2-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsadlari va vazifalari
9. Quyidagilar maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsadlari hisoblanadi:
bolaning ta’lim olishga bo’lgan huquqini amalga oshirishni ta’minlash;
bolaning jismoniy, aqliy va ma’naviy kamolotini saqlash va mustahkamlash;
umumta’lim muassasalarida bolaning jamiyatga moslashishini va ta’lim olishni davom ettirishga tayyorligini ta’minlash.
10. Quyidagilar maktabgacha ta’lim tashkiloti vazifalari hisoblanadi:
bolalarga, shu jumladan, o’ziga xos ehtiyojlari bor bolalarga yakka tartibda ta’lim dasturlaridan foydalanish, shuningdek, o’z vaqtida inklyuziv maktabgacha ta’lim va tarbiya olish imkonini beradigan qulay muhit yaratish;
bolalarda Vatanga muhabbat tuyg`usini, oilaga, o’z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo’lishni, atrof-muhitga ehtiyotkor munosabatni shakllantirish;
bolaning shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ijtimoiy tajriba orttirishini ta’minlash;
bolaning jamiyatga moslashishini va boshlang`ich ta’limga tayyorligini ta’minlash;
ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarni joriy etish.
Dostları ilə paylaş: |