Egasiz murojaatlar munosabatida – “Kechirasiz falonchi kо‘cha qaerda?”, “Aytib berolmaysizmi soat necha bо‘ldi?”, “Ruxsat bersangiz kirsam”va boshqalar.
Nomsiz murojaatlarda shaxsni kim ekanligini yaqindan bilish katta ahamiyatga ega emas. Bunday murojaat qisqa mazmunda bо‘lib, biror noma’lum obyekt yoki subyektni aniqlash, u haqda muayyan ma’lumot olish uchun qо‘llaniladi. Masalan, “Kechirasiz, Olmazor kо‘chasini kо‘rsatib yuborsangiz?” “Hurmatli yо‘lovchilar yul haqini о‘z vaqtida tо‘lashni unutmang” “Doktor bolamni kо‘rib qо‘ysangiz, issig‘i tushmayapti” singari murojaatlarda shaxsning aniq ismi kо‘rsatilmasada, u haqdagi ma’lumotlar va aytiladigan fikrlar tushunarli bо‘ladi.
Aslini olganda, О‘zbekistonda murojaatning aniq bir shakli yо‘q. Kо‘p holatlarda har bir joyning о‘zidan kelib chiqib, shevaga hamda urf-odatga asoslangan xolda murojaat qilinadi.
Yangi tanishgan odam bilan munosabatda tushunmovchilikdan saqlanish uchun tashrifnoma juda qulaydir. Chet mamlakatlarda tashrifnoma juda keng qо‘llaniladi. Ularning raqamlari hamda о‘lchamlari qat’iy qoida bilan cheklanmagan. Inson о‘z tashrifnomasini tutqazar ekan, kelajakda shaxsiy hamda ish bilan bog‘liq aloqani qо‘llab-quvvatlayotganini bildiradi.
Suhbatlashish etiketi Etiket bо‘yicha muomala qilishni bilish – avvalambor suhbatni olib bora olish qobiliyatidir. Bu erda ham umumqabul qilingan qoidalar mavjud.
Suhbatdoshni gapini bо‘lmasdan uni oxirigacha tinglay olish muhim xususiyat kasb etadi. Zero diqqat va sabr-toqat bilan eshita olish qobiliyati suhbatdoshga nisbatan hamdardlik, layoqatlilik, hayrixohlikni kо‘rsatadi. Suhbat olib borish mahoratini о‘rganish mumkin, buning uchun qadimgi notiqlar kabi sizga zarur bо‘lgan bilimlarni egallash lozim.
Har kimga ham aqlli gaplarni osonlik bilan etkazish qobiliyati berilmaydi. Suhbat san’atida sergaplikka yо‘l qо‘ymay mashq qilish lozim, hamsuhbat ruhiyatini hisobga olish kerak va bu etarli darajadagi tajribani talab qiladigan faoliyatdir.
Avvalambor biz о‘zimizning «men»lashimizdan qochishimiz lozim. О‘z shaxsiyligini berkitib, о‘zgalarning qiziqishiga e’tibor bermoq – bu har bir suhbatning asosiy afzalligidir. Yaxshi ohang suhbatdoshiga kо‘ngilsiz yoki uni tushkunlikka tushiradigan suhbatlardan qochishni talab qiladi. Jamoatga yoqish uchun suhbatdoshingizga yaqin bо‘lgan va uni kо‘proq qiziqtiradigan suhbat mavzularini tanlashingiz lozim.
Jamiyatning yoqimsiz a’zolariga doimo hamma narsadan noliyveradigan va ayb qidiraveradigan odamlar kiradi. Ammo, muloqot qilish meyori va tajribasiga ega haqiqiy tarbiyali inson hamisha о‘z talabalari darajasida kamtarin, mulohazalarida esa notakabbur va bag‘rikengdir.
Sо‘z bu о‘zingizga qarshi qurolga aylanuvchi kuchdir. Yaqin kishini ayblashdan oldin, о‘ylab kо‘rgan ma’qul. Hasadgо‘ylik eng yomon illat. U barcha axloqiy xususiyatlarni yо‘qqa chiqaradi. Mardlik yoki ochiqlik bahonasida kо‘rolmaslik hissini ochiqchasiga kо‘rsatishni odat qilgan kishiga bо‘lgan munosabat hech qachon ijobiy о‘zgarish kasb etmaydi. Bu faqat munosabatlarni yomonlashishiga olib keladi. Bundan hech kim yaxshi natijaga erishmaydi. Atrofdagilar uchun notanish bо‘lgan tilda biror bir odam bilan suhbatlashish madaniyatsizlikdir.