Reja: Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari



Yüklə 73,04 Kb.
səhifə4/11
tarix20.11.2023
ölçüsü73,04 Kb.
#164448
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Reja Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari-fayllar.org

3) Uchinchidan, har bir din o’z qavmlari turmushini tartibga solib, 

nazorat qiluvchilik vazifasini bajaradi. Dinlar o’z urf-odatlarining, marosim va
bayramlarining qavmlari tomonidan o’z vaqtida, qat’iy tartibga amal qilga holda 
bajarilishini shart qilib qo’yadi.

Masalan, islomda kuniga 5 mahal namoz o’qilishi, har hafta juma 

namozini jo’me masjidlarida ado etilishi, Ramazon oyida bir oy ro’za tutilishi

ro’za (iyd al-fitr) va qurbon (iyd al-adho) hayitlarining nishonlanishi 

musulmonlarning hayot tarzini tartibga solib turadi. 
4) To’rtinchidan, din aloqa bog’lashlik, birlashtiruvchilik vazifasini
bajaradi, ya’ni har bir din o’z qavmlarining birligini, jamiyat bilan shaxsning 
o’zaro aloqadorlikda bo’lishini ta’minlashga intiladi. Bunda u yoki bu dinga
e’tiqod qiluvchi kishilarning o’z dinidagi boshqa birodarlari bilan aloqador 
ekanligi, o’zaro huquq va burchlarining borligini, urf-odat va ibodatlarni jamoa
bo’lib bajarilishini lozimligini nazarda tutadi. 


5) 

Beshinchisi, 
dinning

legitimlovchilik-qonunlashtiruv-chilik 
vazifasi. Dinning bu vazifasini yirik amerikalik sostiolog Talkott Parsons ishlab 
chiqqan. Uning fikricha, «har qanday ijtimoiy tizim muayyan cheklovlarsiz
mavjud bo’la olmaydi. Buning uchun u qonun darajasiga ko’tarilgan axloq 
me’yorlarini ishlab chiqishi kerak. Din bunday me’yorlarni qonunlashtiribgina
qolmay, ularga bo’lgan munosabatni ham belgilaydi». 


6) Oltinchisi, dinning falsafiy-nazariy vazifasi. Bu vazifa insonga
yashashdan maqsad, hayot mazmuni, dorulfano va dorulbaqo dunyo 

masalalariga o’z munosabatini bildirib turishdan iboratdir.



Kishilik jamiyati din doimio u bilan birga bo’lganmi yoki qandaydir 

davrda jamiyat dinsiz yashaganmi, degan savolga turli fikrlar bildirilgan. Bu – 

dinning tarixiyligi masalasi bo’lib, unga ikki xil javob berganlar. Birinchisi

marksistik ta’limotning sobiq tarafdorlari fikricha, «qandaydir muddat insoniyat 

dinsiz yashagan va jamiyatning muayyan bosqichida – yuqori paleolit davrida, 





bundan 20-40 ming yil avval din paydo bo’lgan», deyilgan. Ikkinchisi, «dinning 

kelib chiqishi insoniyatning paydo bo’lishi bilan bevosita bog’liq» degan fikrdir. 

Diniy tafakkurning shaxsiy yoki ijtimoiy ildizlari muammosini hal qilish 

bilan dinning kelib chiqishi muammosini hal qilish mumkin bo’ladi. E.Taylor 

kabi evolyustion yo’nalishdagi pozitivistlarning chiqargan xulosasiga ko’ra, 

dinning ildizini «faylasuflik qilgan yovvoyi odam»ga taqaydilar. Ya’ni, «u o’z-

o’ziga borliq, o’zini o’rab turgan olamning paydo bo’lishi va o’zi kuzatgan 

hodisalarning haqiqati haqida savol bergan. Unda fikrlash yuqori darajada 

bo’lmagan. Shundan so’ng unda ruhlar, xudolar, farishtalar haqida tasavvurlar 

paydo bo’lgan». Dinning kelib chiqishi haqida yana bir nazariya mavjud: 

«Birinchi yolg’onchi birinchi nodonni uchratganda din paydo bo’ldi». Bunda 

din yomon niyatli kishilarning o’ylab topgan narsasi bo’lib chiqadi. Bu ikkala 

nazariya ham hech qanday ilmiy asosga ega emas. Faylasuflik qilgan yovvoyi 

odam konstepstiyasi bo’yicha «ibtidoiy odam yolg’iz holdagi chuqur fikr 

yurituvchi bo’lgan. U o’z oldiga ulkan savollarni qo’ygan. Bu savollar uning 

kundalik hayotida kerak emas edi. Shuni ham unitmaslik kerakki, ibtidoiy 

odamning fikr yuritishi uning kundalik ishlab chiqarish faoliyati bilan bog’liq 

bo’lgan. Bu faoliyatning tabiati, shart-sharoitlari birgina odamga tegishli 

bo’lib qolmay, barchaga barobar, ijtimoiy guruh, qabila, urug’, xalqqa tegishli 

edi». Dinning kelib chiqishi to’g’risidagi «bir odam boshqalarni aldashi 

natijasida kelib chiqqan» degan fikr ham tanqidga uchragan. Boshqa fikrga 

ko’ra «din – bu jamiyatdagi kishilarning baravariga o’z-o’zlarini aldashi 

natijasida kelib chiqqan. Shuning uchun ham din ijtimoiy hodisadir degan 

xulosaga kelish mumkin» deydilar. Din insonning ruhiy dunyosi bilan 

chambarchas bog’liq bo’lib, uning ijtimoiy hayotida doimo u bilan birga bo’ldi. 

Shuning uchun ham dinni o’rganish – bu insoniyatni o’rganish demakdir. Dinni 

insoniyatdan, insoniyatni dindan ajratib bo’lmasligini tarixning o’zi isbotladi. 

«Kommunistik jamiyatda din yo’q bo’lib ketadi» deyilgan fikrning aksicha 

kommunizm hayoliy narsa-yu, din doimo ekanligi amalda isbotlandi. Demak, din 

insoniyat bilan doimo birga bo’lgan.
Dinlar unga e’tiqod qiluvchilarning soni, miqyosi, o’zining ma’lum 
millat yoki xalqqa xosligi yoki millat tanlamasligiga qarab quyidagi turlarga
bo’linadi: 



Yüklə 73,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin