Iymajm u a 1 Buxoro 2020


O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi ta’lim va tarbiya jarayonlarining asosiy qonun xujjati sifatida



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə18/184
tarix02.01.2022
ölçüsü1,19 Mb.
#46036
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   184
мажмуа хукукий

O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi ta’lim va tarbiya jarayonlarining asosiy qonun xujjati sifatida. O’zbekiston Respublikasi demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun xarakat qilar ekan, har tomonlama rivojlangan, erkin shaxsni shakllantirishni o’zining asosiy vazifalaridan biri deb biladi. Ta’lim sohasida maqsadga yo’naltirilgan davlat siyosatini olib borish bu vazifani echishda asosiy vositalardan biridir.

Ta’lim olish huquqi shaxsning asosiy huquqlaridan biridir. O’zbekiston Respublikasi Inson huquqlari umumjaxon deklarastiyasiga (1948 yil) asoslanib berilgan huquqni amalga oshirishning faoliyat ko’rsatayotgan mexanizmini yaratdi.

Ta’lim olish huquqiga tegishli halqaro hujjatlar (1960 yil 14 dekabrdagi Ta’lim soxasidagi kamsitishlarga qarshi kurash to’g`risidagi Konvenstiya) shuni e’tirof etadiki, “ta’lim” iborasi o’qitishning barcha turlarini va bosqichlarini qamrab oladi, hamda ta’lim olish imkoniga ega bo’lish, ta’limning darajasi va sifati, shuningdek, ta’lim berish sharoitlarini o’z ichiga oladi.

Xalqaro huquq normalari boshlang`ich ta’limni majburiy va bepul qilishni, o’rta ta’limni uning barcha turlarida umum erishadigan qilishni va undan hammaning foydalanishini ta’minlashni, oliy ta’limni to’la tenglik asosida va har bir kishining qobiliyatidan kelib chiqib barcha erisha oladigan qilishni, qonunda belgilangan o’qishning majburiyligini ta’minlashni tavsiya etadi.

O’zbekiston Respublikasi o’zi olgan majburiyatlarga amal qilib uzluksiz ta’limning barqaror tizimini yaratdi, shaxsning ta’lim olish huquqini amalga oshirish mexanizmini mustaxkamlab qo’ydi.

Ta’lim olish huquqining mazmuni shundan iboratki, u O’zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi uchun ta’lim va tarbiyaning barcha shakllaridan teng foydalanish imkoniyatini beradi.

Ta’lim olish huquqini amalga oshirish quyidagilar orqali ta’minlanadi:



    • ta’lim olish uchun zarur ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni yaratish;

    • davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining tarmog`ini yaratish;

    • davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning barcha uchun imkoniyati borligi;

    • davlat ta’lim muassasalaridagi ta’limning bepulligi;

    • tayanch ma’lumoti olishning majburiyligi;

    • ta’limning turli shakllarini qo’llash;

      • ta’lim muassasalarining siyosiy partiyalar va ijtimoiy-siyosiy xarakatlarga qaram emasligi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasining 41-moddasida “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”, deb ko’rsatilgan.

Davlat faqat ta’lim olish huquqini amalga oshirish uchun sharoitlar yaratibgina qolmay, mamlakatdagi maktab ishlarini nazorat ham qilib turadi. Hozirgi vaqtda O’zbekistonda har bir kishining ehtiyojiga ko’ra ta’lim olish huquqini ta’minlashning ishchan mexanizmi shakllangan bo’lib, u tegishli moddiy - texnik shart - sharoitlar bilan mustahkamlangan. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini muxofaza qilishga bag`ishlangan barcha qonunlar va huquqiy hujjatlar negizida Konstitustiyada nazarda tutilgan demokratik rux bilan sug`orilgan asosiy g`oya va qoidalar yotadi. Konstitustiya asosida ishlab chiqilgan va qabul qilingan barcha qonunlar Konstitustiyaviy tamoyillarni ijtimoiy hayotning turli sohalarida joriy etilishi uchun muhim vosita vazifasini bajaradi.

O’zbekiston Respublikasining Konstitustiyasida inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari: shaxsiy huquq va erkinliklar, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarga bo’lib belgilab berilgan bo’lib, 37-modda mehnat qilish va erkin kasb tanlash huquqini, 38- modda yollanib ishlayotgan xodimlarning dam olish huquqlarining kafolatlanganligini belgilaydi. O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida esa mehnat qiluvchining mehnatga aloqadaor barcha huquqiy munosabatlari tartibga solingan.


  1. Yüklə 1,19 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin