Iymajm u a 1 Buxoro 2020


Sodir etiladigan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik va uning turlari



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə180/184
tarix02.01.2022
ölçüsü1,19 Mb.
#46036
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   184
мажмуа хукукий

Sodir etiladigan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik va uning turlari.


Ma’muriy-huquqiy munosabatlar o’z mazmuniga, ishtirokchilari huquq va majburiyatlarining o’zaro nisbatiga, shuningdek ularni vujudga keltiruvchi yuridik faktlarning xususiyatiga ko’ra bir-biridan farq qiladi.

Mazmun jihatidan ma’muriy-huquqiy munosabatlar moddiy va prostessual bo’ladi. Moddiy ma’muriy-huquqiy munosabatlar qatoriga boshqaruv sohasida yuzaga keluvchi va ma’muriy huquqning moddiy normalari bilan tartibga solinuvchi ijtimoiy munosabatlar kiradi. Ma’muriy- protsessual munosabatlar–boshqaruv sohasida individual-konkret ishlar hal qilinishi tufayli yuzaga keladigan va ma’muriy-huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan munosabatlardir. Masalan, fuqarolarning arizalari va shikoyatlarini ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan hal qilish bilan bog`liq bo’lgan munosabatlar ma’muriy- protsessual munosabatlar hisoblanadi. Moddiy va protsessual ma’muriy- huquqiy munosabatlarning o’zaro aloqasi shundan iboratki, moddiy munosabatlar protsessual munosabatlar vositasida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, protsessual ma’muriy-huquqiy munosabatlar vositasida huquqning boshqa tarmoqlari (moliya, er, ekologiya va boshqa) huquqiy munosabatlari ham hayotga joriy etiladi.

Ma’muriy-huquqiy munosabatlarda qonuniy va g`ayriqonuniy harakatlar farqlanadi.

Qonuniy harakatlar doim ma’muriy-huquqiy normalarning talablariga mos keladi. Fuqarolarning va ma’muriy-huquqiy munosabatlar boshqa ishtirokchilarining qonuniy harakatlari yuridik faktlar sifatida amal qiladi. Masalan, fuqaroning shikoyat berishi u bilan shikoyat berilgan ijro etuvchi organ (mansabdor shaxs) o’rtasida muayyan ma’muriy-huquqiy munosabat yuzaga kelishiga sabab bo’ladi.

Ma’muriy huquqqa doir yuridik faktlarning o’ziga xos xususiyati shundaki, qonuniy harakatlarning asosiy turi sifatida ijro etuvchi hokimiyat sub’ektlarining invidual xususiyat kasb etuvchi, ya’ni muayyan shaxs va ishga taalluqli bo’lgan huquqiy hujjatlari xizmat qiladi. Ularning bevosita yuridik natijasi – ma’muriy-huquqiy munosabat yuzaga kelishi, uning o’zgartirilishi yoki bekor qilinishidan iborat bo’ladi.

G`ayriqonuniy harakatlar ma’muriy-huquqiy normalarning talablariga mos kelmaydi, aksincha ularni buzadi. Bular – intizomiy va ma’muriy qilmishlar (ular, ayniqsa, davlat boshqaruvi sohasiga ko’proq xos). Ular yurisdiksion (vakolatni amalga oshirish bilan bog`liq) huquqiy munosabatlar yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. G`ayriqonuniy harakatlar qatoriga harakatsizlik ham kiradi (masalan, tegishli ichki ishlar organi jamoat tartibini ta’minlash bo’yicha zarur choralar ko’rmagani).


Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin