7-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilish va undan chiqarish
34. Bolani maktabgacha ta’lim tashkilotlariga doimiy yoki vaqtincha qatnashga qabul qilish ushbu tashkilotda bo’sh joylar bo’lsa, kalendar yil davomida quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
bola qonuniy vakilining arizasi;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda vakolatli organ bergan yo’llanma (davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun);
bola sog`lig`i holati to’g`risidagi tibbiy ma’lumotnoma.
35. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalar qabul qilinadi.
36. Bola davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq qabul qilinadi.
37. Bola nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ustaviga muvofiq qabul qilinadi.
38. Bolani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining buyrug`i bilan rasmiylashtiriladi.
39. Bolaning qonuniy vakili bilan tuzilgan shartnoma bolani nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |