Sog`lom va bilimli yosh avlod millat ravnaqining poydevori.
Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, sog`lom va bilimli yosh avlod mamlakat boyligi, millat ravnaqini ta’minlaydigan mustahkam poydevordir.
Istiqlol yillarida ijtimoiy-gumanitar sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida aholini ijtimoiy himoya qilish uchun yo’naltirilgan davlat xarajatlari 5 barobar ko’paydi, xalqimiz turmush darajasi sezilarli ravishda oshdi. Xususan, “Bolalarni asraylik” xalqaro tashkiloti tomonidan tuzilgan jahon reytingida O’zbekiston bolalar salomatligini mustahkamlash borasidagi katta g`amxo’rlik ko’rsatayotgan eng ilg`or etakchi o’n mamlakat qatoridan joy oldi.
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq inson huquqlariga oid xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillariga tayanib, bola huquqlarini himoya qilish tizimini bosqichma-bosqich isloh etish, bola huquqlariga oid xalqaro huquq normalarini milliy qonunchilikka implementastiya qilish va qonunchilikni takomillashtirishga jiddiy e’tibor qaratildi. Bu borada voyaga etmaganlarni moddiy va ma’naviy jihatdan qo’llab-quvvatlashni ko’zda tutuvchi muhim islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Sog`liqni saqlash tizimini isloh etish bo’yicha davlat dasturi, Maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi hamda 2017-2021 yillarga mo’ljallangan Harakatlar strategiyasining qabul qilingani ushbu yo’nalishda amalga oshirilgan muhim islohotlar sanaladi.
Dostları ilə paylaş: |