5.1-reja: Ta’lim muassasalarida huquqiy tartibotni ta’minlash tushunchasi.
“Ma’muriy huquq” atamasi lotincha so’zdan olingan bo’lib, “boshqaruv huquqi” ma’nosini anglatadi. Shu sababli, “Ma’muriy huquq” fanining mazmun-mohiyatini ochib berishdan avval boshqaruv, davlat boshqaruvi tushunchalarining mohiyatini anglab olish lozim bo’ladi.
Boshqaruv davlat paydo bo’lmasdan oldin vujudga kelgan bo’lib, kimnidir yoki nimanidir yoxud qandaydir faoliyatni “yo’naltirish, unga rahbarlik qilish” ma’nosini anglatadi.
Boshqaruv mazmunini ochib beruvchi “tizim” tushunchasi quyidagi xususiyatlarning mavjudligi bilan tavsiflanadi:
a) boshqaruvning maqsadi va vazifalari; b) boshqaruv sub’ekti va ob’ekti;
v) boshqaruv funksiyalari;
g) boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi;
d) tizim elementlarining yagonaligi, mustaqilligi va o’zaro aloqasi; e) faoliyatning ma’lum bir shakl va uslublari.
Davlat boshqaruvi - ommaviy ehtiyoj va manfaatlarni anglash, ularni baholash va tarkibiy qismlarga ajratish, aniq maqsadlarni qo’yish, ma’lum bir qarorlarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash uchun mavjuddir. Shu sababli, davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirishning ijtimoiy mexanizmi o’zaro bog`liq bo’lgan ijtimoiy hodisalarning, ya’ni htiyoj – manfaat – maqsad – qaror – harakat - natijaning yagona zanjiri sifatida namoyon bo’ladi.
Ma’muriy huquq davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonidagi ijtimoiy munosabatlarni, ya’ni davlat organlarining ijro
etish va farmoyish berish faoliyatida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.
Davlat boshqaruvi o’z mohiyatiga ko’ra ijtimoiy hayotning eng muhim tomonlarini qamrab oladi. Bu jarayonda xo’jalik tashkilotchilik, ijtimoiy- madaniy ishlar amalga oshiriladi, mamuriy-siyosiy masalalar hal qilinadi.
Davlat boshqaruvini tashkil etish va boshqaruvni amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan turli-tuman ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig`indisi - ma’muriy huquq tarmog`ini tashkil etadi.
Ma’muriy huquq – huquq tizimining yirik, murakkab va rivojlangan tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Bu, uning tartibga solinuvchi predmetining o’ziga xos xususiyatlaridan, munosabatlarning keng qamrovliligidan kelib chiqadi. Ijro hokimiyati, boshqaruv faoliyati va boshqaruvning o’zi davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olganligi sababli, ma’muriy huquq - huquq tizimida markaziy o’rinni egallaydi hamda boshqa huquq tarmoqlariga ta’sir ko’rsatadi yoki, aksincha, ularning ta’siriga uchraydi.
Ma’muriy huquq – davlat huquqi normalarini yanada aniqlashtirib va to’ldirib, fuqarolarning ko’pgina hukuk va majburiyatlarini, ularning boshqaruv organlari orqali amalga oshirish mexanizmini hamda ushbu huquqlarni har kanday buzilishlardan himoya qilishni belgilaydi.
Ma’muriy huquq – davlat organlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini, uning vazifa va maqsadlarini, vakolatlari hamda huquqiy maqomining boshqa tomonlarini, tuzilishi va faoliyat jarayonini belgilab beradi.
Ma’muriy huquq – boshqariluvchi ob’ektlarnnng aloqalarini tartibga solib turadi. Ushbu normalar rejalashtirish tartibini, moddiy resurslarni taksimlashni, ish haqini belgilashni ham mustahkamlaydi.
Ma’muriy huquq – jamoat tashkilotlari va jamoat organlarining huquqiy maqomini o’rnatishda katta ahamiyatga egadir.
Ma’muriy huquqning asosiy manbai – bu 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan va 1995 yil 1 apreldan kuchga kiritilgan O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g`risidagi kodeksidir. Ushbu kodeksga binoan ma’muriy javobgarlik to’g`risidagi qonun hujjatlari inson va jamiyat farovonligi yo’lida fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mulkni, davlat va jamoat tartibini, tabiiy muhitni muhofaza qilishni, ijtimoiy adolat va qonuniylikni ta’minlashni, ma’muriy huquqbuzarliklar to’g`risidagi ishlarning o’z vaqtida va ob’ektiv ko’rib chiqilishini, shuningdek, bunday huquqbuzarliklarning oldini olishni, fuqarolarni O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashni
o’z oldiga vazifa qilib qo’yadi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun Ma’muriy javobgarlik to’g`risidagi kodeks – qanday harakat yoki harakatsizlik ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanishini, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan qaysi organ (mansabdor shaxs) tomonidan qay tartibda qanaqa ma’muriy jazo qo’llanilishi va ijro etilishini belgilaydi.
Ma’muriy huquqning keng tarqalgan manbalaridan yana biri – bu O’zbekiston Respublikasining qonunlaridir. Bir necha davlat boshqaruvi organlarining huquqiy maqomi joriy qonunlarda o’z ifodasini topgan.
Nizom - muayyan davlat tuzilmalarini (masalan vazirliklar, davlat qo’mitalarining) tashkil etish tartibini, tuzilishini, vazifasi, funksiyasi va vakolatlarini belgilab beruvchi majmuiy tizimlashtirilgan aktdir. Jumladan, O’zbekiston Respublikasida tashkil etilgan barcha vazirliklar, davlat qo’mitalari o’z faoliyatlarini qonunlar hamda nizomlar asosida amalga oshiradilar. Nizom - boshqaruv aktlarining eng ko’p tarqalgan turlaridan biridir. Nizom muayyan huquq ijodkorlik organi yoki vakolatli mansabdor shaxs tomonidan tasdiqlanadi. Eng ahamiyatli sohalarga taalluqli va yuridik kuchi yuqoriroq bo’lgan nizomlar O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |