Iymajm u a 1 Buxoro 2020


Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to’g`risida



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə161/184
tarix02.01.2022
ölçüsü1,19 Mb.
#46036
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   184
мажмуа хукукий

Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to’g`risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari (keyingi o’rinda maktabgacha ta’lim tashkilotlari deb ataladi) maqsadlari va vazifalari, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, shuningdek, ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:

maktabgacha ta’lim tashkiloti — umumiy tipdagi davlat yoki nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti;

davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti — davlat tomonidan moliyalashtiriladigan va boshqariladigan hamda Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablariga muvofiq maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko’rsatadigan tashkilot;

nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan listenziya asosida, shuningdek, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablariga muvofiq maktabgacha ta’lim sohasida ta’lim xizmatlarini ko’rsatuvchi yuridik shaxs;

bolaning qonuniy vakillari — bolaning ota-onalari yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar.

3. Ushbu Nizom ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga va qo’shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.

4. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasiga, O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g`risida»gi Qonuniga va O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablariga, ushbu Nizomga va o’z ustaviga muvofiq amalga oshiradi.

5. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar bo’lishi mumkin.

6. Maktabgacha ta’lim tashkiloti vakolatli davlat organi tomonidan attestastiya asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditastiyadan o’tkaziladi.

7. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs hisoblanadi, O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o’z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va shtampga, mustaqil balansga, byudjet va byudjetdan tashqari shaxsiy g`azna hisobvaraqlariga ega.

8. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga ega, o’z majburiyatlari bo’yicha ixtiyoridagi mol-mulk bilan javob beradi, o’z nomi yozilgan muhr va shtampga ega bo’lishi mumkin.


Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin