11-bob. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini moliyalashtirish
53. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari, bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida saqlash uchun olinadigan ota-onalar to’lovi, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
54. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati ularning muassislari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
55. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qo’shimcha byudjet mablag`larini jalb qilish byudjetdan moliyalashtirishni kamaytirishga olib kelmaydi.
12-bob. Bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotida saqlash uchun ota-onalar to’lovi
56. Tarbiyalanuvchilarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida saqlash deganda tarbiyalanuvchilarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish tushuniladi.
57. Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida saqlash uchun ota-onalar to’lovi qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi.
58. Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida saqlash uchun ota-onalar to’lovi miqdori va uni to’lash shakli ularning muassislari tomonidan belgilanadi.
59. Ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga muhtoj oilalar farzandlarini saqlash uchun ota-onalar to’lovi imtiyozli shartlarda qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |