaatlari
yashiringan, degan xulosaga kelganlar.
Bu xufyona iqtisodiy
munosabatlar markazlashtirilgan nazoratga antiteza, islohotlarga
to‘sqinlik
qiluvchi, uni bo‘g‘uvchi klapan, bozor surrogati
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: