Iymajm u a 1 Buxoro 2020


Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə92/184
tarix02.01.2022
ölçüsü1,19 Mb.
#46036
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   184
мажмуа хукукий

Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar tomonidan qo’shma qarorlar tarzida me’yoriy - huquqiy hujjatlar qabul qilinishi mumkin.

Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning tarkibiy bo’linmalari hamda hududiy organlari me’yoriy - huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli emas.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari o’z vakolati doirasida qarorlar

tarzida me’yoriy - huquqiy hujjatlar qabul qiladi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari O’zbekiston Respublikasining Konstitustiyasi va qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati yuqori turuvchi organlarining qarorlari asosida va ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.

Turli me’yoriy - huquqiy hujjatlarning yuridik kuchi bo’yicha o’zaro nisbati O’zbekiston Respublikasining Konstitustiyasiga, me’yoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qilgan organlarning vakolatiga va maqomiga, ushbu hujjatlarning turlariga, shuningdek, me’yoriy-huquqiy hujjat qabul qilingan sanaga muvofiq belgilanadi.

Me’yoriy - huquqiy hujjat o’ziga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo’lgan me’yoriy -huquqiy hujjatlarga muvofiq bo’lishi shart.

Me’yoriy - huquqiy hujjatlar o’rtasida tafovut bo’lgan taqdirda, yuqori yuridik kuchga ega bo’lgan me’yoriy - huquqiy hujjat qo’llaniladi.

Teng yuridik kuchga ega bo’lgan me’yoriy - huquqiy hujjatlar o’rtasida tafovut bo’lgan taqdirda, keyinroq qabul qilingan hujjat qoidalari amal qiladi.

Agar me’yoriy - huquqiy hujjatni qabul qilgan vazirlikning, davlat qo’mitasining yoki idoraning ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solish uchun maxsus vakolati bo’lsa, ushbu organ qabul qilgan hujjat bir xil darajadagi boshqa vazirlik, davlat qo’mitasi yoki idora tomonidan qabul qilingan me’yoriy - huquqiy hujjatga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo’ladi.

Har bir suveren davlatning bosh huquqiy asosi bu uning Konstitustiyasidir. O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasining yaratilishi o’ziga xos rivojlanish yo’lini bosib o’tganligi bilan tavsiflanadi. O’tish davridagi murakkab zamonda yaratilgan ushbu bebaho va benazir hujjat asosiy

qonun shaklida jamiyatning, xalqning manfaati hamda kelajagiga umid va ishonch uyg`otdi, ijtimoiy taraqqiyotga mo’ljal oluvchi yo’lchi yulduz bo’lib xizmat qilib kelmoqda.

O’zbekiston Konstitustiyasining ishlab chiqilishi va qabul qilinishi O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomi bilan bog`liq. Ma’lumki O’zbekiston Respublikasining Konstitustiyasi qizg`in muhokamalar natijasida suveren demokratik davlatning Konstitustiyasi sifatida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilindi. Asosiy qonunimiz davlat mustaqilligimizning mevasi, mahsuli xalq manfaatini ta’minlovchi oliy qonun sifatida yaratildi va hurligimiz madhiyasi sifatida yashamoqda. Konstitustiya kelajagi buyuk O’zbekistonning qad rostlashi uchun, adolatli huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun mustahkam huquqiy poydevor bo’lishi shak-shubxasizdir.

O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasining o’ziga xos xususiyatlarini quyidagilarda:



birinchidan, ushbu hujjatda huquqiy va siyosiy ongning eng yuksak yutuqlarini, xozirgi zamon, konstitustiyaviylik ilmini o’ziga jalb etgani, o’zbek xalqi madaniyati va milliy an’analarining chuqur ildizlariga suyanilganligi;

ikkinchidan, bu hujjat, O’zbekiston Respublikasidagi avvalgi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy tizimni amalda boshqa tizimga aylanganligini, tubdan o’zgarish ro’y berganini Konstitustiyaviy mustahkamlaganligini ko’rish mumkin.

Bir so’z bilan aytganda O’zbekiston Respublikasining Konstitustiyasi mazmunan yangi siyosiy hujjatdir. Unda ijtimoiy-siyosiy xususiyat, uni rivojlantirishning asosiy g`oyalari, respublika ichki va tashqi siyosatining eng muhim yo’nalishlari belgilab berildi. Asosiy qonun dunyo siyosiy xaritasida yangi suveren davlat - O’zbekiston Respublikasi paydo bo’lganligini mustahkamlab qo’ydi.




Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin