IV guruh kationlari (Al3 , Cr (III, V), Zn2 , Sn(II, IV)) ning analitik reaksiyalar
8. Ishqoriy muhitda AsO33- ni qaytarish vaqtida xlorid kislota 30 % li NaOH bilan magniy esa alyuminiy yoki rux kukuni bilan almashtiriladi. Bunda tigelda quyidagi reaksiya sodir bo'ladi:
AsO33- + 3OH-+ 3Zn= AsH3↑+ 3ZnO22- Ishqoriy muhitda AsO43- ioni qaytarilmaydi, shu bois u oldin sulfat kislota ishtirokida kaliy yodid ta'siridan AsO33- gacha qaytarilgan va yod uchirib yuborilgan bo'lishi kerak. Ishqoriy muhitda surma SbH3 gacha qaytarilmaganligi uchun reaksiyaga surma xalaqit bermaydi.
9. Mishyak (HI) va mishyak (V) ni erkin holatgacha qaytarish uchun konsentrlangan xlorid kislotali eritmadagi SnCl2 dan foydalaniladi:
2As3+ + 3Sn2+=2As + 3Sn4+ Bu reaksiya mishyakni boshqa ionlar ishtirokida topishga imkon beradi.
Reaksiyani bajarishda mikrotigelga tekshiriladigan eritmadan 1-2 tomchi, 2 tomchidan ammiak, vodorod peroksid (AsO33 ni AsO43 gacha oksidlash uchun) va magniy xlorid eritmalaridan tomiziladi. Natijada MgNH4AsO4 cho'kma hosil bo'ladi. Eritma qurigunga qadar sekin bug'latilgandan so'ng, qoldiq ishtiroki gumon qilinadigan HgCl2 ni uchirib yuborish uchun qattiq qizdiriladi. Qizdirish natijasida MgNH4AsO4 cho'kma uchmaydigan Mg2As2O7 ga aylanadi. Quruq qoldiq sovigandan keyin unga bir necha tomchi konsentrlangan HC1 eritmasidagi SnCl2solinadi va ozroq qizdiriladi, eritma qo'ng'irlashib, qora rangli As cho'kma hosil bo'ladi.
Nazorat savollari:
1. Kationlarning xususiy reaksiyalarini bajarishda ularning qanday xossalariga e’tibor berish kerak?
2. A1O2-, . CrO42--, ZnO22-, SnO.32- , AsO43- anionlarini kationga qaytarish uchun qaysi
reaksiyalardan foydalanilanish kerak?
3.Guruh reagenti qanday hollarda ishlatiladi?