ko’rsatadigan va o’rgatadigan ilohiy qudratga, ishonch va ishonishni ifoda
etadigan maslak, qarash, ta’limotdir.
Din muayyan ta’limotlar, his-tuyg’ular, toat-ibodatlar va diniy
tashkilotlar faoliyatlari orqali namoyon bo’ladi. U olam, hayot yaratilishini
tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyat
paydo bo’lgandan to bizgacha bo’lgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir.
Din komil insonni tarbiyalashda salmoqli tarbiyalovchi qudratga ega bo’lgan
ma’naviy-axloqiy kuchdir.
Din umumiy nuqtai nazarga ko’ra ishonch tuyg’usidir. Bu tuyg’u
insonning eng teran va go’zal ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridan biridir. Dunyoda
dini, ishonchi bo’lmagan xalq mavjud emas. Xalq dinsiz, biron-bir narsaga
ishonchsiz yashay olmaydi.
Sostiologik nuqtai-nazarga ko’ra din jamiyat uchun zaruriy narsa,
ijtimoiy hayotning ajralmas qismidir. U ijtimoiy munosabatlarni yuzaga
keltiruvchi va amalga oshiruvchi omil sifatida namoyon bo’ladi.
Sobiq Ittifoqning barcha oliygohlarida boshqa ijtimoiy fanlar qatori
«Ilmiy ateizm» (a-inkor, teo-xudo) kursi o’qitilib kelinar edi. Uning dasturida
dinlarning paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi, mohiyati va jamiyatda tutgan
o’rnini tahlil qilishga nisbatan marksistik dahriylik ta’limotiga keng o’rin berilar
edi. Bu holat dahriylik ta’limotining mazmunini, ijtimoiy ongdagi tutgan o’rnini
ortiqcha baholashga sabab bo’lgan.
Din, diniy tashkilotlar, dindorlarga nisbatan qo’llanilgan sovet siyosati
din xususidagi ilmiy tamoyillarni buzilishiga sabab bo’ldi. Siyosatning asosiy
maqsadi dinni, diniy tashkilotlarni ijtimoiy hayotdan tezroq chetlashtirish va
ularni qattiq nazorat ostida ushlab turish edi. Bu esa jamiyatni tez orada emirilib
ketishiga asos bo’ldi.
2.Dinning vazifalari deganda uning alohida shaxs va jamiyatga ta’sir
qilish yo’li va tabiati nazarda tutiladi. Dinning jamiyatda bajaradigan ijtimoiy,
ma’naviy-ruhiy vazifalari quyidagilardan iborat: