9-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ovqatlanishni tashkil etish
45. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ovqatlanish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
46. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar ovqatlanishini tashkil etish uchun javobgarlik maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari zimmasiga yuklanadi.
10-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar sog`lig`ini asrash
47. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga moddiy yordam maktabgacha ta’lim tashkiloti shtatiga kiradigan tibbiyot xodimlari yoki sog`liqni saqlash muassasalarining maktabgacha ta’lim tashkilotiga biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan ta’minlanadi, ular bolalarning hayoti, sog`lig`i va jismoniy kamoloti, davolash-profilaktika tadbirlari o’tkazilishi, sanitariya-gigiena normalariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya etilishi uchun javob beradi.
48. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish tuman (shahar) tibbiyot birlashmalariga yuklanadi.
49. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish uning rahbariga yuklanadi.
50. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining shtatdagi xodimlari sog`liqni saqlash muassasalarida belgilangan tartibda bepul tibbiy tekshiruvdan o’tadi.
51. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tibbiy yordam qonun hujjatlariga muvofiq beriladi.
52. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish bepul asosda sog`liqni saqlash tizimining malaka oshirish muassasalarida 3 yilda kamida bir marta o’tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: |