Iymajm u a 1 Buxoro 2020


BMTning “Bola huquqlari to’g`risida”gi Konvenstiyasi



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə22/184
tarix02.01.2022
ölçüsü1,19 Mb.
#46036
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   184
мажмуа хукукий

BMTning “Bola huquqlari to’g`risida”gi Konvenstiyasi


BMT Bosh Assambleyasining 1989 yil 20 noyabrdagi 44/25-qarori bilan qabul qilingan. 1990 yil 2 sentyabrda 49-moddaga muvofiq kuchga kirgan

O’zbekiston mazkur Konvenstiyaga O’zR Oliy Kengashining 1992 yil 9 dekabrdagi №757-XII Qaroriga muvofiq qo’shildi. O’zbekiston Respublikasi uchun 1994 yil 29 iyuldan kuchga kirdi

Konvenstiya ishtirokchi-davlatlari,

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomida e’lon qilingan tamoyillariga muvofiq, jamiyat barcha a’zolarining o’ziga xos bo’lgan qadr- qimmati, teng va ajralmas huquqlari er yuzida erkinlik, adolat va tinchlikni ta’minlashning asosi ekanligi e’tirof etilganligini hisobga olib,

Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqlari Nizomda insonning asosiy huquqlariga, inson shaxsining sha’ni va qadr-qimmatiga bo’lgan o’z ishonchlarini tasdiqlaganliklari hamda ijtimoiy taraqqiyot va turmush sharoitlarini yaxshilash borasida ko’maklashishga ahd qilganliklarini e’tiborga olib,

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklarastiyasi va inson huquqlari to’g`risidagi xalqaro hujjatlarda har bir inson mazkur hujjatlarda ko’rsatib qo’yilgan huquq hamda erkinliklarga irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, tug`ilishi yoki boshqa holatlar bilan bog`liq belgilariga ko’ra har qanday tafovutdan qat’i nazar, ega bo’lishini e’lon qilganligi va rozilik bildirganligini e’tirof etib,

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklarastiyasiga bolalar alohida g`amxo’rlik va yordam huquqiga egadirlar, deb e’lon qilganligini eslatib,

Jamiyatning asosiy tashkiloti hisoblanmish oila va tibbiy muhitga uning barcha a’zolari, ayniqsa, bolalar o’sib-ulg`ayishlari va farovonlikka ega bo’lishlari uchun jamiyat doirasidagi majburiyatlarni o’z zimmasiga to’liq oladigan bo’lishiga erishish maqsadida zarur himoya va yordam bilan ta’minlanishi lozim ekanligiga ishonch hosil qilgan holda,

bolaning shaxsi sog`lom va har tomonlama uyg`unlashgan holda kamoloti uchun u oila g`amxo’rligida, baxt, mehr-muhabbat va ongli tushunish vaziyatida o’sishi zarurligini e’tirof etib,

bola jamiyatda mustaqil hayotga to’la tayyorlanishi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomida e’lon qilingan g`oyalar ruhida, ayniqsa, tinchlik, qadr-qimmat, sabr-toqat, erkinlik, tenglik va birdamlik ruhida tarbiyalanishi lozimligini hisobga olib,

bolani mana shunday alohida himoya qilish zarurligi 1924 yilgi Bola huquqlari Jeneva deklarastiyasida va 1959 yil 20 noyabrda BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Bola huquqlari deklarastiyasida ko’zda tutilganligini va Inson huquqlari umumjahon deklarastiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g`risida xalqaro paktda (jumladan, 23 va 24-moddalarda), iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g`risida xalqaro paktda (jumladan, 10-modda), shuningdek, ixtisoslashgan muassasalar hamda bolalarning farovonligi masalalari bilan shug`ullanuvchi xalqaro tashkilotlarning Nizomlari va tegishli hujjatlarida e’tirof etilganligini e’tiborga olib,

bola huquqlari deklarastiyasida ko’rsatib o’tilganidek, «bola, agar u jismoniy va aqliy jihatdan kamolotga etmagan bo’lsa, maxsus ravishda

muhofaza va g`amxo’rlikka, binobarin, tug`ilguncha va tug`ilgandan keyin ham munosib darajadagi huquqiy himoyaga muhtoj» ekanligini e’tiborga olib,

ijtimoiy va huquqiy tamoyillar to’g`risidagi deklarastiyaning bolalar himoyasi va farovonligi, ayniqsa, bolalarni milliy va xalqaro darajalarda tarbiyalashga berish hamda asrab olish paytidagi himoyasi va farovonligiga doir qoidalariga, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Balog`atga etmagan bolalarga nisbatan odil sudlov yuritishga doir minimal standart qoidalari («Pekin qoidalari») va Favqulodda holatlarda va qurolli mojarolar davrida ayollar va bolalarni himoya qilish to’g`risida deklarastiya qoidalariga tayanib,

jahondagi barcha mamlakatlarda nihoyatda og`ir sharoitlarda yashayotgan bolalar borligi hamda ular alohida e’tiborga muhtoj ekanliklarini e’tirof etib,

bolaning himoya qilinishi va uyg`un ravishda rivojlanishi uchun har bir xalqning an’analari va madaniy qadriyatlari muhim ahamiyat kasb etishini munosib tarzda hisobga olib,

har bir mamlakatda, jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalarning turmush sharoitlarini yaxshilash uchun xalqaro hamkorlik qilishning muhimligini e’tirof etib,

quyidagilar haqida kelishib oldilar:



  1. modda: Ushbu Konvenstiyaning maqsadlari uchun 18 yoshga to’lmagan har bir inson zoti, agar bolaga nisbatan qo’llaniladigan qonun bo’yicha u ertaroq balog`atga etmagan bo’lsa, bola hisoblanadi.

  2. modda: 1. Ishtirokchi - davlatlar ushbu Konvenstiyada o’z ta’sir doirasida bo’lgan har bir bola uchun ko’zda tutilgan barcha huquqlarni, hech qanday kamsitishlarsiz, irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlari, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, bolaning sog`lig`i va tug`ilishi, uning ota-onasi yoki qonuniy vasiysi yoki biror-bir boshqa holatlardan qat’i nazar, hurmat qiladilar hamda shu huquqlarni ta’minlab beradilar.

2. Ishtirokchi-davlatlar bola, uning ota-onasi, qonuniy vasiysi yoki boshqa oila a’zolarining qarashlari yoki e’tiqodida o’z ifodasini topadigan maqom, faoliyat asosida kamsitish yoki jazolashning barcha shakllaridan bolaning himoyasini ta’minlash uchun hamma zarur choralarni ko’radilar.

  1. modda: 1. Bolalarga nisbatan barcha xatti-harakatlarda, ular ijtimoiy ta’minot masalalari bilan shug`ullanuvchi davlat yoki xususiy muassasalar, sudlar, ma’muriy yoki qonun chiqaruvchi organlar tomonidan sodir etiladimi- yo’qmi, bundan qat’i nazar, bolaning manfaatlari yaxshiroq ta’minlanishiga birinchi darajali e’tibor beriladi.

  1. Ishtirokchi-davlatlar o’z zimmasiga bolani uning farovonligi uchun zarur hisoblangan himoya va g`amxo’rlik bilan ta’minlash, bunda uning ota- onasi, vasiysi yoki qonun bo’yicha uning uchun javobgar sanalmish boshqa shaxslarning huquq va majburiyatlarini e’tiborda tutishni hisobga oladilar hamda ana shu maqsadda barcha qonuniy va ma’muriy chora-tadbirlarni ko’radilar.

  2. Ishtirokchi-davlatlar bolalar haqida g`amxo’rlik ko’rsatish yoki ularni himoya qilish uchun mas’ul hisoblangan organlar, muassasalar va xizmatlar vakolatli organlar tomonidan belgilab qo’yilgan me’yorlarga, xususan, xavfsizlik va sog`liqni saqlash sohasida va ulardagi xodimlarning soni va ishga yaroqliligi, shuningdek, vakolatli nazorat olib borishi nuqtai nazaridan belgilangan me’yorlarga javob berishlarini ta’minlaydilar.

  1. modda: Ishtirokchi-davlatlar ushbu Konvenstiyada e’tirof etilgan huquqlarni amalga oshirish uchun barcha zarur qonuniy, ma’muriy va boshqa choralarni ko’radilar. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarga nisbatan ishtirokchi-davlatlar bunday choralarni o’zlarida mavjud bo’lgan imkoniyatlar doirasida, mumkin qadar yuqori darajada zarurat tug`ilgan taqdirda esa xalqaro hamkorlik doirasida qabul qiladilar.

  2. modda: Ishtirokchi-davlatlar ota-onaning va tegishli holatlarda kengaytirilgan oila a’zolari yoki mahalliy urf-odatlarda ko’zda tutilganidek, jamoaning vasiylar yoki qonun bo’yicha bola tarbiyasi uchun javobgar hisoblangan boshqa shaxslarning ushbu Konvenstiyada e’tirof etilgan huquqlarni amalga oshirishda munosib darajada bolani boshqarish va unga rahbarlik qilish hamda bu ishni bolaning rivojlanib borayotgan qobiliyatlariga muvofiq holda bajarishdagi mas’uliyati, huquq va majburiyatlarini hurmat qiladilar.

  3. modda: 1. Ishtirokchi-davlatlar har bir bola yashash uchun ajralmas huquqqa ega ekanligini e’tirof etadilar.

2.Ishtirokchi-davlatlar bolaning omon yashashi va sog`lom rivojlanishi uchun mumkin qadar yuqori darajada imkoniyat yaratib beradilar.

BMTning “Bola huquqlari to’g`risida”gi Konvensiyasida 18 yoshga to’lmagan har bir inson zoti - bola hisoblanishi, bola uchun ishtirokchi davlatlar o’z yurisdiksiyasi doirasida bo’lgan har bir bola uchun ushbu Konvensiyada nazarda tutilgan barcha huquqlarni, hech qanday kamsitishlarsiz, irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlari, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, bolaning sog`lig`i va tug`ilishi, uning ota-onasi yoki qonuniy vasiylari yoki biror-bir boshqa holatlardan qat’i nazar, hurmat qilishi va adilar hamda ta’minlashi belgilab qo’yilgan.

BMT Bosh Assambleyasining 1989 yil 20 noyabrdagi 44/25-qarori bilan qabul qilingan. 1990 yil 2 sentyabrda 49-moddaga muvofiq kuchga kirgan

O’zbekiston mazkur Konvenstiyaga O’zR Oliy Kengashining 1992 yil 9 dekabrdagi N 757-XII Qaroriga muvofiq qo’shildi. O’zbekiston Respublikasi uchun 1994 yil 29 iyuldan kuchga kirdi



    1. Bola huquqlarining kafolatlari to’g`risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni. Ushbu Qonunning maqsadi bola huquqlarining kafolatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Mamlakatimizda bola huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, farzandlarimizning qonuniy manfaatlarini muhofaza etish, eng muhimi, barkamol avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Davlatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning: “Farzandlarimiz bizdan afzalroq, bizdan o’tkirroq, bizdan pokroq, savob ishlarni bizdan ham ko’proq qiladigan bo’lishlari lozim. Ular jahon umumbashariy yutuqlarini egallashi, tariximizni, madaniyatimizni, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan merosni chuqur bilmog`i kerak. Bizning asosiy kuch-qudratimiz va kelajagimiz ana shunda. Bugun zo’r umidlar bilan qurayotgan yangi jamiyatimizning mazmun- mohiyati ham aslida ana shundadir”,- degan so’zlari bejiz emasdir.

Shuni ta’kidlash joizki, bola huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro majburiyatlarni bajarish uchun O’zbekiston xalqaro huquqiy normalarni milliy qonunchilikka implementastiya qilish yo’lida katta ishlarni amalga oshirmoqda. Amaldagi qonunchilikda bolalarning huquq va manfaatlariga, shuningdek ularning himoyasiga alohida e’tibor berilgan.

Ma’lumki, bola huquqlari sohasida qonunchilikning asosini O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi tashkil etadi. Unga muvofiq bolada tug`ilishi bilanoq uning huquq va erkinliklari vujudga keladi hamda u davlat tomonidan kafolatlanadi.

Bolalarning huquqlarini himoya qilish bo’yicha qonunchilik Bola huquqlari haqidagi Konvenstiyaga muvofiq holda takomillashtirishga yo’naltirilgan.

2008 yil 7 yanvarda “Bola huquqlarining kafolatlari to’g`risida”gi

O’zbekiston

Respublikasi

Qonuni Prezident

tomonidan

imzolandi.

Qonunning

maqsadi, bola

huquqlarining

kafolatlari

sohasidagi

munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.

Mazkur Qonunda “bola ”, “bolaning qonuniy vakillari”, “vasiylik va homiylik”, “etim bola”, “jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo’lgan bola”, “ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar”, “nogiron bola”, “ota- onaning o’rnini bosuvchi shaxslar”, “ota-ona qaramog`idan mahrum bo’lgan bola” tushunchalari, shuningdek, bola huquqlarining asosiy kafolatlari hamda

ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlarining qo’shimcha kafolatlari ko’rsatib o’tilgan.

Ushbu huquqiy hujjatning qabul qilinishi davlat tomonidan o’sayotgan avlodga ko’rsatiladigan g`amxo’rlikning, shuningdek bola huquqlarini himoya qilishni amalga oshirishni yangi darajaga ko’tarilishiga zamin yaratadi.

Farzandlarning yashashi, kamol topishi uchun oila birdan-bir makon va tabiiy muhit bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun ham O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 2-moddasiga asosan, bola tug`ilgan va yashab turgan oilaga uning farovon hayot kechirishi va kamolga etishi haqida g`amxo’rlik qilish, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish vazifasi yuklatiladi.

O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov bola tarbiyasi haqida shunday degan edi: “Har bir oqil insonning va jamiyatimizning muqaddas vazifasi, aytish mumkinki hayotining ma’nosi qobil farzandlar o’stirish, ularni ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan mukammal qilib tarbiyalash, kamolini ko’rish, ota-onasiga, vataniga sadoqatli kishilar etib voyaga etkazishdan iboratdir”.

Shuning uchun ham ota-onalar bolalarni vataniga sodiq, mehnatsevar, ishbilarmon va jamiyat qurilishining faol ishtirokchilari qilib tarbiyalashlari lozim. Bolalarni to’g`ri tarbiyalashda huquqiy normalarni bilish, davlat va uning qonunlarini hurmat qilish ham muhim rol o’ynaydi.

Huquqiy me’yoorlar yosh avlodni mehnatga to’g`ri munosabatda bo’lish, davlat va jamiyat oldidagi o’z burchlarini to’g`ri tushunish va uni og`ishmay amalga oshirish ruhida tarbiyalaydi.

Jumladan, ota-onalar va ularning o’rnini bosuvchi shaxslarning bolalariga ta’lim-tarbiya berishga oid huquqlari, majburiyatlari va mas’uliyatlari O’zbekiston Respublikasining 1997 yil 27 avgustda qabul qilingan “Ta’lim to’g`risida”gi Qonunida ham belgilab berilgan.

Voyaga etmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari,- deyiladi Qonunning 30-moddasida, bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, maktabgacha, umumiy o’rta, o’rta maxsus kasb hunar ta’limi olishlari uchun javobgardirlar.

Shu bilan birga ota-onasi tarbiyasidan mahrum bo’lgan voyaga etmagan bolalarning oilada tarbiyalanish huquqini ta’minlash vasiylik va homiylik organlari zimmasiga yuklanadi. Vasiylik va homiylik organlari ota-onalari tarbiyasidan mahrum bo’lgan voyaga etmagan bolalarni farzandlikka berish, oilaga tarbiyaga berishlari ularning oilada tarbiyalanish huquqidan foydalanishlarini ta’minlaydi.

Shuning uchun huquqiy tarbiyani amalga oshirish, huquqiy madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi.

Bola dunyoga kelgach, oila, bog`cha, maktab va mahalla quchog`ida yashaydi, voyaga etadi va tabiiyki tarbiya ham oladi. Bola ongida huquqiy madaniyatni o’stirishda oila, bog`cha, maktab, mahalla va jamoat tashkilotlari hamkorligini yaratish bolaning huquqiy bilim saviyasini oshirishga yordam beradi.

Yoshlarga huquqiy tarbiya berish shaxsning to’g`ri o’sib-ulg`ayishini ta’minlaydi, uni burch va vazifalarni bilib olishga, qonunlarga hurmat bilan qarashga o’rgatadi. Bolalarga huquqiy tarbiya berish biroz qiyin va ayni paytda mas’uliyatli vazifa hamdir.

Bu borada Adliya vazirligiga bir qator vazifalar yuklatilgan.

“Bola huquqlarining kafolatlari to’g`risida”gi Qonun O’zbekistonning huquqiy tarixida bola huquqlariga oid birinchi alohida qonun bo’ldi. Mo’ljalangan maqsadga ko’ra, u bolaning huquqiy ahvolini belgilashga doir munosabatlarni tartibga solishga, bola huquqlarini va erkinliklarini yuridik kafolatlashga qaratilgan. Qonunning maqsadiga binoan, bola huquqlari va manfaatlarini amalga tatbiq etilishini ta’minlaydigan kafolatlarni belgilash qonun bilan tartibga solinadigan asosiy ob’ekt hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, uning moddalarining yarmidan ko’pi bola huquqlarining kafolatlarini belgilashga bag`ishlangan.

Qonunchilik palatasi tomonidan 2007 yil 23 noyabrda qabul qilingan; Senat tomonidan 2007 yil 1 dekabrda ma’qullangan;

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2008 yil 7 yanvarda imzolagan; Matbuotda rasman 2008 yil 8 yanvarda e’lon qilingan va shu kundan kuchga kirgan bo’lib, qonun 4 bob, 32 moddadan iborat:



  1. – bob: Umumiy qoidalar (1-6- moddalar)

  2. – bob: Bola huquqlarining asosiy kafolatlari (7-23- moddalar)

  3. – bob: Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlarining qo’shimcha kafolatlari (24-29- moddalar)

  4. – bob: Yakunlovchi qoidalar (30-32- moddalar)

“Bola huquqlarining kafolatlari to’g`risida” O’zbekiston Respublikasining Qonuni 07.01.2008 y. N O’RQ-139

Mazkur Qonunga O’zR 25.12.2009 y. O’RQ-239-son Qonuniga muvofiq o’zgaritirishlar kiritilgan



  1. bob. Umumiy qoidalar (1-6-moddalar)

  2. bob. Bola huquqlarining asosiy kafolatlari (7-23-moddalar) 3-bob. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlarining qo’shimcha kafolatlari (24-29-moddalar)

4-bob. Yakunlovchi qoidalar (30-32-moddalar) 1-BOB. UMUMIY QOIDALAR

  1. modda. Ushbu Qonunning maqsadi

  2. modda. Bola huquqlarining kafolatlari to’g`risidagi qonun hujjatlari

  3. modda. Asosiy tushunchalar

  4. modda. Bola huquqlarini himoya qilish bo’yicha davlat siyosati 5-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining

bola huquqlarini ta’minlash bo’yicha vakolatlari

6-modda. Bola huquqlarini ta’minlashda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtiroki

2-BOB. BOLA HUQUQLARINING ASOSIY KAFOLATLARI

7-modda. Bola huquqlarining qonuniy kafolatlari 8-modda. Bolaning yashash huquqi kafolatlari



  1. modda. Bolaning individuallikka va uni saqlab qolishga bo’lgan huquqi kafolatlari

  2. modda. Bolaning erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi kafolatlari 11-modda. Bolaning himoyaga bo’lgan huquqi kafolatlari

  1. modda. Bolalarni tarbiyalayotgan oilalarni davlat tomonidan qo’llab- quvvatlash

  2. modda. Bolaning oilaviy muhitga bo’lgan huquqi kafolatlari

  3. modda. Bolaning g`ayriqonuniy ko’chirilishdan himoyalanish huquqi kafolatlari

  4. modda. Bolaning o’z fikrini ifoda etish huquqi kafolatlari 16-modda. Bolaning axborot olish huquqi kafolatlari

  1. modda. Bolaning fikrlash, so’z, vijdon va e’tiqod erkinligi huquqi kafolatlari

  2. modda. Bolaning xususiy mulkka bo’lgan huquqi kafolatlari 19-modda. Bolaning turar joyga bo’lgan huquqlari kafolatlari 20-modda. Bolaning mehnat qilish huquqi kafolatlari

21-modda. Bolaning dam olish va bo’sh vaqtga bo’lgan huquqi kafolatlari 22-modda. Bolaning sog`lig`ini saqlash huquqi kafolatlari

23-modda. Bolaning bilim olish huquqi kafolatlari



3-BOB. IJTIMOIY HIMOYaGA MUHTOJ BOLALAR HUQUQLARINING QO’ShIMChA KAFOLATLARI

  1. modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning oila muhitiga bo’lgan huquqi kafolatlari

  2. modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning jamiyatga uyg`unlashish huquqi kafolatlari

  3. modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning turar joyga bo’lgan huquqlari

modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ijtimoiy yordam olishga bo’lgan huquqi kafolatlari

  1. modda. Nogiron bolalar, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo’lgan bolalarning tibbiy-ijtimoiy yordam olishga bo’lgan huquqi kafolatlari

  2. modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ta’lim olish huquqi kafolatlari

4-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR

  1. modda. Nizolarni hal etish

  2. modda. Bola huquqlarining kafolatlari to’g`risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

  3. modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Bola huquqlari haqida gap borganda yuqoridagi qonunning 16- moddasida bolalarning axborot olish huquqi kafolatini ta’minlanishi va olingan axborotlarning bolalarning salomatligiga zararli oqibatlarini oldini olish maqsadida 2017 yil 9 sentyabr kuni matbuotda e’lon qilingan O’zbekiston Respublikasining “Bolalarni ularning salomatligiga zarar keltiruvchi axborotdan himoya qilish to’g`risida”gi Qonunini ham e’tibordan qoldirmasligimiz zarur.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin