Reja: Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari



Yüklə 73,04 Kb.
səhifə3/11
tarix20.11.2023
ölçüsü73,04 Kb.
#164448
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Reja Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari-fayllar.org

1) Birinchidan, har qanday din o’z e’tiqod qiluvchilari uchun

to’ldiruvchilik, tasalli beruvchilik vazifasini bajaradi. Masalan, insonda 

doimiy ehtiyoj hosil bo’lish ehtiyojini olaylik. Inson o’z hayoti, turmush tarzi,
tabiat va jamiyat bilan munosabatlari jarayonida hayotiy maqsadlariga erishishi 
ilojsiz bo’lib ko’ringanda, unda qandaydir ma’naviy-ruhiy ehtiyojga zaruriyat
seziladi. Ana shunday ehtiyoj diniy ehtiyojdir. Din bu o’rinda ma’naviy-ruhiy 
ehtiyojni qondiruvchi, tasalli beruvchilik vazifasini bajargan va hali ham
bajarmoqda. 


Masalan, buddaviylik dini rohiblikni targ’ib qilar ekan, bu dunyoda 

orzu-havaslardan, rohat-farog’atdan voz kechgan inson nirvana holatiga 

erishgach, abadiy rohatda bo’lishini ta’kidlaydi. Shuningdek, xristianlikda har 

bir xristian Iso Masihning qaytishiga umid qilgan holda hayotning turli 

muammolarini engib, sabr-bardosh bilan hayot kechiradi. Chunki xristianlik Iso 

Masih qaytib kelgach barcha izdoshlarini saodatli hayotga etkazish haqidagi 

ta’limotni ilgari suradi. Shuningdek, islom dinida ham har bir musulmon bu 





dunyoda erishmagan moddiy yoki ruhiy orzu-istaklariga oxiratda erishishiga 

ishongan holda dunyo orzu-havaslariga ortiqcha berilmay, turmush 

mashaqqatlariga sabr qiladi. 

2) Ikkinchidan, muayyan din o’z ta’limot tizimini vujudga keltirgach,
o’ziga e’tiqod qiluvchilar jamoasini shu ta’limot doirasida saqlashga harakat 
qiladi. Bu hodisa dinning birlashtiruvchilik-integratorlik vazifasi deb ataladi.
Din hamisha muayyan ijtimoiy, etnik va milliy guruhlar ma’naviy hayotining 
o’z ta’sirida bo’lishiga intiladi. Bu ta’sirning muntazamligini ta’minlash
maqsadida din xalqlarning ijtimoiy hayotiga, axloqiy munosabatlariga, 
shuningdek adabiyoti va san’atiga ham ta’sir o’tkazadi.

Masalan, yahudiylikda mazkur din vakillarini bir mafkura atrofida 

saqlab turish uchun ularni bir millat va yagona maslak egalari ekanliklari

yagona hudo Yahvening eng sevimli bandalari ekanliklari uqtiriladi. 

Xristianlikda ham e’tiqod qiluvchilarni bu binga yanada ko’proq jalb etish 

uchun me’moriy, tasviriy, musiqa san’ati turlaridan unumli foydalanadi. 

Xristianlikda maxsus ikona chizuvchilik maktablari faoliyat olib boradi. 

Yüklə 73,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin