Dispozistiya – yuridik normaning tarkibiy elementi bo’lib, unda norma bilan belgilangan xulq-atvor qoidasi, taraflarning huquqlari va majburiyatlari belgilanadi. Ifodalash shakliga ko’ra ma’muriy-huquqiy normalarning majburiyat yuklovchi, vakolat beruvchi yoki taqiqlovchi dispozitsiyalari farqlanadi.
Sankstiya ma’muriy-huquqiy normaning elementi sifatida huquqbuzarga nisbatan ko’riladigan ta’sir choralarini aks ettiradi. Bunda har qanday ma’muriy ta’sir emas, balki huquqbuzarlik munosabati bilan qo’llanilishi normada belgilangan ta’sirgina nazarda tutiladi. Mazkur Kodeks normalarini buzganlik uchun qo’llaniladigan ma’muriy-huquqiy sanksiyalar uning 23-moddasida sanab o’tilgan. Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun quyidagi ma’muriy jazo choralari qo’llanilishi mumkin: 1) jarima; 2) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo’lgan ashyoni haqini to’lash sharti bilan olib qo’yish; 3) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita