FUQAROLIK JAMIYATI-yuksak darajada uyushgan, batartib munosabatlar tizimiga tayangan, o'zini o'zi boshqarish mexanizmlari mukammal qaror topgan jamiyatdi.
E’TIQOD - dunyoqarash shaxs, jamoa, guruh va jamiyat a’zolarini ma’lum bir g‘oya, ta’limot, yoki dinga qat’iy ishonish asosida uni haq deb bilib, shu ta’limot to‘g‘risidagi tasavvur va bilimlarini tashkil qiladi. Inson shu g‘oyani yoki dinni o‘zining faoliyat dasturi deb hisoblaydi.
HADIS - (arab. yangi so‘z) Payg‘ambar Muhammad s.a. ning kishilarga nisbatan aytgan so‘zlari, nasihatlari, qilgan amaliy ishlari haqidagi rivoyatlar.
IJTIMOIY FIKR -yuz berayotgan vaziyatlar, voqealar va xatti–harakatlarning jamiyat a’zolari tomonidan ma’qullanishi yoki ma’qullanmasligi
GLOSSARIY “O’simlik ruhi” – milliy ma’naviyatimiz an’analarida ruhshunoslik ilmiga oid timsol-tushuncha, barcha biologik mavjudotlar (nabotot, ya’ni o’simliklar, hayvonot va insonlar) uchun umumiy bo’lgan oziqlanish va o’sish xususiyati, “quyi olamdan” (Azizuddin Nasafiyning “Zubdatul haqoyiq” risolasi asosida).
Axloq - “xulqning ko‘pligi”, ijtimoiy ong shakllaridan biri. Kishilarning tarixan tarkib topgan xulq-atvori, yurish-turishi, ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi o‘zaro, shuningdek, jamiyatga bo‘lgan munosabatlarini tartibga solib turuvchi barqaror, muayan norma va qarashlar yig’indisi.
Baqo – abadiylik, azaliy va abadiy qudrat, mutlaq Haqiqat, inson ma’naviy kamolotining nihoiy maqsadi.
Borliq haqiqati – (Istina Bыtiya) mavjud borliqning asl mohiyati, inson zoti hechqachon oxirigacha anglab yeta olmaydigan, ammo cheksiz ravishda turli yo’llar bilan anglab yetishga intiladigan mutlaq haqiqat. Har bir inson Borliq haqiqati haqida muayyan tasavvurga ega bo’lib, ushbu tasavvuri umri bo’yi takomillashib borishi, ba’zan hatto keskin o’zgarib ketishi ham mumkin.
Dunyoviy maqsadlar – biz yashab turgan moddiy dunyoga oid (o’tkinchi) maqsadlar
Fano – o’tkinchi, muvaqqat holat, insonning moddiy olamdagi holati.
Ibrat - milliy ma’naviyatimizga xos ma’rifat yo’llaridan biri, el-yurt ehtiromiga sazovor ulug’ bir insonning yashash tarzi, e’tiborga loyiq xatti harakatlaridan namuna olib, hayotda ularga rioya qilish. Jumladan, islom ma’naviyatida payg’ambarimiz Muhammad(sav) ibratlari yetakchi ahamiyatga egadir. SHu bilan birga ibrat ma’rifatini ko’r-ko’rona taqliddan farq qilish juda muhim.
Ilm – shaxs ma’naviyatining muhim tarkibiy jihati va milliy ma’naviyatimizga xos ma’rifat yo’llaridan biri, Borliq haqiqatini anglab yetishda bilimga, aql va tafakkurga tayanish. Ilm nuri bilan yorishmagan e’tiqod “taqlidiy imon” hisoblanadi va takabburlik bilan birlashsa aqidaparastlikka olib boradi.
Imon – shaxs ma’naviyatining muhim tarkibiy jihati, o’zi anglab yetgan va to’g’ri deb bilgan Borliq haqiqatiga samimiy e’tiqod. Imon-e’tiqod ma’naviyatning o’zak tomiri bo’lib, shaxs ma’naviyati imondan boshlanadi.Xalqimiz tilida “imonsiz” degan so’z eng og’ir haqorat sanalishi bejiz emas.