Iymajm u a 1 Buxoro 2020


Konstitustiyaning asosiy prinstiplari



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə16/184
tarix02.01.2022
ölçüsü1,19 Mb.
#46036
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   184
мажмуа хукукий

Konstitustiyaning asosiy prinstiplari. O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasining birinchi bo’limida asosiy prinstiplar e’lon qilingan bo’lib, ular quyidagilardan iborat:

  1. Davlat suvereniteti

  2. Xalq hokimiyatchiligi

  3. Konstitustiya va qonunlarning ustunligi

  4. Tashqi siyosat.

1. Davlat suvereniteti tushunchasi va mohiyati

"Suverenitet" atamasi ilk bor Fransiyada (XVI) vujudga kelgan. Bu atama lotincha so’zidan kelib chiqqan bo’lib, aslida "eng oliy", "oliy hokimiyat" degan ma’noni anglatadi.

Suverenitet har qanday mustaqil davlatning umumiy va ajralmas belgisi bo’lib, uning to’la huquqliligini hamda ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatga qaram emasligini anglatadi.

Suveren davlat o’z ichki va tashqi ishlarini boshqa davlatlarning huquqlarini, shuningdek xalqaro huquq prinstiplari va normalarini buzmagan holda, o’zi xohlagancha hal qiladi.

Asosiy Qonunning 5-moddasida "O’zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o’z davlat ramzlari – bayrog`i, gerbi va madhiyasiga ega deb ko’rsatilgan.

Davlat ramzlari - bayroq, gerb madhiya O’zbekiston xalqining shon- sharafi, g`ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o’zida mujassamlashtiradi. Mana shu ramzlarni e’zozlash - o’zining qadr-qimmatini, o’z mamlakatiga va shaxsan o’ziga bo’lgan ishonchni mustahkamlash demakdir.

“O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog`i to’g`risida”gi Qonun 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan. "O’zbekistonning davlat bayrog`i mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo’lgan g`oyat qudratli saltanatlar bayrog`iga xos bo’lgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan holda respublikaning bugungi tabiatiga muvofiq keladigan xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy sohalardagi o’zligini ham aks ettiradi.

Bayroqdagi yarim oy - o’zbek xalqining ko’p asrlik an’analariga muvofiq keladi. Chunonchi, yarim oy va yulduzlar musaffo osmonning, tinchlikning ramzidir. O’n ikki raqami - qadimdan xalqlarimiz orasida mukammallik timsoli bo’lib kelgan. Shu boisdan ham bayrog`imizga o’n ikki yulduzning

tasviri tushiriladi. Davlat bayrog`i bizning ko’hna o’tmishimiz, bizning bugungi kunimiz va buyuk kelajagimizning ramzidir.

1992 yilning 2 iyulida O’zbekistonning davlat gerbi to’g`risidagi Qonun qabul qilingan.

1992 yilning 10 dekabrida O’zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi tasdiqlangan. Davlat madhiyasining she’rini Abdulla Oripov yozgan, musiqasini esa

2. Xalq hokimiyatchiligi va uni amalga oshirish shakllari

"Xalq hokimiyatchiligi" atamasi yunoncha "demokratiya" ("demokratia") so’zining aynan tarjimasi bo’lib, bu ibora ilk bor yunon shahar-davlatida paydo bo’lgan va keyinchalik butun dunyoga tarqalgan hamda siyosiy lug`atdan mustahkam o’rin olgan.

Demokratiya so’zi "demos" ("demos") xalq va "kratos" ("kratos") hokimiyat so’zlarining birikmasidan tuzilib, "xalq hokimiyatchiligi" deganidir.

O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasining "Xalq hokimiyatchiligi" deb nomlangan ikkinchi bobi davlatimizning demokratik tabiatini ifodalaydi va O’zbekistonni suveren demokratik respublika ekanligini tasdiqlaydi. "Xalq hokimiyatchiligi" prinstipi har qanday demokratik davlat Konstitustiyaviy tuzumining asosiy shartlaridan biridir.

O’zbekiston Konstitustiyasining 7-moddasida mamlakatimizdagi xalq hokimiyatchiligi prinstipi quyidagicha ochib berilgan:

“Xalq - davlat hokimiyatining birdan-bir manbai” ekanligi qayd etilgan.

Referendum so’zining lug`aviy ma’nosi lotincha “ma’lum qilinishi lozim bo’lgan narsa” deganidir, ya’ni davlatda hal qilinishi lozim bo’lgan muhim masalalar xalqqa ma’lum qilinadi va uning ovoz berishi orqali hal etiladi. O’zbekiston fuqarolari referendumda ixtiyoriy ravishda qatnashadilar. Referendumga qo’yiladigan masalalar xalq, jamiyat, davlat manfaatlaridan kelib chiqqanligi uchun unda fuqarolarning aksariyati doimo faol ishtirok etadi. Masalan, 2002 yil 27 yanvarda o’tkazilgan referendumda ikki palatali parlament va Prezident vakolati muddatini uzaytirish masalasi qo’yilibgan.

O’zbekistonda fuqarolarning barcha darajadagi hokimiyat tuzilmalariga yakka tartibda va jamoa bo’lib murojaat qilishlari huquqi ta’minlangan. Bu ham bevosita demokratiyaning, xususan, fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etishining shakllaridan biridir. Masalan, Konstitustiyaning 35-moddasiga binoan, har bir shaxs bevosita o’zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega.

Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko’rib chiqilishi shart.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning murojaatlari to’g`risida"gi (O’zR 13.12.2002 y. 447-II) Qonunida " O’zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat va jamoat ishlarini boshqarishda ishtirok eta borib, O’zbekiston Respublikasining Konstitustiyasi va boshqa qonunlarida o’zlariga berilgan huquqlar va erkinliklarni ro’yobga chiqara borib; o’zlarining qonuniy huquqlari va mafaatlarini himoyalab murojaat qilishga; davlat va jamoat birlashmalarining vakolatli organlari buzilgan huquqlarini tiklashiga haqlidirlar" deyiladi (1-modda).

O’zbekiston Konstitustiyasining muhim demokratik jihatlaridan biri shundaki, uning 10-moddasida butun hokimiyat xalq qo’lida ekanligi qonuniy rasmiylashtirilibgina qolmay, O’zbekiston xalqining ushbu hokimiyatni qanday tartibda amalga oshirishi ham aniq ko’rsatib qo’yilgan: “O’zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin.

Jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat yoki alohida shaxs O’zbekiston xalqi nomidan ish olib borishga haqli emas.”

Vakillik demokratiyasining namoyon bo’lishi ayniqsa O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi faoliyatida ko’zga yaqqol tashlanadi.

Oliy Majlis haqida shuni aytish mumkinki, u O’zbekiston Respublikasining oliy vakillik muassasasi, qonun chiqaruvchi organi, ya’ni parlamentidir.

O’zbekiston Oliy Majlisi bevosita xalq tomonidan tashkil etilib, uning vakillik organi hisoblanadi. Unga deputatlar xalq tomonidan umumiy, teng, to’g`ridan-to’g`ri, yashirin ovoz berish yo’li bilan saylanadi. Demak, O’zbekiston xalqi o’z ichidan munosib nomzodlar tanlab, ularni Oliy Majlisga vakil sifatida saylaydi. Ularga vakolat berib qo’yadi va xuddi shu tariqa hokimiyatga egalik qiladi. Biroq faqat shugina emas. Xalqning hokimiyatga egalik qilishi boshqa vositalar orqali ham amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tashkil etilishi, vazifalari, tuzilishi va faoliyati haqida Konstitustiyaning XVIII bobi, 78-88-moddalarida batafsil ko’rsatib berilgan.

O’zbekistonda Prezidentlik boshqaruvining tashkil etilishi, vazifalari va vakolatlari haqida Konstitustiyaning XIX bobi, 89-97- moddalarida atroflicha ma’lumotlar berilgan.



3. Konstitustiya va qonunning ustunligi prinstipi.

Konstitustiya va qonunlar ustunligining ta’minlanishi huquqiy davlatning muhim belgilaridan biri bo’lib, u O’zbekistonda davlat-huquqiy qurilishining eng asosiy prinstipi hamdir. "Konstitustiya va qonunlarning ustunligi prinstipi shuni anglatadiki, - deydi Prezidentimiz I.A.Karimov, bunda barcha joriy qonunlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlar Konstitustiya asosida, unga muvofiq bo’lishi talab etiladi".

Ulug` bobokalonimiz Amir Temur aytganidek: "Qaerda qonun hukmronlik qilsa, shu erda erkinlik bo’ladi". O’zbekiston Konstitustiyasida Konstitustiya davlatimizning eng Asosiy Qonuni ekanligi, u boshqa barcha qonunlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlardan yuqori turishi quyidagicha belgilangan: "O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi va qonunlarining ustunligi so’zsiz tan olinadi.

Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitustiya va qonunlarga muvofiq ish ko’radilar" (15-modda).

O’zbekistonda Konstitustiya va qonunlar oldida hamma teng darajada masuliyatga ega bo’lib, qonunlar ham o’z navbatida barchaga barobardir.

Konstitustiyaning 15-moddasi ikkinchi qismida davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitustiya va qonunlarga muvofiq ish ko’radilar, deb ko’rsatilgan. Davlat, uning organlari, jamoat birlashmalari Konstitustiya va tegishli maxsus qonunlar asosida tashkil qilinadi va faoliyat yuritadi. Ular Konstitustiya va maxsus qonunlarda belgilangan vakolatlarnigina amalga oshiradilar. Mansabdor shaxslar va fuqarolar ham Konstitustiya va qonunlarga muvofiq ish ko’radilar. Yuqoridagilarning birontasi ham Konstitustiya va qonunlardan tashqari ish ko’rishga haqli emas. Zero, Konstitustiya va qonunlardan chetlab o’tish, ularning talablarini buzish g`ayriqonuniy xatti-harakat hisoblanadi. Bunday harakatlar uchun esa maxsus qonunlarda tegishlicha javobgarliklar o’rnatilgan, sanksiyalar belgilangan.

Demokratik huquqiy davlatda Konstitustiya va qonunlarga og`ishmay amal qilish talabi bilan bir qatorda Konstitustiyaning birorta qoidasi O’zbekiston Respublikasi huquq va manfaatlariga zarar etkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emasligi ham o’rnatilgan bo’ladi.

O’zbekiston Konstitustiyasining birorta qoidasi O’zbekiston Respublikasi huquq va manfaatlariga zarar etkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas.

Birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitustiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas (16-modda).

4. O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining Konstitustiyaviy

asoslari va prinstiplari.

O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy prinstiplari Konstitustiyaning 17-moddasida o’zining qonuniy aksini topgan.

Asosiy Qonunimizning 17-moddasida shunday deyilgan: "O’zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to’la huquqli sub’ektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi.

Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo’stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin."

Tashqi siyosat tushunchasi davlatning xalqaro ishlardagi umumiy yo’nalishi o’z ichiga oladi. Tashqi siyosat davlatning boshqa davlatlar va xalqlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro aloqalarini o’z ichiga oluvchi maqsad va vositalarini qamrab oladi.

Mustaqillik yillarida O’zbekiston 120 dan ortiq davlat bilan



diplomatik aloqalarni o’rnatdi. Toshkentda 35ta davlat elchixonasi ochildi,

19ta davlat elchilari esa O’zbekiston Respublikasida o’rindoshlik asosida faoliyat yurgizadi. Respublikada 88 ta xorijiy vakolatxonalar akreditatsiyadan o’tgan, 24 ta hukumatlararo va 13 ta hukumatlarga tegishli

bo’lmagan tashkilotlar faoliyat olib boradi. Bir so’z bilan aytganda, O’zbekiston mustaqil davlat sifatida jahon hamjamiyati tomonidan tan olindi.


    1. Yüklə 1,19 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin