Iymajm u a 1 Buxoro 2020


Me’yoriy-huquqiy hujjatlar tushunchasi va turlari



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə90/184
tarix02.01.2022
ölçüsü1,19 Mb.
#46036
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   184
мажмуа хукукий

Me’yoriy-huquqiy hujjatlar tushunchasi va turlari.


Me’yoriy-huquqiy hujjat deb me’yoriy hujjatlar to’g`risidagi Qonunga muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat ko’rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o’zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatga aytiladi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O’zbekiston Respublikasining Prezidenti, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo’lgan organlar yoki mansabdor shaxslar hisoblanadi. Me’yoriy-huquqiy hujjatlarning turlariga quyidagilar kiradi:

  1. O’zbekiston Respublikasining Konstitustiyasi;

  2. O’zbekiston Respublikasining qonunlari;

  3. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;

  4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari;

  5. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;

  6. Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari;

  7. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.

Me’yoriy-huquqiy hujjatlar qonun hujjatlaridir va ular O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari majmuini tashkil qiladi.

O’zbekiston Respublikasining Konstitustiyasi va qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari qonunlardir. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari qonunosti hujjatlaridir.

O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi va qonunlarining ustuvorligi so’zsiz tan olinadi.

O’zbekiston Respublikasining Konstitustiyasi oliy yuridik kuchga ega va O’zbekiston Respublikasining butun hududida qo’llaniladi.

O’zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar O’zbekiston Respublikasining Konstitustiyasi asosida va uni ijro etish uchun qabul qilinadi hamda uning normalari va prinstiplariga zid kelishi mumkin emas.

O’zbekiston Respublikasining qonunlari eng muhim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan yoki referendum o’tkazish yo’li bilan qabul qilinadi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari O’zbekiston Respublikasining Konstitustiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qarorlar tarzida me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.


Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin