Ix-xii asrlarda O‘rta Osiyoda tabiiy-ilmiy va falsafiy fikrlar rivojining muhim ijtimoiy- tarixiy, ilmiy-madaniy, diniy-ma’naviy omillari Reja



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix27.11.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#70821
  1   2
2-mavzu maruza



IX-XII asrlarda O‘rta Osiyoda tabiiy-ilmiy va falsafiy fikrlar rivojining 
muhim ijtimoiy- tarixiy, ilmiy-madaniy, diniy-ma’naviy omillari 
Reja: 
1. Islomning Markaziy Osiyoga kirib kelishi va rivoji. 
2. An’anaviy ilmlar taraqqiyoti. 
3. Islomiy ilmlar rivoji. 
4. Mu’tazila ta’limoti. 
5. Kalom ilmining vujudga kelishi. 
6. Moturidiya maktabi. 
 
Tayanch tushunchalar: 
Islom, Muhammad (s.a.v.) Movarounnahr, Qur’oni Karim, hadislar, diniy dunyoqarash, 
kalom, fiqh, Imom al-Buxoriy, Hakim at-Termiziy, Abu Iso at-Termiziy, Abu Mansur al-Moturidiy, 
Abu Mu’in an-Nasafiy, Qaffol Shoshiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Jamoliddin Ahmad al-Kosoniy, 
«qadimgi yoki an’anaviy ilmlar», «arab ilmlari». 
Kalom, mutakallim, aqli dalil, naqliy dalil, qazo va qadar, xavorijiylar, qadariylar, 
jabariylar, murjiylar, mu’taziliylar, Hasan al-Basriy (642-728), Vosil ibn Ato (vaf. 748), Abul-
Hasan al-Ash’ariy, Abu Mansur al-Moturidiy, «Kitob at-Tavhid», iroda erkinligi, qadim bilish, 
hadis bilish.
 
Jahon tarixida ulkan iz qoldirgan davlatlardan biri bu arab xalifaligidir. Arab xalifaligi 
davri O‘rta Osiyo, Eron, Afg‘oniston, Yaqin va O‘rta Sharq, shimoliy Hindiston, Pireneya yarim 
oroli va shimoliy Afrika xalqlarining ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotida o‘ziga xos 
yuksalish davrini belgilab berdi. Arab istilochilari xususida shubhasiz yeng asosiy ma’lumotlarni 
arab, musulmon mualliflari berib o‘tganlar. Islom dinining vatani Arabiston yarim orolidir. 
Arablar semit qabilalari guruhiga mansub bo‘lib, asosan ko‘chmanchi, chorvachilik bilan hayot 
kechirgan.
IX-XII asrlarda islom dini O‘rta Osiyo xalqlari davlatchiligi tarixida, juda katta ahamiyat 
kasb yeta boshladi. O‘sha davrda Movarounnahrda, arab xalifaligidan mustaqil bo‘lgan 
davlatlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi yuzaga kelgan. Bu vaqtga kelib, Sharqda islom dini 
keng tarqalib jahon dini darajasiga ko‘tariladi va musulmon dunyosining mafkurasiga aylanadi. 
O‘rta Osiyoda Islom madaniyatini targ‘ib qilgan arab qabilalari tomonidan, mamlakatlarda yangi 
arab rivojlanishi vujudga kelgan. Yangi arab mamlakatlarining, rivojlanishida Islom dinining 
o‘rni juda katta bo‘lgan. G‘arbiy Osiyoning qadimgi yuksak madaniyatli o‘lkalariga kelgan arablar 
dastlab Yunonlar, Yaxudiylar, Suriyaliklar va Forslarga nisbatan qoloq bo‘lgan, lekin bu xalqlar 
madaniyatini o‘zlarida singdirib yanada yuksakroq madaniyatni yaratishga harakat qilganlar
1

Xususan xalifa Xorun ar-Rashid saroyida IX¬asrda “Bayt ul-hikma” “donishmandlik uyi” 
tashkil yetilgan. Shundan so‘ng matematika, astranomiya, geografiya kabi aniq fanlar o‘z 
taraqqiyotiga erisha boshlagan. Bu jarayon yesa hunarmandchilik va savdoning yuksalishiga sabab 
bo‘lgan.
Arab xalifaligi mamlakatlarida IX-X asrlarda adabiyot va san’at yuksak cho‘qqilarga 
ko‘tariladi. Adabiyot sohasida ko‘plab shoir va yozuvchilar samarali ijod qilib o‘z o‘rniga yega 
1
Қаранг:Adamson Peter. Philosophy in the Islamic World: A Very Short Introduction. Oxford University Press, 
New York,2015.Р.9. 


bo‘lganlar. Savdogar va sayyohlar uzoq o‘lkalardan faqat g‘aroyib buyumlarnigina yemas, ajoyib 
sarguzashtlar, hikoyalar, o‘zga xalqlar afsonalarini ham olib kelganlar. Bular haqida yesa xalifa 
saroyida, zodagonlar bazmlarida so‘zlab berganlar. Ushbu sarguzashtlar, afsona va yertaklar 
asosida arab adabiyotining ajoyib durdonasi “Ming bir kecha” asari yaratilgan. Arab xalifaligida 
san’atning barcha sohalariga nisbatan me’morchilik yuksak taraqqiy yetgan. Arab mamlakatlarida 
me’morchilikning yuksak namunalari, muhtasham saroylar, masjid-u madrasalar va qal’alar 
me’morlar tomonidan bunyod yetilgan. 
Avvalo, Arab xalifaligida nisbatan tinch, osoyishta hayot ta’minlangan. Bu yesa xo‘jalik 
(dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq)ning yanada yuksalishiga imkon 
bergan. Bu omil o‘z navbatida madaniyatning taraqqiy yetishiga shart-sharoit yaratgan. 
Ikkinchidan, istilo natijasida xalifalikka birlashtirilgan turli o‘lka xalqlari (Suriya, Misr, 
Yeron, O‘rta Osiyo, Kavkazorti, Shimoliy Hindiston)ning ilg‘or madaniyati imkon qadar bir-birini 
boyitdi. Bu o‘rinda yagona davlat tili - arab tilining ilm-fan tiliga aylanganligi katta ro‘l o‘ynagan. 
Buyuk allomalar qaysi xalq vakillari bo‘lmasin, arab tilida ijod qilganlar. Bu omil xalifalik 
tarkibidagi turli xalqlarga bir-birining madaniyati yutuqlaridan foydalanishga imkon yaratgan. 
Binobarin, xalifalik madaniyatini faqat arablar yemas, xalifalik tarkibiga kirgan barcha xalqlar 
yaratganlar. 
Uchinchidan, arablar ham o‘zlari istilo yetgan o‘lka xalqlarining ilg‘or madaniyati 
durdonalarini qunt bilan o‘rganganlar. 
To‘rtinchidan, Mansur, Horun ar-Rashid, Ma’mun kabi abbosiy xalifalar ilm-fan, 
madaniyat rivojiga homiylik qilganlar. Bu omillar, shubhasiz, madaniyatning yuksak darajada 
taraqqiy yetishini ta’minlagan. 
Arab xalifaligi mamlakatlari madaniyatida san’at, ayniqsa, me’morchilik san’ati alohida 
o‘rin tutgan. Go‘zallikda tengi yo‘q hukmdorlar saroylari soya-salqin, yam-yashil bog‘lar ichida 
bunyod yetilgan. Ularda favvoralar mavjud bo‘lgan. 
Shahar me’morchiligi ham juda rivojlangan. Shahar ko‘chalariga tosh yotqizilgan. 
Ko‘chalar chiroqlar bilan yoritilgan. Masjidlar shahar ko‘rkiga-ko‘rk qo‘shgan. Masalan, VIII - 
IX asrlarda Qurdobada bunyod yetilgan masjidga 600 dan ortiq marmar ustun ishlatilgan. Ustunlar 
nihoyatda nafis bo‘lib, ular masjidga ulug‘vorlik baxsh yetgan. Qohira shahridagi Hasan masjidi 
tepasiga qurilgan balandligi 55 metrli gumbaz ham kishilarni hayratga solgan. Arab quruvchilari 
ajoyib saroylar, maqbaralar va qal’alar qurishlari bilan shuhrat qozonganlar. Amirning 
Ispaniyaning Granada shahridagi Al-Humro saroyi butun dunyoga mashhur. Halifalikning har bir 
shahrida albatta masjidlar bunyod yetilgan. Masjidda namoz o‘qishdan tashqari, shuningdek, 
shariyat sudining majlislari o‘tkazilgan, kambag‘allar uchun to‘plangan pullar saqlangan, bu yerga 
butun tevarak-atrofdagi musulmonlar kelishgan. Aynan shu tufayli masjid qurilishiga katta 
ye’tibor berilgan. Masjidning asosiy binosi – hovliga qaratib qurilgan to‘rtburchakli zal. Hovli 
ustunli ayvonlar bilan o‘ralgan, u yerda musulmonlar quyoshdan saqlanganlar. Hovli o‘rtasida 
namoz boshlanguncha tahorat olish uchun hovuz Joylashgan. Ba’zan hovli tepasi gumbaz bilan 
yopilgan. Masjid yonida albatta minora bo‘lgan. Ammo masjidning yeng muhim va mo‘tabar 
qismi mehrob edi. Bu masjidning Makkaga qaratilgan devoriga ishlangan mahsus tokcha bo‘lgan. 
Namoz paytida musulmonlar yuzlarini mehrobga qaratishadi. O‘zining hashamati, boy naqshlari 
bilan bir necha masjidlar musulmonlar orasida shuhrat qozongan. Ularning orasida Fustatdagi VII 
asrda qurilgan Amir masjidi, Kufadagi Jome masjid, Makkadan so‘ng o‘z ahamiyati jixatidan 
musulmonlarning ikkinchi muqaddas sajdagohi hisoblangan Quddusdagi Al-Aqso masjidi va 
Damashqdagi mashhur “Qoya gumbazi” ibodatxonasini aytish mumkin. Islom odamlar va 
hayvonlar tasvirini tushirishni qoralagan. 
Ilm-fan taraqqiyoti yo‘lida arablar qadimgi yunon Ulamolarining asarlarini qunt bilan 
o‘rganganlar. Ulardan yeng muhimlari arab tiliga tarjima qilingan. Bular: Aristotel, Arximed, 


Gippokrat, Ptolomey, Yevklid kabi allomalarning asarlari edi. Bu asarlarning arab tilidagi 
nusxalari lotin tiliga qayta tarjima qilingan. Yevropa olimlari shu tarjimalar orqali bu asarlardan 
bahramand bo‘lganlar
2

Yirik shaharlar ilm-fan markaziga aylangan. Bag‘dod, Qurdoba, Qohira kabi shaharlarda 
yirik oliy o‘quv yurtlari - madrasalar ochilgan. Ularda diniy bilimlar qatori dunyoviy ilmlar ham 
o‘qitilgan. Minglab kitob xazinasiga yega bo‘lgan kutubxonalar qurilgan. 
Xalifa Horun ar-Rashid (786-809) Bag‘dod shahrida ilm-fan markazi bunyod yettirdi. Bu 
markaz “Bayt ul-hikmat” deb ataldi. Xalifa Ma’mun (813-833) ,,Bayt ul-hikmat"ning har 
tomonlama mustahkamlanishiga katta hissa qo‘shgan. Bag‘dod, Damashq kabi shaharlarda katta-
katta rasadxonalar bunyod yetilgan. 
Xalifalik xalqlari madaniyati Yevropaga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Bu o‘rinda arablarning 
Pireney yarim oroli (hozirgi Ispaniya)da tashkil yetgan Qurdoba xalifaligi alohida o‘rin tutgan. 
Qurdoba shahrida 27 ta oliy o‘quv yurti (madrasa) ochilgan edi. Bu o‘quv yurtlarida mashhur 
olimlar, shu jumladan, musulmon bo‘lmagan olimlar ham dars berishgan. o‘quv yurtlarida 
arablardan tashqari Yevropaning turli mamlakatlaridan kelgan talabalar ham saboq olishgan. 
Aniq fanlarning yuksak taraqqiyoti bu davr mamlakatlari madaniyatining o‘ziga xos 
xususiyatidir. Bu fanlar ravnaqiga yeng ko‘p hissani buyuk bobolarimiz qo‘shganlar. Ular orasida 
Muhammad 
Al – Xorazmiy va Ahmad Al - Farg‘oniy alohida o‘rin tutadi . Al-Xorazmiy algebra 
fanining asoschisidir. Xalifa Horun ar-Rashid uni Bag‘dodga taklif yetgan. Keyinchalik u ,,Bayt 
ul-hikmat"ga rahbarlik ham qilgan. Al-Xorazmiy hindlarning o‘nlik raqam tizimini 
mukammallashtirgan. Buning natijasida har qanday sonni ham o‘nlik sanoq tizimiga kiruvchi 
raqamlar bilan ifodalash mumkin bo‘lgan. Bu hodisa o‘sha davr uchun buyuk kashfiyot edi. Uning 
nomi algoritm tushunchasiga aylandi va tarixda abadiy qoldi.
VIII – X a.larda Arab halifaligining ulkan hududida arab tili muloqot tili bo‘lgan. Bu tilda 
Qur’on yozilgan. Shuning uchun o‘sha davrdagi barcha olimlar va faylasuflar o‘z asarlarini arab 
tilida yozishgan, qadimgi davrning yeng muhim asarlarini arab tiliga tarjima qilishgan, 
maktablarda arab tili o‘qitilgan. Arab tilini “Sharqning lotin tili” deb atashgan, uning keng 
tarqalishi yesa shunga olib keldiki arablarning yagona davlati tarkibiga kirgan barcha mamlakatlar 
madaniyatini ham arab yoki musulmon madaniyati deb atay boshlashgan.
Arab halifaligi yuksak qadimiy madaniyatga yega bo‘lgan ko‘plab mamlakatlardan iborat 
edi. Ushbu yerlar bo‘ysundirilgan bo‘lishiga qaramay, bu o‘lkalarning madaniyatlari rivojlanishda 
davom yetgan. Albatta, bu madaniyatlar xalifalik tarkibidagi boshqa mamlakatlar va halqlarning 
madaniyati bilan aralashib ketgan va ular bir-birlariga ta’sir qilishgan. 
Shunday qilib, arab madaniyati bosib olingan xalqlar va davlatlar: forslar, sur’oniylar, 
yahudiylar, O‘rta Osiyo halqlarining madaniy yutuqlaridan ko‘pini o‘ziga singdirgan. Arablar 
yellinistik rim madaniyati merosidan ham keng foydalanishgan. Chunonchi, arablar forslar orqali 
hindlarning matematika va astronomiya sohasidagi yutuqlari bilan tanishganlar. Ular hindlar 
raqamlarni olishgan, yevropaliklar ularni arab raqamlari deb ataganlar
3
.
Harbiy yurishlarda hitoyliklar bilan to‘qnash kelgan arablar kompasdan foydalanish 
qulayligini tez anglab olganlar va uni faol suratda amaliyotda qo‘llay boshlaganlar. Arab 
madaniyatining yeng ravnaq topgan davri VIII – XI asrlarga to‘g‘ri keladi. Bu davrda qadimgi 
arab sheyriyatining ko‘p asarlari yaratilgan. Aynan shu asarlar, shuningdek Qur’on klassik 
(mumtoz) arab tilini yaratishda asos bo‘lib hizmat qilgan VII – VIII a.lardagi arab she’riyati ko‘p 
2
Қаранг: Majid Fakhry. A History of Islamic philosophy. New York. 2004.Р.10. 
3
Қаранг: Majid Fakhry. A History of Islamic philosophy. New York. 2004.Р.15 


jixatdan yeski an’analarni davom yettirgan. Shoirlar jangchilar jasorati, sevgi, hursandchilikni 
tarannum yetishgan.
Proza (nasr)da huddi yevropaliklar kabi arablarda ham sarguzasht hikoyalar keng 
tarqalgan. Aynan ularning mazmuni asosida X–XI a.larda mashxur “Ming bir kecha” ertaklari 
to‘plami shakllangan. Odatda arab yertaklari deb hisoblanuvchi bu yertaklar orasida aslida fors va 
hind hamda yunon ertaklari ham saqlangan. Shu tariqa arablar o‘zlari hohlamagan holda ko‘p 
halqlarning ma’naviy hazinasini asrab bizning kunlargacha yetkazib kelganlar.
VIII asr o‘rtasidan boshlab halifalar kutubhonasi uchun falsafa, matematika, medisina, 
astronomiyaga oid asarlar yunon, sur’oniy va fors tillaridan arab tiliga o‘girilgan. Bag‘dodda 
Horun ar-Rashid davrida olimlar va tarjimonlar uchun mahsus “Bayt ul hikmat” (“Donishmandilk 
uyi”) qurilgan, unda olimlar uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan, ular kundalik ovqatni 
o‘ylamay ijod qilardilar.
Halifalikning har bir yirik shahrida IX asrda barcha uchun mo‘ljallangan ommaviy 
kutubhona faoliyat yuritgan. Aristotel, Platon. Pifagor, Yevklid, Arhimedlarning asarlari arablarga 
yaxshi tanish bo‘lgan. Aynan arab matematiklari, avvalambor. Al-Horazmiy ajoyib algebra fanini 
yaratishgan. Uning nomi arabcha “al jabr”, ya’ni hisobdan olingan. Bag‘dod va Damashqda 
mahsus qurilgan rasadxonalarda buyuk matematiklar bilan birga, ulardan qolishmaydigan iqtidorli 
astronomlar ham ishlaganlar. Ular Yer atrofini hisoblab chiqishgan, osmondagi yulduzlar holatini 
ba’yon yetishgan. O‘sha davrning yeng buyuk allomalaridan biri al-Beruniy edi. U geografiya, 
tarix, astronomiya va hatto she’r tuzish san’atiga doir ham asarlar yozgan. Musulmon olimlari 
ichidagi boshqa bir mashhur shaxs buyuk Ibn Sino bo‘lgan. U shunchalik shuhrat qozongan ediki, 
hatto yevropaliklar uning ismini hurmat yextirom bilan o‘zlariga moslab Avisenna deb atashgan. 
Faylasuf, astronom, geograf, shoir, vrach bo‘lgan Ibn Sino o‘zidan 100 dan ortiq ilmiy asar 
qoldirgan. “Shifo kitobi” va “Tib qonunlari” asarlarida u dunyoda birinchi bo‘lib ko‘p 
kasalliklarning alomati va ularni davolash usullarini ba’yon qilgan. Zamondoshlari Ibn Sinoni 
hurmat bilan “Olimlar boshlig‘i” deb atashgan. Arablarning sevimli iborasi quyidagicha edi: 
“Kimki ilm izlab yo‘lga tushar yekan, uning oldida jannat darvozalari ochiladi”. Shuning uchun 
arablar o‘rtasida ko‘plab iqtidorli geograflar va sayohatchilar bo‘lgan. Arab olimlari nafaqat 
boshqa mualliflar tomonidan tuzilgan mamlakatlar ba’yonini o‘rganishar, balki o‘zlari ham 
yekspeditsiyalarga yo‘l olganlar. Hayotlarini havf ostiga qo‘ygan holda ular uzoq yerlarga sayohat 
qilardilar. Arablar nafaqat bosib olingan hududlar tasnifini tuzishgan, balki ularga dushman 
bo‘lgan mamlakatlarning yerlarini ham batafsil ba’yon qilishgan. 
Ko‘p asrlardan so‘ng Yevropa olami halifalar kutubxonasida Amerika kashf yetilishidan 
deyarli V asr muqaddam va Antarktidaning ochilishidan 10 asr avval, ushbu qit’alarning 
qirg‘oqlari qiyofasi tushirilgan xaritalar saqlanganligini bilib hayratga tushgan. Ammo arab 
halifalarisaroyida barcha fanlar ichida alohida ye’zozlanadigan fan tarix edi. 
Darhaqiqat bu fan arablarda islom bilan barobar dunyoga kelgan, chunki aynan u 
Muhammad payg‘ambar va uning ishlari haqidagi hadislarni, dastlabki halifalar va ularning 
futuhotlari haqidagi ma’lumotlarni saqlab kelgan. Islom tarixi, shuningdek o‘z urug‘i tarixini 
bilmaslik musulmonlarda yeng katta gunoh sanalgan. Halifalar va oliy amaldorlar olimlar va 
ularning asrlariga homiylik ko‘rsatishgan. Har bir oliy martaba yegasi o‘z atrofida iloji boricha 
ko‘proq buyuk olimlar, shoirlar va Qur’on bilimdonlari bo‘lishini istagan.
Amaldor saroyida o‘z ilmi bilan mashhur bo‘lgan kishilar qancha ko‘p bo‘lsa, uning 
obro‘si shunchalik baland bo‘lgan. Hukmdorlarning ilm-fan va olimlarga bo‘lgan muhabbatini 
tushunish oson edi; Qur’onda har bir musulmon uchun ilm olish farz yekanligi aytilgan. Shuning 
uchun nafaqat amaldorlar va hokimlar, balki payg‘ambarning har bir ummati, agar u davlatda biron 
bir lavozimni yegallashni istasa albatta u ma’lumotli bo‘lishi lozim edi.


Islomning rivojlanishiga Movarounnahrda yetishib chiqqan allomalar katta hissa qo‘shdi. 
Imom Buxoriy kitob holiga keltirgan hadislar to‘plami — "Al-Jomi’ as-Sahih" Islom dinida Qur’-
oni karimdan keyingi ikkinchi manba hisoblanadi. Buxoriy va uning safdoshlari Islom 
ilohiyotining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha muhim tadqiqotlar qildilar
4
. Jumladan, Islom 
nazariyotchiligida yuqori baholanadigan "Ilal ashshariat va Xatm ul-Asliyot" risolasini ta’lif 
yetgan Hakim Termiziy, Islom huquqshunosligini o‘rganishning asosiy qo‘llanmasi hisoblangan 
"Hidoya"ning muallifi Burhoniddin Marg‘inoniy, Islom aqidasi asoslarini muayyan tartibga 
solgan, kalom ilmida maktab yaratgan Imom Moturidiy buyuk faqih Abu Lays Samarqandiy, 
musulmon dunyosining yeng ye’zozli muxaddislaridan Iso Termiziy, qomusiy ilmlar sohibi, 
xususan, tafsir, hadis, shariat qonunshunosligida salmoqli asarlar bitgan Zamaxshariy, tasavvufda 
o‘ziga xos iz qoldirgan Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Mahdumi A’zam, Najmiddin 
Kubro, So‘fi Olloyor, Xo‘ja Ahror, Abduxoliq G‘ijduvoniy va boshqalarni misol qilib keltirish 
mumkin. Ular musulmon e’tiqodini xalq dunyoqarashi bilan uyg‘unlashtirganliklari tufayli O‘rta 
Osiyoda madaniy hayotning adabiyot, me’morlik, musiqa kabi sohalarida taraqqiyot yuzaga keldi. 
Islom dini musulmon mamlakatlari san’atida o‘z izini qoldirdi
5

Me’morlik sohasida bu jarayon yangi imorat turlari (masjid, minora, xonaqoh, Madrasa 
va boshqalar.)ning paydo bo‘lishiga hamda keng tarqalishiga sabab bo‘ldi. Islom dini paydo 
bo‘lgan davrda avj olgan butparastlik, suratparastlikni oldini olish maqsadida Muhammad (sav) 
suratkashlikni qattiq taqiqlab qo‘ygan edi. Shu asosda Islomning yirik mutafakkir huquqshunoslari 
ham tasviriy san’atning bu turini taqiqlangan ishlar qatoriga qo‘shganlar. Bundan ular amaliy 
san’at turlari, naqsh, bezak, insondan boshqa hayvon va o‘simliklar suratini istisno qilishgan.
Islomda inson suratini chizish yoki uning haykalini yasashning taqiqlanishiga asosiy sabab 
— payg‘ambar va aziz-avliyolarning rasmlarini chizib yoki haykallarini yasab, ularga sig‘inib 
ketish xavfining mavjudligi bo‘lgan. XV asrga kelib Alisher Navoiy kabi taraqqiyparvar olim va 
mutafakkirlar musulmonlar qalbida Allohga bo‘lgan imon va ye’tiqod mustahkamlanib, 
suratparastlikka mutlaqo moyillik qolmaganini ye’tiborga olib, yendilikda inson suratini chizishga 
ruxsat berishlikni lozim deb topganlar. Natijada Behzod, Maxmud Muzahhibga o‘xshash 
miniatyura san’atini rivojlantirgan yetuk musavvirlar yetishib chiqqan, Hirot miniatyura maktabi
Buxoro miniatyura maktabi kabilar rivojlangan. XX-XXI asrlarga kelib, Islom dunyosi 
ulamolarining bu san’atga munosabatlariga yana bir karra aniklik kiritildi: ilohiylashtirish va 
odamlarning sig‘inishi maqsadida inson rasmini chizish mumkin yemasligi ye’tirof yetildi. 
Ammo, fotosuratlar, shuningdek, yosh bolalar uchun yasalgan odam shaklidagi qo‘g‘irchoklar 
taqiq doira-siga kirmaydi. Ulamolarning bergan fatvolariga ko‘ra, musulmonlarga fahsh va uyat 
narsalarni ifoda yetuvchi rasmlar, but, sanam va ikona tasviridan boshqa tasviriy san’at turlari 
taqiqlanmaydi.
Islomning musiqaga munosabati haqida Diniy musiqa maqolasiga yega. Musulmon Sharqi 
VIII-XI asrlarda taraqqiyotda G‘arbdan oldinda edi: g‘arb olimlari musulmon faylasuflari va 
tabiblaridan saboqolishgan; g‘arb savdogari Islom dunyosidagi savdoning ko‘lamiga havas bilan 
qaragan; sharq tovarlari g‘arbda zebi-ziynat mollari hisoblangan. Sharq shaharlarining boyligi va 
hashamati g‘arb uchun afsonadek tuyulgan. Bularning barchasida asosiy mafkura vazifasini 
bajargan Islomning ijobiy xizmati buyuk, albatta. 
Ammo XII-XIII asrlardan keyin musulmon dunyosi dastlab turg‘unlik, so‘ng tanazzulga 
yuz tuta boshladi. Ba’zilar konservativ (qotib qolgan) din sifatida Islom taraqqiyotga to‘siq bo‘ldi, 
deya unga katta ayb qo‘ymoqchi bo‘ladilar. Aslida so‘nggi o‘rta asrlarda yuz bergan musulmon 
4
Қаранг:Adamson Peter. Philosophy in the Islamic World: A Very Short Introduction. Oxford University Press, 
New York,2015.Р.110. 
5
Қаранг:Adamson Peter. Philosophy in the Islamic World: A Very Short Introduction. Oxford University Press, 
New York,2015.Р.81. 


dunyosining tushkunligi juda mu-rakkab ijtimoiy-iqtisodiy omillar bilan bog‘liq bo‘lib, o‘sha 
davrdagi Islomning o‘zi ana shu tushkunlikning muayyan shaklidagi ifodasi edi. "Islom 
islohotchiligi" deb ataydilar, u xristian reformatsiyasidan tubdan farq qiladi. Bu tafovut, 
birinchidan, shundan iboratki, mazkur jarayonlar turli davrlarda, turlicha muayyan tarixiy 
sharoitlarda ro‘y berdi. Ikkinchidan, "Islom islohotchiligi" dunyoviy hayotning turli jihatlarini 
diniy nuqtai nazardan qayta baholashda namoyon bo‘ldi va sof ilohiyotga doir masalalarga u qadar 
daxli bo‘lmadi. Uchinchidan, Islomda xristianlarnikiga o‘xshash cherkov bilan ruhoniylarni 
bog‘lab turuvchi tizim bo‘lmaganidan Islomdagi islohotlar xususiyatiga jiddiy ta’sir qildi.
Musulmonlarda savodhonlik va arifmetikadan saboq beruvchi boshlang‘ich maktablar 
hususiy edi. Haq to‘lay olganlar o‘qituvchilar bilan uyda shug‘ullanganlar. Agar kishi olgan 
ta’limini davom yettirishni istasa madrasa – oliy musulmon maktabiga kirishi lozim bo‘lgan. Bu 
yerda yeng mashhur imomlar dars berishgan. Ular ma’ruza qilganlar va Qur’on, Sunna va shariat 
haqida suhbat o‘tkazganlar. Bu yerda shuningdek yuksak me’morchilik san’atidan ham ta’lim 
berilgan. Shuning uchun hajkaltaroshlik, va rassomlik halifalikning dastlabki asrlarida deyarli 
rivojlanmagan. Keyinchalik kitoblarga miniatyuralar chiza boshlashgan, unda halq hayotidan 
manzaralar, tarixiy voqealar va badIIy asarlar qahramonlari aks yettirilgan. Tabiatni tasvirlash 
imkoniga yega bo‘lmagan musulmon rassomlari o‘zlarining butun mahoratlarini husnihat san’ati 
taraqqiyotiga bag‘ishlaganlar. Arab madaniyati va islom asivilizatsiyasi jaxon sivilizatsiyasi 
taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan. Arablar tomonidan ochilgan ko‘plab ilmiy kashfiyotlar 
haligacha o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmagan va amaliyotda qo‘llanib kelinadi. Masalan, butun 
jaxon hozirgi paytda arablar tomonidan VII asrdayoq yaratilgan arab raqamlaridan foydalanib 
kelmoqda
6

Jahon madaniyati taraqqiyoti tarixida Sharqiy Arabiston xalqlari san’atining xam muhim 
o‘rni bor. Xalifalikning (Suriya, Misr, Falastin, Shimoliy Afrika, Eron, O‘rta Osiyo, Janubiy 
Ispaniya) ko‘pgina shaxarlarida rivojlangan O‘rta asr arab madaniyati insoniyatning progressiv 
rivojlanishida yangi bir bosqichbo‘ldi. 
Sharqiy Arabiston xalqlarining asosiy xizmati shunda bo‘ldiki, ular keyingi avlodlarga 
antik grek-rim madaniyatining ko‘pgina yutuqlarini saqlab qolib, uni rivojlantirgan xolda yetkazib 
keldilar. 
IX-XIII asrlar davomida Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari, Yeron, Ozarbayjon va O‘rta 
Osiyo xalqdari bir-biri bilan uzviy aloqada bo‘lib kelganlar. Bag‘dod, Sheroz, Tabriz, Samarqand 
kabi shaxarlar madaniyati va taraqqiyotning markazi bo‘lib, o‘zlarining ko‘zga ko‘ringan olimlari, 
shoirlari, xamda fan va madaniyat o‘chokdari bilan butu
7
n dunyoga tanilgan edilar. 
Tasviriy san’atning rivojlanishida tirik jonzotni tasvirlashni mann yetgan islom dini 
ma’lum darajada tusqinlik qiladi. Ammo bu qarshiliklar tasviriy san’atning umumiy taraqqiyotini 
buka olmaydi. I. dinining muhim xususiyatlaridan biri — uni qabul qilgan xalqlar vakillari uchun 
I. aqidalarini ishlab chiqishda ishtirok yetish imkoniyatini berganidadir. U o‘ziga xos 3 taraqqiyot 
bosqichi yoki davrni o‘tadi. Birinchisini, shartli ravishda, Qur’on davri deb atash mumkin. Qur’oni 
karimda o‘z aksini topgan Arabiston aholisining diniy ongi darajasini ifoda yetuvchi diniy-siyosiy 
va ijtimoiy qarashlar, huquqiy va axloqiy mezonlar butun musulmon olami uchun xrzirgacha shak-
shubhasiz umumiy qadriyat hisoblanadi. Deyarli 4 asr davom yetgan ikkinchi davr Islomda 
umumislomiy ahkomlar hukmronligi ostida turli fikrlar yo‘l qo‘yilgani b-n ajralib turadi. 
Islomdagi yo‘nalishlar, mazhablar va firqalar ana shu davrda paydo bo‘ldi. Musulmonlarning diniy 
birligi hal qilib bo‘lmaydigan muammo bo‘lib qoldi. 10—11-asrlarda an’anaga sodiq sunniylar 
6
Қаранг: 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin