Ko’p qutbli dunyo – milliy dunyoqarashimizning tayanch nuqtalaridan biri, biz ko’rib turgan olamning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy sohalarda yuksak qudrat va mavqe’ kasb etgan shaxslar, guruhlar, davlatlar, mintaqalar xilma-xilligidan tashkil topgan ekanligi.
Ma’naviy meros - madaniy merosning bir qismi bo‘lib, inson va jamiyat ma’naviy taraqqiyoti, kelajagi uchun ahamiyatli bo‘lgan, avloddan-avlodga meros tariqasida o‘tib kelayotgan barcha boyliklar.
Ma’naviyat - inson axloqi va odobi, bilimlari, iste’dodi, qobiliyati, amaliy malakalari, vijdoni, iymoni, e’tiqodi, dunyoqarashi, mafkuraviy qarashlarining bir-biri bilan uzviy bog‘langan, jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir etadigan mushtarak tizimdir».
Ma’naviyat - inson va jamiyat hayotining uch asosiy sohasidan (yo’nalishidan) biri, har bir insonning Haqqa, Borliqning mohiyatiga bo’lgan munosabati. Ma’naviyat – o’z mazmuniga ko’ra ko’p qirrali murakkab botiniy hodisa bo’lib, mohiyatan Inson ruhidagi Borliq haqiqati bilan uyg’unlikni anglatadi. SHu ma’noda uni Insonning, Xalqning, Jamiyatning, Davlatning kuch-qudrati, insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, uning ichki olamini boyitadigan, iymon-irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg’otadigan qudratli botiniy kuch, Haqiqat nurining inson qalbida aks etishi, yoki baqoning fanoda zuhuri, dunyoviy va uxraviy maqsadlarning uyg’unligi, insonning o’z mohiyati oldidagi mas’ulligi, o’zligini anglashi deb ham ta’riflash mumkin. Insonning Borliq abadiyatiga daxldorligi ayni uning ma’naviyati tufaylidir.
Ma’naviyat asoslari – Ma’naviyat sohasining asosiy masalalarini nazariy tadqiq etuvchi yangi fan. Bugungi kunda, hanuz jahon ilmi darajasida tadqiqotlar o’tkazilmaganligini hisobga olib, "Milliy ma’naviyatimiz asoslari" deb atalishi maqsadga muvofiqdir. Inson ruhidagi Borliq haqiqati bilan uyg’unlik darajalari (Vatan, SHaxs, Millat, Adolat, Haqiqat), SHaxs ma’naviyatining asosiy jihatlari (imon, ilm, mas’uliyat, mehr), Milliy ma’naviyatimizning takomil bosqichlari va shu kabilar bu fanning asosiy mavzusi (predmeti)ni tashkil qiladi.