4.6. Qalay (IV) kationining reaksiyalari 1. Ishqorlar va ammiak qalay (IV) ioni bilan ta'sirlashib, kislotalar va mo'l ishqorda eriydigan oq rangli ortostannat kislota ivig'ini hosil qiladi:
[SnCl]2- + 4OH-→H4SnO4↓+ 6C1- H4SnO4 + 6HC1→H2[SnCl6]+4H2O
H4SnO4 + 2NaOH→Na2SnO3 + 3H7O
Reaksiyani bajarishdaqalay (IV) xlorid eritmasining 1-2 tomchisiga 2-3 tomchi ishqor yoki ammiak eritmasi tomiziladi.
2. Sn4+ ni Sn2+ gacha qaytarish uchun Fe dan foydalanish mumkin. Mg, Al singari metallar kislota kam bo'lganda, qalay (IV) ni metali holigacha qaytarishi mumkin. Shuning uchun uni temir yordamida qaytarish qulay.
Fe + [SnCl]2-→Fe2+ + Sn2+ +6C1- Qaytarish magniy yoki alyuminiy ta'sirida bajarilganda kulrang qalay metali hosil bo'lgan bo'lsa, cho'kmaga bir necha tomchi konsentrlangan HC1 ta'sir ettirib, cho'kmani eritish mumkin:
Sn + 2HCl→SnCl2+H2↑
Qalay (IV) ionini qalay (II) gacha qaytarib topish qulay.
3. Sn4+ va Sn2+ ni SnH4 gacha qaytarishda soat oynasiga 2-3 tomchi tekshiriladigan eritma va bir necha tomchi konsentrlangan HC1 tomiziladi va hosil bo'lgan aralashmaga bir parcha rux metali tashlanadi. Qisqich bilan mikrotigelni qisib, uning tubi hosil qilingan eritmaga botirilib, biroz ushlab turiladi va so'ngra darhol gorelkaning alangasiga tutilsa, alanga ko'kish rangga bo'yaladi. Bu rang SnH4 ning yonishiga mos keladi.
6.7. Mishyak (III) kationining reaksiyalari As3+ ioni eritmalarda ko'pincha AsO2 anioni shaklida uchraydi. Eritmaga kislota ta'sir ettirilsa, As3+ kationi hosil bo'ladi. As5+ionini esa faqat AsO43- hosil qiladi va uning suvli eritmasi rangsiz bo'ladi.