Mavzu: Dinshunoslik fani predmeti va vazifalari.
Dinning kelib chiqishi va ibtidoiy shakllari.
Reja:
1.Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari.
2.Dinning ijtimoiy vazifalari.
3.Ilk diniy tasavvurlar va din shakllari.
1.Dinshunoslik fanini o’qitishdan maqsad – kishilarda dinning kelib
chiqishi, evolyustiyasi, hozirgi davrdagi holati, insoniyat hayotida tutgan o’rni
haqida umumiy ilmiy tushunchalar berishdan iborat.
Kursning vazifasi – kishilarda din to’g’risida
bilim berish orqali kurs
doirasiga kirgan masalalarni tahlil etishda ilmiylik va ob’ektivlik uslubini
qo’llab, ularda diniy qarashlar taraqqiyotga, insonni kamolotiga xizmat
qiladigan
jihatlarni ajratib olish, mustaqil fikr yuritish orqali ilmiy-falsafiy
dunyoqarashga asoslangan iymon va e’tiqodni shakllantirishdan iboratdir.
Ibtidoiy din shakllaridan tortib to urug’, qabila va milliy dinlargachyaa,
ularda jahon dinlarining paydo bo’lishi va rivojlanishining ijtimoiy gnoseologik
(nazariy bilish) va psixologik ildizlari mavjuddir. Ana shularni har tomonlama
tarixiy dalillar asosida ilmiy tahlil qilish mazkur kursning yana bir
vazifalaridandir.
Mustaqillik yillarida dinga yangicha qarash va munosabat natijasida biz
uchun nisbatan yangi bo’lgan dinshunoslik fani vujudga keldi. Uni o’rganishda
chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borish, chet ellik mutaxassislarning ilmiy tajriba
va asarlaridan keng foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Movaraunnaxr hududida VIII asrdan boshlab islom yagona hukmron
dinga aylanganligi sababli uning shaxs, oila, jamiyat hayotiga kirib borishi,
madaniyat va ma’naviyatni boyishiga qo’shgan hissasi xususida yoshlani ilmiy,
falsafiy bilimlar bilan qurollantirish ko’zda tutiladi. Milliy va diniy
qadriyatlarning tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlariga
uyg’unlashishi,
hozirgi
mustaqil
O’zbekiston sharoitidagi ahamiyati
tushuntiriladi. Dinshunoslik fanining mazmuni talabalarda din, uning turli
shakllari, ta’limotlari, yo’nalishlari, mazhablari haqida to’g’ri ilmiy xulosalar
chiqara oladigan, diniylik va dunyoviylik munosabatlarini asosli tahlil qila
oladigan ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Bunga erishishda
O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to’g’risida»gi Qonun, Jinoyat, Fuqarolik, Oila kodekslaridagi din va vijdon
erkinligi haqidagi ko’rsatmalar, qoidalar dasturulamal bo’lib xizmat qiladi.
Eng qadimgi zamonlardan boshlab falsafiy tafakkurda din masalasi
faylasuf olimlar diqqatini o’ziga jalb etib kelgan. Dinga ta’rif va tavsiflar
berilgan. Falsafiy dunyoqarashda dinni g’oyalar tizimi sifatida tahlil etuvchi din
falsafasi yo’nalishi shakllangan. Psixologiya fani tarmoqlari murakkab hodisa
bo’lgan dinni inson ruhiyati bilan bog’liq holda tahlil qilganlar. Buning
natijasida din psixologiyasi fani shakllangan va rivojlangan. Dinshunoslik