Iymajm u a 1 Buxoro 2020


O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasining mazmun-mohiyati



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə15/184
tarix02.01.2022
ölçüsü1,19 Mb.
#46036
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   184
мажмуа хукукий

O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasining mazmun-mohiyati.


O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov Konstitustiyaning 8 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimda shunday degan edi: “Men Konstitustiyani bolalar bog`chasidan boshlab o’rganishni, maktablarda darslik tariqasida o’qitishni, oliy o’quv yurtlarida mahsus bir dars sifatida o’rganishni bugun barcha mutassaddi raxbar va tashkilotlarimizga topshiriq tariqasida aytmoqchiman. Toki unib – o’sib kelayotgan yosh avlodimiz Konstitustiyaning mazmun-mohiyatini, u xalqimizning istiqlol yillarida erishgan ulkan tarixiy yutuq ekanini teran anglab etsin”. Maqsad yagona, o’sib kelayotgan yosh avlodning huquqiy savodxonligi qancha erta shakllantirilsa, huquqiy madaniyati ham shunchalik yuqori bo’lishiga sabab bo’ladi.

“Konstitustiya” atamasi lotincha so’zdan olingan bo’lib, “o’rnatish”, “belgilash” degan ma’nolarni anglatadi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag`ishlangan tantanali tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoev Asosiy qonunimizning ahamiyati haqida gapirib, quyidagilarni ta’kidlagan edi: “Xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi va butun hayotini tubdan o’zgartirgan ushbu muhim siyosiy hujjatni ishlab chiqishda Islom Abdug`anievichning konsteptual ahamiyatga ega, teran fikrlari mustahkam zamin bo’ldi.

Oliy Kengash deputati sifatida men ham Konstitustiyaviy komissiya tarkibida Bosh qomusimizni yaratish va qabul qilish jarayonida bevosita

ishtirok etganimni doimo faxrlanib eslayman. Konstitustiyamizning qanday qilib hozirgi mazmun va shaklga kelgani, bu murakkab jarayonda kechgan qizg`in tortishuv va bahs-munozaralar bugungidek yodimda.

Haqiqatan ham, 90-yillardagi o’ta og`ir davrda Asosiy qonunimiz loyihasini ishlab chiqishda Islom Abdug`anievichdek keng miqyosda, strategik fikrlaydigan, uzoqni ko’ra oladigan buyuk siyosiy arbobning bu ishga rahbarlik qilgani hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.

Yosh davlatimiz endigina oyoqqa turib kelayotgan qaltis va nozik bir vaziyatda turli tor manfaatlar, mahalliychilik, separatizm va millatchilik kabi salbiy holatlarga mutlaqo yo’l qo’yib bo’lmasdi.

Asosiy qonunimizda umume’tirof etilgan demokratik prinstiplar bilan birga, xalqimizning bebaho qadriyatlari va boy davlatchilik tajribasini ifodalash muhim edi. Aynan Birinchi Prezidentimizning sa’y- harakatlari bilan Konstitustiyamizda “Inson va uning qadr-qimmati” degan ulug` tushuncha markaziy o’ringa qo’yildi. Muhtaram Islom Abdug`anievich Konstitustiyamizning loyihasi bo’yicha 1992-yil 8-dekabrda, Oliy Kengashning tarixiy sessiyasida so’zlagan nutqida quyidagi fikrni alohida ta’kidlagan edilar: “Biz so’nggi etmish yil mobaynida davlatga qaramlik va sig`inish holatida yashadik. Mamlakatning, undagi barcha boyliklarning, mulkning egasi davlat, deb hisoblab keldik. Ana shu masalada ham Konstitustiyada tub burilish yasalgan. Ya’ni, Asosiy qonunimizga “davlat, uning idoralari va mansabdor shaxslari jamiyat va fuqarolar oldida masuldirlar”, degan modda kiritilgan. Endilikda inson, uning hayoti, ozodligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquq hamda erkinliklari muqaddas sanalib, ular davlat tomonidan kafolatlanadi”.

Birinchi Prezidentimizning ana shu fikrlari u kishining davlat, jamiyat va inson hayoti bilan bog`liq har bir masalaga naqadar teran yondashganidan, shu asosda Konstitustiyamizda eng murakkab savollarga ham javob topish mumkin ekanidan dalolat beradi. Bir so’z bilan aytganda, Islom Karimovni haqli ravishda O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasining muallifi, deb e’tirof etish uchun barcha asoslarga egamiz.

Mustaqil taraqqiyot yillarida Konstitustiyamiz yurtimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni qurish, xalqimiz uchun tinch, obod va farovon hayot barpo etish, O’zbekistonning xalqaro maydonda munosib o’rin egallashida mustahkam poydevor bo’lib xizmat qilmoqda.

Asosiy qonunimiz fuqarolik jamiyatining tarkibiy qismi bo’lgan nodavlat notijorat tashkilotlari va siyosiy partiyalarning shakllanishi, ularning erkin faoliyat yuritishi uchun keng imkoniyatlar yaratdi, saylov

tizimining asosiy tamoyil va qoidalarini mustahkamladi. Bosh qomusimiz Inson huquqlari umumjahon deklarastiyasi va boshqa asosiy xalqaro hujjatlar talablariga to’la mos holda, inson va fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini kafolatlab berdi. Insonning ma’naviy kamol topishi va har tomonlama uyg`un rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.

O’tgan davr mobaynida Konstitustiyamizda muhrlab qo’yilgan tamoyil va qoidalar negizida yurtimizda milliy qonunchilik tizimi barpo etildi.

Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyati yuksalishiga, hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilgan samarali islohotlarga asos bo’ldi.

Fuqarolarimiz huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularning

siyosiy faolligini oshirishda ham Konstitustiyaning o’rni va ahamiyati beqiyos ekanini alohida ta’kidlash joiz”.

O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi qabul qilinganligining

25 yilligiga bag`ishlangan tantanali tadbirda davlat rahbari - Prezident Shavkat Mirziyoev: “To’la ishonch bilan aytish mumkinki, O’zbekiston Respublikasining Konstitustiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. U hech kimga qaram bo’lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati bo’lib kelmoqda. Bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish borasida mustahkam poydevor bo’lib xizmat qilmoqda.

Konstitustiyamiz asosida mamlakatimizda milliy qonunchilik tizimi, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari shakllandi. Bugungi kunda barcha jabhalarda keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyatimiz yuksalib, fuqarolarimizning dunyoqarashi tobora o’sib bormoqda. Bularning barchasi, eng avvalo, Bosh qomusimizning hayotbaxsh kuch-qudrati natijasidir”,- degan fikrni bildirdi.

O’zbekiston Prezidentining ushbu ma’ruzasi “Konstitustiya— erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir” deb nomlangan bo’lib, ma’ruzada Konstitustiyaning qabul qilinish tarixi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, mamlakatimizda Konstitustiya va qonunlar asosida amalga oshirilayotgan islohotlar va istiqboldagi vaziflar to’g`risida to’xtalib o’tilgan.

Jumladan, “Yigirma besh yil – tarix uchun bir lahza, xolos. Shu qisqa davrda jonajon O’zbekistonimiz mustaqil va suveren davlat sifatida shakllanib, jahon hamjamiyatidan munosib o’rin egalladi, tom ma’noda ulkan taraqqiyot yo’lini bosib o’tdi.

Ana shu mashaqqatli va sharafli yo’lda erishgan barcha yutuqlarimizni, eng avvalo, Konstitustiyamiz bilan bog`lashimiz, albatta, bejiz emas. Nega deganda, Asosiy qonunimiz xalqimiz uzoq yillar orzu qilgan milliy mustaqilligimiz va rivojlanish yo’limiz, inson huquq va erkinliklari kafolatlarini belgilab berdi”, - deyiladi ma’ruzada.

Shuningdek, ma’ruzada Konstitustiya yaratilishda unutilmas xizmat qilgan inson – Birinchi Prezident Islom Abdug`anievich Karimov tilga olingan.

Ushbu ma’ruzada: “1990 yil iyun oyida tuzilgan Komissiyaning ikki yillik mashaqqatli mehnati natijasida Konstitustiyaning birinchi, ikkinchi va so’ngra uchinchi loyihalari ishlab chiqildi. Ushbu Komissiya a’zosi sifatida men ana shu tarixiy jarayonda bevosita ishtirok etganimni doimo faxr bilan eslayman. Konstitustiyaning yaratilishi bilan bog`liq qizg`in bahs-munozaralar, turli g`oya va fikrlar hali ham xotiramda.

Asosiy qonunimiz ikki marta – 1992 yil sentyabr va noyabr oylarida umumxalq muhokamasiga olib chiqildi. Loyihalar muhokamasida keng jamoatchilik, butun xalqimiz faol ishtirok etib, mamlakatimizning taraqqiyot yo’li, uning kelajagiga daxldor ko’plab fikr-mulohazalar va takliflar bildirdi.

Umumxalq muhokamasi yakunlariga ko’ra, Bosh qomusimiz loyihasiga 100 ga yaqin tuzatishlar kiritildi va 1992 yil 8 dekabr kuni Oliy Kengash sessiyasida O’zbekiston Respublikasining Konstitustiyasi qabul qilindi”, dedi Shavkat Mirziyoev.

Prezident o’z ma’ruzasida Konstitustiyaga amal qilinishining kafili sifatida jamiyatimizda qonun ustuvorligini ta’minlashni, har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini himoya qilishni o’zining nafaqat vazifasi, eng avvalo, muqaddas burchi, deb hisoblashini ta’kidlagan.

Ma’ruzaning tahlili uni quyidagi ustuvor yo’nalishlarni o’z ichiga qamrab olganligini ko’rsatmoqda.



  1. Konstitustiyaviy prinstiplarning samarali tatbiq etilishini ta’minlash;

  2. Inson huquqlari va erkinliklari ustuvorligini so’zsiz ta’minlash;

  3. Qonun ustuvorligini ta’minlash va adolatli sud tizimini shakllantirish;

  4. Davlat iqtisodiy faoliyati, tadbirkorlik erkinligi, xususiy mulk daxlsizligi kafolatini ta’minlash;

  5. Fuqarolarimizning ijtimoiy va madaniy huquqlarini ta’minlash;

  6. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish.

Konstitustiyaviy - huquqiy normalar yordamida inson, jamiyat va davlat hokimiyatini amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy

munosabatlar tartibga solinadi. Konstitustiyaviy huquq normalari inson, jamiyat va davlat o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tartibga soladi va ta’minlaydi. Bundagi ustuvor yo’nalishlarni va oliy qadriyatlarni aniqlaydi va Konstitustiyaviy amaliyotni belgilab beradi.




    1. Yüklə 1,19 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin