Ayrtom yodgorligi janubiy O‘zbekistondagi mezolit davri yodgorliklaridan biri hisoblanadi. U Termizdan 18 km sharqda, Amudaryoning o‘ng sohilida joylashgan ko‘p qatlamli yodgorlikdir. Bu yerdan mezolit davriga oid tosh qurollar, nukleuslar, pichoqsimon paraqalar, uchrindilar, qirg’ichlar, teshgichlar, tosh parmalagichlar, o‘q va nayza uchlari topilgan. Ular Obishir, Tutqovul, yodgorliklaridan topilgan tosh qurollariga o‘xshab ketadi. Dastlab Ayritom yaqinida Amudaryo tubidan odam haykalchalari ishlangan friz (piramon) parchalari topilgan (1932), 1933 y. M. YE. Masson rahbarligidagi Termiz arxeologiya kompleks ekspeditsiyasi Ayritomda qazish ishlari olib borib, yana 7 ta friz bo‘laklari hamda budda ibodatxonasi xarobasini topgan. Frizlar 1—2 – a. larga oid bo‘lib, ularda qo‘shnay, chiltor, ud, nog‘ora chalayotgan sozandalar va gulchambarlar, meva solingan idishlar ko‘tarib olgan yigit-qizlar ifodalangan. Bundan tashqari A. dan mil. av. 2 – a. oxiri va mil. 4 – a. larga oid ikkita qabr topilib, ularning biridan qurol-yarog‘lari bilan birga dafn qilingan jangchining, ikkinchisidan idish-tovoqlar hamda zeb-ziynatlari b-n ko‘milgan ayolning skeletlari chiqqan. 1963—66 y. larda Ayritomda O‘zbekiston sanʼatshunoslik ekspeditsiyasi (B. Turg‘unov) ham qazish ishlari olib borgan. Devorlarining kalinligi 1,5 m, bal. 2—2,5 m bo‘lgan 15 ga yaqin eshik va derazasiz xonalar (diniy marosimlar o‘tkazilgan xonalar) topilgan. Xonalarga yuqoridan maxsus zinalar orqali tushilgan. 1978 y. da olib borilgan qazilmada yunon alifbosida 6 qator qilib bitilgan yozuvi bor haykal tagkursisi topilgan. Ayritom moddiy-madaniy yodgorliklari o‘zbek xalqining kushonlar davridagi tarixini madaniy merosini, urf-odatlarini va b. o‘rganishda katta ahamiyatga ega.
Obishir g’or–makoni Farg’ona vodiysining janubidagi Qatron tog’idan topilgan Obishir I va Obishir V g’or–makonlari miloddan avvalgi IX–YIII ming yilliklarga oiddir. Obishir 1 g’or–makoni Haydarkon shaharchasidan 4-5 km sharqda joylashgan. U yerning madaniy qatlamlaridan mikrolitlar, bigizlar, qirg’ichlar, pichoq qadamalari, nukleuslar topilgan. Ular boshqa joylardan topilgan mezolit davri qurollariga o‘xshaydi.Obishir V g’or– makoni esa Obishir 1 dan 200 metrcha g’arbda joylashgan. U yerda 3 ta madaniy qatlam aniqlangan. U yerdan topilgan mehnat qurollarining ishlanish texnikasi Obishir 1 ga o‘xshaydi. U yerning quyi madaniy qatlamlaridan oq–qora va kul rang chaqmoqtoshdan yasalgan mikrolitlar– paraqalar, pichoq qadamalari, qirg’ichlar, keskichlar, teshgichlar, o‘roq–randalar va turli shakldagi nukleuslar topilgan. Shuningdek bu yerdan yovvoyi hayvonlarning parchalangan va sindirilgan suyaklari ham topilgan.

Markaziy Farg’onadan bu davriga oid 100ga yaqin joydan makonlar topilgan. Ulardan Ittak qal’a, Sho‘rko‘l, Achchiko‘l, Yangiqadam, Bekobod, Zambor, Bosqumlar diqqatga sazovordir. U yerlardan har xil shaklda retushlangan va retushlanmagan nukleuslar, qirg’ichlar, paraqalar, mayda geometrik qurollar topilgan. Bu yerda ko‘proq mayda nukleuslar uchrab, yirik nukleuslar deyarli uchramaydi. Bu yerdan topilgan mehnat qurollari qora, yashil, jigarrang chaqmoqtosh, slanets va boshqa toshlardan yasalgan. Bu yodgorliklar ochiq joydagi makonlar bo‘lib, madaniy qatlamlar yo‘q. Tadqiqotchilar fikricha, Markaziy Farg’onadagi ilk va so‘nggi mezolit davri makonlar o‘sha vaqtning o‘zidayoq tashlab ketilgach, buzila boshlagan. Hozirda bu joylar keng qum barxanlari ostida qolgan. Lekin mezolit va neolit davrlarida bu yerlarda ko‘llar bo‘lgan. Ibtidoiy odamlar shu ko‘l sohillarda yashaganlar. Termachilik, ovchilik, baliqchilik bilan shug’ullanganlar.