Iv bo’lim: Muomala madaniyati reja


Muomala madaniyatida sо‘z aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi



Yüklə 69,27 Kb.
səhifə2/17
tarix07.01.2024
ölçüsü69,27 Kb.
#205838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Iv bo’lim Muomala madaniyati reja-fayllar.org

Muomala madaniyatida sо‘z aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi. Til shunday kuchga egaki, suyaksiz bо‘lsa ham suyakni tebratadi. Muomala odobi boshqa kishilar qadr-qimmatini, izzatini joyiga qо‘yishni, an’anaviy axloqiy meyoriy talablarini bajarishni taqazo etadi.
Shuning barobarida, u insondagi yaxshi jihatlarni namoyon etishi, kо‘zga kо‘rsatishi bilan ham ajralib turadi. Uning eng yorkin, eng sermazmun va eng ifodali namoyon bо‘lishi sо‘z, nutq vositasida rо‘y beradi. Sо‘zlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatlarini tashkil etadi. Shu bois muomala odobi о‘zini, eng avvalo, shirinsuhanlik, kamsuqumlik, bosiqlik, hushfe’llilik singari axloqiy meyorlarda namoyon qiladi.
Ayniqsa bu axloqiy madaniyatda yaqqol kо‘zga tashlanadi. Uni kо‘proq namoyon qiladigan eng muhim unsurlaridan biri – muomala odobidir. Bu borada mutasavvif olimlarimizdan Imom G‘azzoliy bir qancha о‘rinli fikrlarni bildiradilar:«Hazrati Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Haq subhonahu va taolo ochiq yuzlilarni dо‘st tutar». Va yana aytibdurlar: «Hech bir yaxshi amal yо‘qki, maxfiratga sabab bо‘lmoqg‘a ochiq chehralik va shirinzabonliqdan ziyoda»2.
Uning fikricha shirinsuxanlik va bosiqlik odobli insonni odobsizdan ajratuvchi meyordir. Zero, odobsizlik badxulqlikka, badxulqlik axloqsizlikka olib keladi. Yomon insonlarning yomonligi aynan muomaladan kelib chiqadi. Ya’ni yomonga yomonlik bilan qilingan muomala vaqtincha bо‘lsa ham о‘sha yomonning yо‘lida yurishga chorlaydi.
Etiket keng qamrovli tushuncha bо‘lib, u, ma’lum ma’noda, umumbashariy miqyosda qabul qilingan muomala qonun-qoidalarini о‘z ichiga oladi. Ulardan bizga odat bо‘lib qolgan kо‘rishish etiketidir.


4.2. Salomlashish odobi
Salom berish kundalik hayotimizda eng kо‘p qо‘llaniladigan odat bо‘lib, hushmuomalalikni talab qiladi. Salomlashish kishilar о‘rtasidagi о‘zaro hurmat, muomala munosabatlarining avval boshi bо‘lgani uchun uning bajarilishining ham alohida qoidalar bor.
Salomlashish insonning insonga bildirgan hurmati, odamlarning о‘zaro muomala munosabatlarining boshlanishi, bir-biri bilan suhbatlashayotgan ikki dilning kalitidir. Salom berilganda sizga yoqimsiz qarab turgan inson ham alik oladi. Qо‘l berib kо‘rishayotgan vaqtda bir-birlarini qо‘llarini qattiq siqib, qо‘lini og‘ritib yoki qо‘lini uchinigina berib qо‘yish о‘ta odobsizlikka kiradi. Yoshlar о‘zidan katta odamlar bilan kо‘rishganlarida, albatta ikki qо‘lini berib kо‘rishadilar. Ayniqsa, yosh bolalarning katta yoshdagilarga qо‘lini uzatib kо‘rishishlari ham odobsizlik sanaladi.

Yüklə 69,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin