Reja: Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari



Yüklə 73,04 Kb.
səhifə7/11
tarix20.11.2023
ölçüsü73,04 Kb.
#164448
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Reja Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari-fayllar.org

3)Fetishizm. Franstuzcha fetish so’zi sehrli narsa, tumor, but, sanam
ma’nolarini anglatadi. Feteshizm narsalarni g’ayritabiiy deb ishonish va ularga 
sig’inishni anglatadi. Fetish bo’lib, tosh, tayoq, moddiy buyumlar bo’lishi
mumkin, ya’ni fetishizm jonsiz jismlarga sig’inishdir. Fetishizmning rivojlanishi 
yog’och, loy va boshqa narsalardan yasalgan buyumlar ya’ni hunarmandchilikni
vujudga kelishi bilan bog’liqdir. Ibtidoiy odamlar butlar va tumorlarda 
g’ayritabiiy ilohiy qudratning timsolini ko’rsatganlar. Hozirgi kunda ham uning
asoratlari mavjud bo’lib, ularga sedana, tasbeh, munchoq, qalampirmunchoq, 
isiriq, ko’ztikan, piyoz, sarimsoq, qora murch, daraxtlardan: yong’oq, anjir,
jiyda, archa va boshqalar tabarruklashtirilgan, muqaddas sanaladi. Fetishizm 
unsurlari barcha dinlarda hozirgacha yashab keladi.

Butlar va tumorlarda jamoalar g’ayritabiiy dunyodan keladigan ilohiy 

qudratning timsolini ko’rganlar. Bunday fetishga odatda afsungarlar, 

shamanlar ega bo’lib, ular afsungarlik usullariga ibnoan bunday buyumlarga 

ta’sir ko’rsatganlar. Ibtidoiy odamlarning dastlabki diniy taassurotlari umumiy 

majmuasining shakllanish jarayonida fetishizm yakunlovchi bosqich bo’lib 

qoldi. Haqiqatda, ajdodlarni va tabiatni jonlantirish bilan bog’liq bo’lgan 

animizm, turli totemlar hamda o’lib ketgan ajdodlar shaxsiga bog’liq totemizm 

orqali ibtidoiy odamlar ongida real buyumlar bilan birga ilohiy va illyuziya 

dunyosi borligi haqidagi tushuncha paydo bo’ldi. Natijada ularning ongida 

zamonaviy fikr yuritish qobiliyati mustahkamlandi va nihoyat fetishlarning 

paydo bo’lishi shuni ko’rsatadiki, afsonaviy qudrat faqatgina vaqt va bo’shliqda 

ko’chib yurish xususiyatiga ega bo’lib qolmasdan, balki voqeiylik dunyosidagi 

buyumlarda ham bo’lishi mumkin. Shunday qilib, urug’chilik jamiyatining 

tashkil topish jarayonida ibtidoiy odamlarning ongida dastlabki diniy 

ko’rinishlarning keng, aniq, tartibli majmuasi ishlab chiqildi. Buning ma’nosi 

shuni anglatadiki, diniy tasavvurlar odam hayotining bo’linmas, hattoki asosiy 

qismi bo’lib qoldi. Jamiyat va tabiat qonunlarini, albatta, o’sha dunyo kuchlari 

boshqaradi. Shuning uchun jamoa yaxshi yashayman desa, ozuqalar bilan 

ta’minlangan, kimningdir tomonidan himoyalangan bo’lishni istasa, birinchi 

vazifasi u o’sha g’ayritabiiy kuchlarni juda ham hurmat qilishi kerak edi. Dunyo 

haqidagi bu tasavvurlar vaqt o’tishi bilan takomillashib bordi v insoniyat 

hayotida uzoq vaqt mobaynida o’z ta’sirini o’tkazib keldi. 

Yüklə 73,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin