Iymajm u a 1 Buxoro 2020


Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə94/184
tarix02.01.2022
ölçüsü1,19 Mb.
#46036
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   184
мажмуа хукукий

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi.


Kadrlar tayyorlash milliy dasturi O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g`risida”gi Qonuni qoidalariga, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo’ljalni to’g`ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo’naltirilgandir.

O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o’ziga xos yo’lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etish zaruratini yuzaga keltirdi va qator chora-tadbirlar ko’rishni, jumladan: Davlat ta’lim standartlarini joriy etishni, yangi o’quv rejalari, dasturlari, darsliklarni joriy etishni, zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqishni, o’quv yurtlarini attestastiyadan o’tkazish va akkreditastiyalashni, yangi tipdagi ta’lim muassasalarini tashkil etishni taqozo etdi.

Kadrlar tayyorlash tizimining demokratik o’zgarishlar va bozor islohotlari talablariga muvofiq emasligi, o’quv jarayonining moddiy- texnika va axborot bazasi etarli emasligi, yuqori malakali pedagog

kadrlarning etishmasligi, sifatli o’quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materiallarning kamligi, ta’lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o’rtasida puxta o’zaro hamkorlik va o’zaro foydali integrastiyaning yo’qligi kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sirasiga kiradi.

Kadrlar tayyorlash tizimining islox qilish omillari sifatida quyidagilarni ta’kidlash zarur:


  1. Respublikaning demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo’lidan borayotganligi;

  2. Davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligi qaror topganligi;

  3. O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga integrastiyasi, respublikaning jahondagi mavqei va obro’-e’tiborining mustahkamlanib borayotganligi.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining maqsadi - ta’lim sohasini

tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va

sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar

darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori

malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratish etib belgilangan.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining vazifalari quyidagilar:



  • ta’lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini yagona o’quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash;

  • kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko’tarish;

  • ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;

  • yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta’limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko’rsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta’minlovchi me’yoriy, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish;

  • uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari mablag`lar, shu jumladan chet el investistiyalari jalb etishning real mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishdan iborat.

Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs,

jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir.

Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish prinstiplari:

    • ta’limning ustuvorligi – uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta’lim va yuksak intellektning nufuzi;

    • ta’limning insonparvarlashuvi – inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta’limga nisbatan bo’lgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta’minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhit o’zaro munosabatlarining uyg`unlashuvi;

    • ta’limning milliy yo’naltirilganligi – ta’limning milliy tarix, xalq an’analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg`unligi, O’zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta’limni milliy taraqqiyotning o’ta muhim omili sifatida e’tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash;

    • iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

Uzluksiz ta’lim sohasidagi islohotlar quyidagilarni nazarda tutadi:

  • davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining har xil turlarini rivojlantirish;

  • majburiy umumiy o’rta ta’limdan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga o’tilishini ta’minlash;

  • ilg`or texnologiyalarni keng o’zlashtirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar, chet el investistiyalari ko’lamlarining kengayishi, tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni rivojlantirish bilan bog`liq yangi kasb-hunar va mutaxassisliklar bo’yicha kadrlar, shu jumladan boshqaruv tizimi kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

  • ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, jamoat boshqaruvi shakllarini rivojlantirish, ta’lim muassasalarini mintaqalashtirish;

  • ta’lim jarayoni va kadrlar tayyorlash sifatiga xolis baho berish tizimini yaratish va joriy etish;

  • uzluksiz ta’limni fan va ishlab chiqarish bilan integrastiyalashtirishning puxta mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish;

  • tub erli millatga mansub bo’lmagan shaxslar zich yashaydigan joylarda ular o’z ona tillarida ta’lim olishlari uchun tashkiliy va pedagogik shart- sharoitlar yaratish.

Miliy dasturda kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash

tizimini tashkil etish va rivojlantirish uchun:

  • kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi faoliyatida yangicha tarkib, mazmun hamda bu tizimni boshqarishni shakllantirish;

  • yuqori malakali o’qituvchi-mutaxassis kadrlar tayyorlash va sohani ular bilan to’ldirib borishni ta’minlash;

  • kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimining bu sohada raqobatga asoslangan muhitni shakllantirishni va samarali faoliyat olib borishni ta’minlovchi me’yoriy bazasini yaratish;

  • kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalarini davlat attestastiyasi va akkreditastiyasidan o’tkazish tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

  • iqtisodiyotning davlat va nodavlat sektorlari, mulkchilikning turli shaklidagi tashkilot va muassasalarning talab-ehtiyojlariga muvofiq kadrlar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlovchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish va rivojlantirishga ko’maklashish;

  • professional trening ilg`or texnologiya va uskunalarni, shuningdek, murakkab, fan yutuqlarini talab qiluvchi texnologiya jarayonlari imitatorlarini ishlab chiqish, yaratish va amaliy o’zlashtirib olish zarur.

Kadrlar tayyorlash Milliy tizimini rivojlantirishning asosiy

yo’nalishlari sifatida quyidagi:

  1. Ta’limning uzluksizligini ta’minlash;

  2. Pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

  3. Ta’lim jarayonini mazmunan isloh qilish;

  4. Ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlar;

  5. Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlar;

  6. Ta’lim tizimini boshqarish;

  7. Kasb-hunar ta’limi sifatini nazorat qilish tizimini shakllantirish;

  8. Ta’lim tizimini moliyalash;

  9. Moddiy-texnika ta’minoti;

  10. Ta’lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish;

  11. Ta’lim xizmati ko’rsatish bozorini rivojlantirish;

  12. Ta’lim sohasida ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash hamda bu sohani davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash;

  13. Fan bilan ta’lim jarayoni aloqalarini rivojlantirish;

  14. Ishlab chiqarish va ta’lim tizimi integrastiyalashuvini rivojlantirish;

  15. Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi xalqaro hamkorlik kabi yo’nalishlar belgilab qo’yilgan.

Dasturda kadrlar tayyorlash Milliy dasturini ro’yobga chiqarish uch bosqichga bo’lingan bo’lib, bu bosqichlar:

Birinchi bosqich (1997 - 2001 yillar) mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish.

Ikkinchi bosqich (2001 - 2005 yillar) Milliy dasturni to’liq ro’yobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy- iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish.

Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) to’plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish.

Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari sifatida shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab



chiqarish belgilangan.

Mazkur andozada shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti sifatida, uzluksiz ta’lim tizimida tahsil olish orqali barkamol, yuksak ma’naviyatli, kasb-hunarli va ilmli bo’lishi natijasida Vatan ravnaqiga munosib ulush qo’shadigan, xalq farovonligi yo’lida xizmat qiladigan, millatlararo totuvlik va yurt tinchligini saqlaydigan, dunyo hamjamiyatidagi kasbdoshlari bilan ijtimoiy hamkorlikni amalga oshiradigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat orqali mustaqillik prinstiplariga sodiqligini ta’minlash nazarda tutilgan.



Davlat va jamiyat – uzluksiz ta’lim tizimi oldiga davlat va ijtimoiy buyurtmalarni qo’yish va ularni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan moddiy- texnika bazasini yaxshilash barobarida, kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish, attestastiya va akkreditastiyadan o’tkazish, ehtiyojga muvofiq kadrlar tayyorlash va ularni ish bilan ta’minlashni amalga oshiradi.

Uzluksiz ta’lim tizimi o’z oldiga qo’yilgan davlat va ijtimoiy buyurtmalarga muvofiq malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash asosi sanalib, ta’limning barcha turlari uchun davlat ta’lim standartlari, ta’lim- tarbiya jarayonini tashkil etishning uslubiy-metodik asoslarini ishlab chiqish, kadrlar tayyorlash tizimi me’yoriy asoslari va faoliyat ko’rsatish muhitini yaratadi.

Kadrlar tayyorlash milliy modelida fanning o’rni beqiyos bo’lib, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, ta’lim samaradorligini oshirishga zamin tayyorlaydigan ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqish, ularni ta’lim-tarbiya jarayoni va ishlab chiqarishga tatbiq etishni ta’minlashi zarur.



Ishlab chiqarish kadrlarga bo’lgan ehtiyojni shakllantiruvchi, shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi sifatida kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi sanaladi.

Davlat va jamiyat Respublikamizdagi barcha fuqarolarning uzluksiz ta’lim tizimi bo’yicha tahsil olishi, kadrlar tayyorlash tizimida tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonining zamon talablariga mos ravishda tashkil etilishi, hayot o’zgarishlariga moslashuvchanligini ta’minlaydi.

Bugungi kunda dasturda belgilangan bosqichlar va kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari bo’yicha o’tgan davrda amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish va kelgusidagi vazifalarni belgilash bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri sanaladi. O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimi, kadrlar tayyorlash milliy modelini joriy etishning me’yoriy, shu bilan bir qatorda ilmiy- nazariy asosi bo’lgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g`risida”gi Qonunining qabul qilinganligiga ham 20 yildan oshdi. Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimi joriy etilgandan buyon salmoqli ishlar amalga oshirildi. Uzluksiz ta’lim tizimi turlari o’rtasida ta’lim mazmunining uzviyligi va izchilligini amalga oshirish maqsadida fanlar bo’yicha uzviylashtirilgan va modernizastiya- langan DTS va o’quv dasturlari ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi.

Uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki turi bo’lgan maktabgacha ta’limda barkamol shaxsni voyaga etkazishga zamin tayyorlaydigan dastlab “Uchinchi ming yillik bolasi”, keyinchalik esa “Bolajon” dasturi orqali yosh avlodning sog`lom, har tomonlama kamol topib shakllanishi ta’minlanmoqda, ularda Vatanga muhabbat, tahsil olishga intilish hissini uyg`otish orqali olamni tanish, dunyoqarashini shakllantirish borasida izchil va muntazam ta’lim- tarbiya jarayonini tashkil etish yo’lga qo’yilgan. Maktabgacha ta’limning asosiy vazifasini amalga oshirishda davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari, oilalar, mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlarning o’rni beqiyos.

Kadrlar tayyorlash milliy modelini amaliyotga og`ishmay tatbiq etishda uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o’qituvchi-pedagoglar tarkibini tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini qayta tashkil

etish, o’quv muassasalarining o’quv-metodik bazasini butunlay qayta ko’rib chiqish asosida zamonaviy talablarga javob beradigan yangi standartlar, darslik va o’quv-uslubiy qo’llanmalarni yaratish, tasdiqlash bo’yicha ham keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, yuqorida qayd etilgan holatlarning barchasi kadrlar tayyorlash milliy modelining puxta o’ylangan, samarali model ekanligini tasdiqlaydi. Milliy modelning amaliy qiymatini uning O’zbekistonda ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashdagi o’rni va roli bilan belgilash mumkin.


Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin