Iymajm u a 1 Buxoro 2020


O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasiga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə17/184
tarix02.01.2022
ölçüsü1,19 Mb.
#46036
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   184
мажмуа хукукий

O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasiga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar. Bizga ma’lumki, 1993 yil 28 dekabrda birinchi bor Konstitustiyaga o’zgartirish va qo’shimcha kiritilgan bo’lib, "O’zbekiston Respublikasining Konstitustiyasiga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish to’g`risida" gi O’zbekiston Respublikasining Qonunida shunday deyilgan edi: “O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi 77-modda 1-qismidagi “150 nafar deputatdan” degan so’zlar “deputatlardan” degan so’z bilan almashtirilsin”.

Konstitustiyaviy qonun asosida 2003 yil 24 apreldagi "O’zbekiston Respublikasining Konstitustiyasiga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish to’g`risida"gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Konstitustiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritildi. Jumladan, Konstitustiyamizning O’zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisi deb nomlangan XVIII bobi ilgari bir palatali parlamentga bag`ishlangan bo’lsa endilikda mazkur bobda ikki palatali parlament O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senati (yuqori palata)ga bag`ishlangan.

Konstitustiyaning 117-modda 2-qismida “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisininng qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo’qorg`i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning Konstitustiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda-dekabr oyi uchinchi o’n kunligining birinchi yakshanbasida o’tkaziladi. Saylovlar umumiy, teng, to’g`ridan-to’g`ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkaziladi. O’zbekiston Respublikasining 18 yoshga to’lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo’qorg`i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishincha qo’shma majlislarida mazkur deputatlar saylanganidan so’ng bir oy ichida ular orasidan yashirin ovoz berish yo’li bilan saylanadilar” degan qoida mavjud.

O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 11 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi 89-moddasiga, 93- moddaning 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga tuzatishlar kiritilgan.

O’zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi 77-moddasining birinchi qismga o’zgartirish kiritilgan. Unga ko’ra O’zR Qonunchilik palatasining deputatlari soni qonunga muvofiq 150 nafar etib belgilandi.

O’zbekistan Respublikasinin Qonunchilik palatasi tomonidan 2011yil 4 martda qabul qilingan, Senat tomonidan 2011 yil 25 martda ma’qullangan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2011 yil 18 aprelda № URK


  • 284 imzolangan O’zbekistan Respublikasi Qonunining 78, 80, 93, 96 va 98- moddalariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi.

O’zbekiston Respublikasining Konstitustiyasiga ushbu o’zgartish va qo’shimchalar demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, davlat xokimiyatining uchta sub’ekti: davlat boshlig`i — Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o’rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta’minlash, shuningdek sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy isloxotlarni amalga oshirishda,

mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning roli hamda ta’sirini kuchaytirish maqsadida kiritilmoqda.

2011 yil 18 aprel kuni qabul qilingan Konstitustiyaviy qonunga ko’ra Konstitustiyasining quyidagi: 78-modda birinchi qismining 15-bandi, 80- moddaning 6-bandiga, 93-modda birinchi kismiga, 8-bandiga, 12-bandiga, 15- bandiga, 96-moddaga, 98-moddaga tuzatish va qo’shimchalar kiritildi,

O’zbekiston Respublikasining 2011 yil 12 dekabrda qabul qilingan qonuni bilan O’zbekiston Respublikasining Konstitustiyasi 90- moddasining ikkinchi qismiga tuzatish kiritilgan. “O’zbekiston Respublikasining Prezidenti O’zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to’g`ridan-to’g`ri saylov berish yo’li bilan besh yil muddatga saylanadi”.



O’zbekiston Respublikasining 2014 yil 12 aprelda qabul qilingan

qonuni bilan O’zbekiston Respublikasining Konstitustiyasi 32, 78, 93, 98, 103

va 117-moddalariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritilgan.

Eng so’nggi o’zgartirishlar esa 2017 yil mart, may va avgust oylarida

kiritildi.

O’zbekiston Respublikasining Konstitustiyasiga ushbu o’zgartish va qo’shimchalar hokimiyat va boshqaruv tizimini yanada demokratlashtirish, “Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari” prinstipi bosqichma- bosqich amalga oshirilishini ta’minlash, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining davlat hokimiyati organlari tizimidagi rolini, ichki va tashqi siyosatning strategik vazifalarini amalga oshirishdagi huquq va vakolatlarini kengaytirish, Vazirlar Mahkamasi hamda ijro etuvchi organlar faoliyati ustidan qonun chiqaruvchi oliy organning, hokimiyat vakillik organlarining nazorat funksiyalarini kuchaytirish, shuningdek hukumatning, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarini ro’yobga chiqarish borasidagi masuliyatini oshirish maqsadida kiritilmoqda.

O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatining bo’linish prinstipi asosida, davlat organlari tizimi va ularning tashkil etilish tamoyillari, jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy Majlisi Palatalari vakolatlari majburiyatlari, vazifalarini va buning barobarida boshqa davlat organlari tizimidagi faoliyat yo’nalishlarini o’zida belgilab bergan alohida Konstitustiyaviy qonunning qabul qilinishi va undan keyin Konstitustiya va tegishli qonunlarni qabul qilish yoki o’zgartirish, tuzatishlar kiritish masalalarini hal etish tartibining belgilanganligi, Oliy Majlis oldida turgan maqsadni reja asosda mukammalligini ta’minlangan holda, amalga oshirish uchun sharoit yaratib beradi. Shunday qilib, Konstitustiyaga

o’zgartirish hamda tuzatishlar kiritish zaruriyatining paydo bo’lishi davlat va jamiyatning rivojlanishida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish borasidagi huquqiy islohotlarning amaliy natijasi bo’lib hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasining qoidalari xamisha ustivor, birlamchi kuchga egadir. Boshqa qonunlarning barchasi u yoki bu tarzda konstitustiyaviy me’yorlar asosida yaratiladi, uni rivojlantiradi va ro’yobga chiqaradi. Uning asosida me’yoriy – huquqiy hujjatlar ishlab chiqiladi. Mamlakatimiz Konstitustiyasi kuchli axloqiy zaminga egadir. Unda avvalo insonparvarlik, adolat g`oyalari mustahkamlab qo’yilgan. Konstitustiyaning “insonga qaratilganligi” xususiyatini alohida ajratib ko’rsatish lozim. Konstitustiyaning markazida inson, fuqaro, uning huquqlari va qonuniy manfaatlari turadi. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek: “Endilikda inson, uning hayoti, erki, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquq xamda erkinliklari muqaddas sanalib, ular davlat tomonidan kafolatlanadi”.

O’zbekiston Respublikasining Konstitustiyasi o’z maqomi, tuzilishi, yo’nalishi hamda asosiy tamoyillari, yaxlit mundarijasiga, ya’ni muqaddimasidan boshlab so’nggi moddasiga qadar mustaqillik va istiqlol ruxi, demokratik tamaddun mazmuni bilan ajralib turadi. Shu o’rinda aytish o’rinliki, demokratik huquqiy davlat qurish xamda jamiyatni umuminsoniy qadriyatlar asosida tashkil etishda shubhasiz Konstitustiyaning tutgan o’rni va ahamiyati beqiyos ekanligini e’tibordan qoldirmaslik zarur. Mazmun mohiyati bilan huquqiy demokratik davlatda hech bir fuqaro, hech bir odam o’z ijtimoiy-shaxsiy hayotini, o’z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni Konstitustiyasiz tasavvur qila olmaydi. Shuning uchun ham biz O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasining mazmun-mohiyatini chuqur bilishimiz, oldimizda turgan muammolarni echishda davlatning Asosiy qonunidan javob topishga intilishimiz lozim.

Mustaqil O’zbekistonning Konstitustiyasi kelajagi buyuk davlatning ishonchli huquqiy kafolatlarini mustahkamlaydi. U bizga inson huquqlari, demokratiya, erkinlik, barqarorlik va taraqqiyot tamoyillari yig`indisini ifodalaydigan huquqiy va adolatli davlat qurish yo’llarini aniq ifoda etgan va xalq manfaatlarini himoya qiluvchi eng oliy qonun sifatida doimiy yo’lchi yulduz bo’lib xalqimiz borayotgan yo’lni yoritib boradi.

Asosiy Qonunimizning oldingi qonunlardan va boshqa davlatlarning Konstitustiyalaridan ajralib turadigan o’ziga xos jihatlari quyidagilardan iborat:

birinchidan, 1992 yilgi Konstitustiya o’zining tub mohiyati va falsafasi, maqsadlari va g`oyalariga ko’ra yangi hujjatdir;

ikkinchidan, O’zbekiston Respublikasining Konstitustiyasi o’zining ichki tuzilishi va yangi konstitustiyaviy institutlari bilan ajralib turadi;

uchinchidan, O’zbekiston Konstitustiyasi boshqa konstitustiyalardan farqli o’laroq, o’ta mafkuralashtirish va siyosatlashtirish ruhi bilan sug`orilmagan. Unda kommunistik mafkura, sinfiylik, partiyaviylikdan asar ham yo’q;

to’rtinchidan, Konstitustiyamiz jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilgan xalqaro huquq talab va qoidalariga javob beradigan tarzda tayyorlangan;

beshinchidan, Konstitustiyamiz jahon konstitustiyaviy tajribasiga keng tayanishi va ijobiy tomonlardan atroflicha foydalanganligi bilan ham ajralib turadi. O’zbekiston Respublikasining Konstitustiyasi eng taraqqiy etgan mamlakatlar, xususan, AQSh, Turkiya, Franstiya, Germaniya Shvestiya, Italiya kabi Farb davlatlari, ruhiyati va etnik jihatlardan bizga yaqin bo’lgan Yaponiya, Misr, Hindiston va boshqa Sharq davlatlarining boy tajribasidan eng demokratik jihatlarini, insonparvarlik g`oyalarini tarannum etuvchi xalqaro hujjatlarning talablarini o’zida jamlagan;

oltinchidan, Konstitustiyamizni mustaqil davlatimiz ravnaqining huquqiy kafolati darajasiga ko’taruvchi eng muhim belgi unda jahonning ilg`or konstitustiyaviy tajribasini milliy-ma’naviy va huquqiy qadriyatlarimizga, o’zbek xalqining boy tarixiga uyg`unlashtirilib qo’llanilganidadir.

Mustaqil davlatimizning 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitustiyasi avvalgi Konstitustiyalardan o’zining yuridik mazmun va mohiyati jihatidan farq qilib, bu Konstitustiyada davlatning mustaqilligi mustahkamlandi. O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasining asosiy mohiyati – uning xalq manfaatlari uchun xizmat qiladigan, huquqiy demokratik davlat qurish asoslari belgilab berilganligidadir.


  1. Konstitustiya me’yoriy-huquqiy aktlar jumlasiga kirib, qonunlarga xos bo’lgan hamma belgilarga ega bo’ladi. Konstitustiya bu Oliy Majlis tomonidan qabul qilinadigan va hamma uchun umummajburiy kuchga ega bo’lgan me’yoriy-huquqiy akt bo’lib, jamiyat qurilishi xalq hokimiyatchiligi bilan bog`liq bo’lgan hamma ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.

  2. Konstitustiya oliy yuridik kuchga ega, ya’ni barcha oddiy qonunlar va boshqa me’yoriy-huquqiy aktlarga nisbatan ustunlikka ega, chunki qonunlar va boshqa me’yoriy-huquqiy aktlar Konstitustiya normalariga muvofiq bo’lishi shart.

  3. Konstitustiya joriy qonunchilik uchun asos bo’lib hisoblanadi va ularning xarakterini belgilab beradi.


    1. Yüklə 1,19 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin