bitta belgi asosida predmetlarni ajratadi;
olti rangni farqlaydi va ajratadi;
bir xil poyini topadi;
rasmlardagi predmetlarni taniydi va nomini aytadi;
jonli ob’ektlarga qiziqish bildiradi;
predmetlar yasalgan materialni farqlaydi (qog`ozdan, taxtadan, temirdan) ;
xonani kuzatadi va o’zi turgan joyni aniqlaydi;
atrof-muhitga qiziqish bildiradi.
|
rasmlarni solishtiradi;
2-3 belgi asosida guruhlarga ajrata oladi;
jonzodlarni asosiy ehtiyojlarini ta’riflaydi va taqqoslaydi (hayvonlar: ovqat eydi, nafas oladi, harakatlanadi va hokazo) ;
hayot uchun suv, havoning ahamiyatini ta’riflaydi;
kun qismlarini nutqida to’g`ri qo’llaydi va biladi (ertalab, peshin, kechqurun, kechasi) ;
yil fasllarini tavsiflaydi;
atrof olamga faol qiziqish bildiradi.
|
rasm asosida syujetni eslab qoladi va gapiradi;
ketma-ketlikni saqlagan holda fikr yuritadi, mulohaza qiladi;
turli hayvonlarning yashash joylarini aytadi (baliq suvda yashaydi, bo’ri o’rmonda) ;
geografik tushunchalarni biladi (er, dengiz, tog`, daryo) ;
oddiy sabab va oqibat aloqalarni tushunadi (yomg`ir yog`yapti — panaga o’tish kerak) ;
sinash va xatolarni tahlil qilish yo’li bilan amaliy vazifalar echimini topishga harakat qiladi (mashinani yurg`izish uchun kalitni burash kerak) ;
ob’ektlarni tizimga solad.
|
atrof-olam haqida mustaqil ma’lumot izlaydi;
kuzatuvlar asosida xulosa qiladi va umumlashtiradi;
yil fasllari va voqea-hodisa ketma-ketligini aytadi;
rasmlar bo’yicha ketma-ketlikni saqlagan holda fikr yuritadi, mulohaza qiladi;
o’z mamlakati va uning ramzlari haqida tushunchaga ega;
o’z xalqining ayrim milliy an’analari va odatlarini biladi;
bolalar enstiklopediyasidan foydalana oladi (kerakli ma’lumotni topa oladi) ;
ichki va tashqi belgilarga ko’ra predmetlarni guruhlarga ajratadi (rangi, shakli, hajmi, vazni, harakatlanish tezligi, vazifasiga qarab).
|