95 tanlab kuzatish usuli to‘G‘risida tushuncha, uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi ahamiyati va zaruriyati



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix26.09.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#148952
tanlab-kuzatish-usuli-to-g-risida-tushuncha-uning-bozor-iqtisodiyoti-sharoitidagi-ahamiyati-va-zaruriyati



95 
TANLAB KUZATISH USULI TO‘G‘RISIDA TUSHUNCHA, UNING BOZOR 
IQTISODIYOTI SHAROITIDAGI AHAMIYATI VA ZARURIYATI. 
 
Baxshillayeva Shaxnoza Said qizi 
 
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 2- kurs statistika ta’lim yo'nalishi talabasi. 
 
Annontatsiya
:
Ushbu maqolada tanlab kuzatish usuli to‘g‘risida tushuncha, uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi 
ahamiyati va zaruriyati haqida fikr yuritilgan. 
 
Kalit so’zlar:
Zarurat,iqtisod,nazariya,jarayon,usul,kuzatish

 
 
Yalpi ma’lumotlarni tadqiqot qilishning statistik uslubiyati o‘rganilayotgan ob’ektlarni qamrab olishiga 
qarab, kuzatishning ikki usuli: yalpi va qisman kuzatishga bo‘linadi. Qisman kuzatishning eng muhim turlaridan biri 
bo‘lib, tanlab kuzatish usuli hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tanlab kuzatish usulining qo‘llanilishiga 
bo‘lgan ehtiyoj yanada yaqqolroq namoyon bo‘lmoqda. O‘zbekiston respublikasi statistikasining milliy hisoblar 
tizimi halqaro andozalariga o‘tishi MHT ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularni tahlil qilishda tanlab kuzatish usulining 
keng ko‘lamda qo’llanilishini taqozo etadi.
Tanlab kuzatish usuli deb, tasodifiy holda tanlab olingan to‘plam birliklarini kuzatish natijasida olingan 
ma’lumotlarni bosh to‘plamga yoyilishiga aytiladi. Tanlab kuzatish usulining vazifasi tanlab olingan to‘plam 
birliklari asosida o‘rganilayotgan to‘plamning hammasiga umumiy tavsif berishdan iboratdir. Tanlab kuzatish 
usulining qo‘llanilishining eng muhim shartlari bo‘lib, uning hamma qoidalari va tamoillariga amal qilish va to‘plam 
birliklarini tanlash ishlarini ilmiy asosda tashkil qilishdir.
Tanlab kuzatish usulining qo‘llanilishiga ehtiyoj turli sabablarga ko‘ra yuzaga keladi. Ma’lumki, hozirgi 
bosqichda xo‘jalik faoliyatining bozor iqtisodiyotiga xos ko‘plab sub’ektlari yuzaga keldi. Bular jumlasiga 
aksionerlik jamiyatlari, fermer xo‘jaliklari, kichik korxonalar, qo‘shma korxonalar va shu singarilar kiradi. Yuzlab 
va minglab xo‘jalik sub’ektlarini yalpi kuzatishni amalga oshirish katta miqdordagi moddiy, moliyaviy va boshqa 
harajatlarni talab qiladi. Tanlama kuzatish usulining qo‘llanilishi esa ko‘plab ish kuchi va mablag‘larni tejash 
imkonini beradi, bu esa bozor munosabatlari sharoitida muhim ahamiyatga egadir. 
Resurslarni tejalishidan tashqari , yana bir muhim sabablardan biri, tanlab kuzatish usulining qo‘llanilishi, 
kerakli ma’lumotlarni to‘plash uchun sarf qilinadigan vaqtning ham tejalishiga, oqibat natijada esa ma’lumotlarni 
qisqa vaqt ichida to‘planishiga imkon beradi. Ayniqsa, bozor iqtisodiyoti ijtimoiy - iqtisodiy vaziyatning tez-tez 
o‘zgarib turishiga sabab bo‘ladigan bugungi kunda vaqt omili muhim ekanligi tanlab kuzatish usulini qo‘llanilishini 
zaruriy shartlardan biriga aylantiradi. Statistik ma’lumotlarni olishda tanlama kuzatish usulining qo‘llanilishining 
ahamiyati, ayniqsa, kuzatish dasturini yanada kengaytirishda namoyon bo‘ladi. Chunki, bu holda to‘plamning 
nisbatan kamroq qismini kuzatishni taqozo qiladi. Bu esa, tanlab olingan to‘plam birliklarini atroflicha va chuqurroq 
o‘rganish imkoniyatni beradi. Alohida takidlash lozimki, ko‘p hollarda amaliyotda ommaviy hodisa va jarayonlarni 
o‘rganishda mahsus vazifalarga duch kelinadi. Bunday vazifalarga, mahsulotlar va tovarlar sifatini o‘rganish bilan 
bog‘liq bo‘lgan vazifalarni aytish mumkin, ayniqsa mahsulot va tovarlar sifatini tekshirish ularning yo‘qotilishi bilan 
bog‘liq bo‘lgan hollarda. Masalan, tanlab kuzatish usuli yordamida lampochkalar, gugurt, ayniqsa oziq-ovqat 


96 
mahsulotlari va shu singarilarning sifatini o‘rganish, ma’lumki ularnig ma’lum miqdorda buzilish va yo‘qolishlarga 
olib keladi. Hozirgi sharoitda O‘zbekiston respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalari ham rivojlanib bormoqda, oziq-
ovqat va nooziq ovqat tovarlarining sifatini nazorat qilishda bojxona tekshiruvlarida ham tanlama kuzatish usulining 
muvaffaqiyat bilan qo‘llanilishiga zaruriyat tug‘ilmoqda. 
Tanlab kuzatish usulining bozor munosabatlari sharoitida statistik ma’lumotlarni to‘plashning eng muhim 
usuliga aylanib qolishning yana bir sabablaridan biri, yalpi kuzatish ma’lumotlarining to‘g‘riligini tekshirib ko‘rish 
va qayta ishlashda undan foydalanish imkoniyatidir. Shunday qilib, tanlama kuzatishni qo‘llashni zaruriyati 
quyidagilardan kelib chiqadi: 

barcha tovar-moddiy iste’mol boyliklarini yoppasiga (to‘liq) kuzatishdan o‘tkazish mumkin emasligidan.
Chunki ularni yoppasiga kuzatishdan o‘tkazsak (tekshirishdan o‘tkazsak) iste’molga yaroqsiz bo‘lib qoladi;

kuzatishni o‘tkazishda mablag‘ va vaqtni tejash uchun. Ayrim voqea-hodisalarni yoppasiga kuzatishdan 
o‘tkazish mumkin, lekin ularni kuzatishdan o‘tkazish uchun uzoq tayyorgarlik, katta mablag‘ va ko‘p vaqt kerak 
bo‘ladi Misol: Aholini ro’yxatdan o’tkazish, narxning o’zgarishini o’rganish va shu kabilar;

yalpi kuzatish ma’lumotlarining to‘g‘riligini tekshirish uchun tanlab kuzatish usulidan foydalaniladi. 
Kuzatish uchun ajratib olingan to‘plam birliklari statistikada tanlama to‘plam (n), birliklar tanlab olingan 
to‘plam esa bosh (general) to‘plam (N) deb aytiladi. Bosh va tanlama to‘plam parametrlarining asosiy 
harakteristikalari quyidagi 6.1- jadvalda keltirilgan. Statistik tanlama kuzatishning natijalari asosan kuzatishga 
tayyorgarlik jarayonining darajasiga bog‘liqdir. Tayyorgarlik darajasi deganda, tanlama kuzatish loyihalarining 
ayrim qoida va tamoyillariga bo‘ysunish darajasi tushuniladi. Loyihalashning muhim elementi bo‘lib, tanlab 
kuzatishning tashkiliy rejasidir. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI: 
1.Теория статистики. Учебник. Под ред. Р.А.Шмойловой. – М.: Финансы и статистика, 2005.
2.Tuxliyev N. va boshqalar. O‘zbekiston iqtisodiyoti asoslari. T.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”, 2006.
3. XudayberdievU.X., Xоliqulоv A.N., TurdibekоvYU.I. Statistika. O`quv uslubiyqo`llanma. Samarqand, SamISI, 
2012.
4. Xudayberdiev U.X., Xоliqulоv A.N., Bаbаnаzаrоvа S.А. Statistika. O`quv uslubiyqo`llanma. (2-qism) Samarqand, 
SamISI, 2014.
5.Xudayberdiev U.X. Statistika. Ma’ruza matnlari. Samarqand, SamISI, 2011
 
 
 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin