O’zbekiston Respublikasining Prezidenti O’zbekiston Respublikasining Konstitustiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun farmonlar, qarorlar va farmoyishlar tarzida me’yoriy - huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasining Konstitustiyasi va qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari asosida hamda ularni ijro etish uchun farmoyish va qarorlar tarzida me’yoriy - huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar o’z vakolati doirasida buyruqlar hamda qarorlar tarzida me’yoriy - huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari O’zbekiston Respublikasining Konstitustiyasi va qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.
Buyruqlar vazirlar tomonidan yoki idora nomidan qarorlar qabul qilish yakka tartibda amalga oshiriladigan idoralar rahbarlari tomonidan qabul qilinadi.
Qarorlar davlat qo’mitalari tomonidan yoki idora nomidan qarorlar qabul qilishni mazkur idoraning kollegial organi amalga oshiradigan idoralar tomonidan qabul qilinadi.
Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari boshqa vazirliklar, davlat qo’mitalari yoki idoralar bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |