Mavzu: ekologik madaniyatni shakllantirishda oʻqituvchining kuzatishga yoʻnaltirilgan topshiriqlar. Reja



Yüklə 18,57 Kb.
səhifə1/2
tarix02.12.2023
ölçüsü18,57 Kb.
#171394
  1   2
Mavzu ekologik madaniyatni shakllantirishda oʻqituvchining kuza-fayllar.org


Mavzu: ekologik madaniyatni shakllantirishda oʻqituvchining kuzatishga yoʻnaltirilgan topshiriqlar. Reja

MAVZU: EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA OʻQITUVCHINING KUZATISHGA YOʻNALTIRILGAN TOPSHIRIQLAR.
REJA:
1. Ekologik tarbiya o‘quvchilar dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismi.

2. Ekologik madaniyatni shakllantirishda oʻqituvchining kuzatishga yoʻnaltirilgan topshiriqlar.


3. Ekologik omillar haqida oʻqituvchining kuzatishga yoʻnaltirilgan topshiriq
«Ekologiya» tushunchasi ilk bor nemis zoologi E.Gekkel tomonidan qo‘llanilgan. Ekologik tarbiya ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ekologik tarbiya (grekcha «oikos» -turar joy, makon, «logos» -fan) o‘quvchilarga dastlabki ekologik bilimlarni berish, mavjud ekologik bilimlarini boyitish, ularda tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayondir.

O‘zbekiston Respublikasida tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu yo‘lda amalga oshiriluvchi ijtimoiy-ekologik harakat mazmuni «O‘zbekiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish Milliy harakat rejasi»da o‘z ifodasini topgan.


Tabiat va atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek, ekologik muammolarning ijtimoiy xavfi xususida to‘xtalib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagi fikrni qayd etadi: «Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachon milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan. Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosidagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo‘lib sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog‘likdir»34.
O‘quvlarda tabiatga nisbatan to‘g‘ri munosabatni qaror toptirish, mehr-muhabbatni uyg‘otish, atrof-muhit musaffoligiga erishish ekologik muammolarni hal etish yo‘lida muhim bosqich sanaladi.
Ekologik ta'lim o‘quvchiga aniq maqsadga muvofiq, izchil, tizimli va uzluksiz ravishda nazariy ekologik bilimlarni berishga yo‘naltirilgan ta'limiy jarayonidir.
Nazariy ekologik bilimlar (ekologik ong) hamda atrof-muhit va tabiat muhofazasi yo‘lida olib borilayotgan faoliyat birligi ekologik madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi. Ekologik ong tabiat va atrof-muhitning mavjud holati, ularni muhofaza etish borasidagi tushunchalarning ongdagi ifodasi bo‘lib, u murakkab ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida namoyon bo‘ladi. Ekologik faoliyat esa ekologik bilimlarga tayanilgan holda tabiat va atrof-muhit muhofazasini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan xatti-harakatlar majmui demakdir.
Ekologik madaniyat o‘quvchining ijtimoiy talablarga muvofiq tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish qobiliyati.
Ekologik tarbiya ijtimoiy tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi bo‘lib, uni tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal etilishi zarur:
O‘quvchilarning ta'lim jarayonida o‘zlashtirgan ekologik bilimlarini yanada oshirish.
Ularning tabiat va atrof-muhit ekologiyasi to‘g‘risidagi tasavvurini boyitish.
O‘quvchilarda tabiat va atrof-muhit muhofazasini ta'minlash ijtimoiy zaruriyat ekanligi to‘g‘risidagi e'tiqodni shakllantirish.
O‘quvchilarda ekologik faoliyat ko‘nikma va malakalarni tarbiyalash hamda ularning tabiat va atrof-muhit muhofazasini ta'minlash jarayonida faol ishtirok etishlariga erishish.
Oila va jamiyatda tashkil etilayotgan ekologik tarbiyaning suhbat, davra suhbati, ekskursiya, bahs-munozara, ijodiy tanlovlar, uchrashuv, ijtimoiy-foydali mehnat (shanbalik, hashar, ko‘kalamzorlashtirish) kabi shakl hamda suhbat, kuzatish, amaliy faoliyatni tashkil etish, rag‘batlantirish va jazolash kabi metodlar yordamida tashkil etish o‘quvchilarda ekologik madaniyatni qaror topishini ta'minlaydi.
O‘quvchi tarbiyasida ishtirok etayotgan sub'ektlarning shaxsiy namunalari, o‘quv manbalari, badiiy adabiyotlar, ommaviy axborot vositalari (shu jumladan, Internet) materiallari va ularning g‘oyalari o‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirishning muhim vositalari sanaladi.
Ma'naviy-axloqiy tarbiya shaxs dunyoqarashini shakllantirishning muhim omili. Shaxs dunyoqarashining shakllanishida ma'naviy-axloqiy tarbiya ham muhim o‘ringa ega bo‘lib, uni samarali tashkil etish o‘quvchida ma'naviy-axloqiy ongni shakllantirishga yordam beradi. Axloqiy tarbiya muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlarini o‘quvchilar ongiga singdirish ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko‘nikmalari hamda axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi.
Axloqiy tarbiyaning asosi axloq va axloqiy me'yorlardir. Axloq (lotincha «moralis» xulq-atvor ma'nosini bildiradi) ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari yig‘indisi. Axloqiy me'yorlar to‘g‘risidagi bilimlar o‘quvchilar ongiga ta'lim va tarbiya jarayonida singdirilib boriladi. Axloqiy tarbiyaning natijasi o‘quvchilarda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko‘nikmalari va axloqiy madaniyatning shakllanishida ko‘rinadi.
Axloqiy ong - ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari, shuningdek, milliy istiqlol g‘oyasining o‘quvchilar ongida aks etishidir.
Axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko‘nikmalari hamda axloqiy madaniyat ta'lim-tarbiya jarayonida yo‘lga qo‘yilayotgan axloqiy, ijtimoiy-g‘oyaviy, iqtisodiy, huquqiy, estetik va ekologik mavzulardagi suhbat, bahs-munozara, debatlar xalq xo‘jaligining turli sohalarida fidokorona mehnat qilayotgan, ilm-fan, madaniyat, ishlab chiqarish hamda sport sohalarida yuksak darajadagi muvaffaqiyatlarni qo‘lga kirish bilan O‘zbekiston Respublikasi nomini jahonga mashhur qilayotgan, uning obro‘-e'tiborining oshishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan shaxslar hayoti va faoliyat to‘g‘risidagi ma'lumotlardan samarali foydalanish, vatanparvarlik namunalarini ko‘rsatgan, xalq qahramonlari namunasida shakllantiriladi.
Axloqiy tarbiya o‘quvchilarda dunyoqarashni shakllantirishda ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uni samarali tashkil etishda ong, his-tuyg‘u hamda xulq-atvor birligiga erishish maqsadga muvofiqdir. Zero, ular birligida ma'lum kamchiliklarning yuzaga kelishi ham o‘quvchilarning komil shaxs bo‘lib kamol topishlariga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Dunyoqarash tabiat, jamiyat, inson tafakkuri hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e'tiqodlar tizimidir.
Yuksak ma'naviy komillik, yurt ozodligi, obodligi va xalq farovonli yo‘lida fidokorona mehnat qilish, o‘ziga va atrofdagilarga nisbatan talabchan bo‘lish, o‘zida irodaviy sifatlarni tarbiyalay olish, intiluvchanlik, tashabbuskorlik, tashkilotchilik, ijodkorlik hamda mustaqil fikrlash layoqatiga ega bo‘lish kabi xislatlarni mustaqil O‘zbekiston Respublikasi hayotida ustuvor bo‘lgan tamoyillar sifatida e'tirof etish mumkin.
O‘quvchilarni ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi asoslari tayanch omillar sifatida namoyon bo‘ladi.
Axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida axloqiy mazmundagi suhbat, ma'ruza, bahs-munozara, konferensiya, seminar hamda debatlardan foydalanish o‘zining ijobiy natijalarini beradi.
Ekologik tizim (ekotizim) ta‘rifi. Ekotizimlarning biotizimlardan farqini organizmlar va muhitning birgalikda yig’indisi holatida tasavvur qilish mumkin.
Ekologik tizim - bu birgalikda yashovchi har xil turdagi organizmlar va ular yashashining shart-sharoitlaridir, o’zlarini o’rab turgan tabiiy muhit bilan aloqada bo’ladilar.
Yuqorida qayd etilganidek, ekotizimning alohida yashovchi organizmlarini – muhitni «populyatsiya» - muhiti, «tur-muhit» kabi turlarini autekologiya, ekotizimning turini esa sinekologiya o’rganadi.
Ekotizim xuddi biotizim singari ierarxik, shaklda mavjuddir. Biroq ularning barchasi shartli, ya‘ni yonma-yon darajalar bilan funktsional o’zaro bog’langan. Shunday ekan, tabiatda genlar xo’jayradan tashqari ko’p xo’jayrali organizm tarkibidagi organlar, organdagi xo’jayralardan tashqari yashay olmaydi (moddalarning aylanish va energiyaning paydo bo’lishi bundan istisno). Shu sababli kishilik jamiyati jahon tabiati bilan uzviy bog’langan. Shunday qilib, bio- va ekotizim bir vaqtda ham diskretli, ham uzluksiz hisoblanadi.
Mualliflar ekotizimning muhim belgilaridan biri uning beo’lchovligi deb hisoblaydilar. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ekotizimga misol tariqasida (mikroblari bilan tomchi suv ham) suv tomchisini ko’l, o’tloq, cho’l, o’rmon, sabzavotlar juyaklari bilan, biofiltr, kosmik kema kabinasi va boshqalarni keltirish mumkin. Shunday ekotizimlar tabiiy va sun‘iy (inson tomonidan o’zgartirilgan) bo’lishi mumkin.
Ekotizimlarda ichki ham tashqi modda va energiya almashinuvi sodir bo’ladi. Ularga aniq oziq zanjiri hamda oziq (trofik) darajasi xosdir. Oziq zanjirining umumiy qonuniyatlar ozuqa sifatida, ikkinchisi uchinchisiga va b.q. xizmat qiladi.
Tashqi muhit ta‘sirida o’zgarish, ekotizim tomonidan javob ta‘sirini paydo qilib, bu o’zgarishlarni yoki yo’qotadi yoki ekotizimning o’zini qayta qurishga olib keladi.
Yuqorida qayd qilinganidek, ekotizimlar ierarxik shaklda tuzilgan. Biz ekotizimlarni tashqil etish darajasiga qarab uchta asosiy qismga bo’lamiz: biogeotsenotik, (biogeotsenoz), biom va biosfera tizimi.
Bu tabiatdagi eng murakkab tizimlardan biri hisoblanib, avtotrof, xemotrof va geterotrof organizmlarga bo’linadi. Biogeotsenozning tirik tarkibiy qismlariga, atmosferaning yerga yaqin qatlami, undagi gaz va issiqlik vositalari, quyosh quvvati, tuproq va uning suv mineral vositalari esa jonsiz tarkibiy qismlariga kiradi. Har bir biogeotsenozda yerning geologik tuzilishi, tuproq, iqlim sharoitlari, suv rejimi, o’sha joyda o’sib unadigan o’simlik hamda hayvonlar bir-biriga monand va o’zaro bog’langan bo’ladi. Biogeotsenoz tarkibiga odamdan boshqa barcha tirik mavjudotlar kiradi. Biogeotsenoz o’zgarib turadi. Bu o’zgarishlar kishilar, muhit, hatto uzoq Koinotning ta‘siri ostida ham ro’y beradi.Biogeotsenozni o’rganish qishloq xo’jaligini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.
Ushbu atama ekologiyaga 1940 yilda V.N. Sukachyov tomonidan kiritilgan. U biogeotsenozga quyidagicha ta‘rif bergan (biogeotsenologik tadqiqotlarning uslubi va dasturi, 1966 yil 14 betda shunday keltirilgan): «Biogeotsenoz - bu Yer yuzasining ma‘lum masofasidagi bir-biriga o’xshash tabiiy hodisalar (atmosfera, tog’ jinslari, o’simliklar, hayvonot olami va mikroorganizm hodisalari)» majmuidir. Bu majmua uni tashqil etuvchi tarkibiy qismlari o’zaro ta‘sirining o’ziga xos alohida xususiyatiga hamda tarkibiy qismlari o’rtasida va ichki dialektik birlikda, doimiy harakatda va rivojlanishda bo’lgan boshqa tabiat hodisalari bilan modda va energiya almashinuvining muayyan xiliga egadir.
Biosferadagi barcha o’simliklar va hayvonlar odatda jamoa holda yashaydi. Bunda ular o’zaro munosabatda bo’ladilar. Muayyan tuproq sharoitida o’simliklar, hayvonlar, ayrim zamburug’lar va mikroorganizmlarning birgalikda yashashiga biogeotsenoz deyiladi. Faqat birnecha tur o’simlik qavm bo’lib yashasa fitotsenoz, bir necha tur hayvonlarning birgalikda qavm bo’lib yashashiga zootsenoz deyiladi.
“Biogeotsenoz” atamasi fanga 1941 yilda rus olimi V.N. Sukachyov tomonidan kiritilgan (Bios, lotincha geo-er, senoz - umumiy).
Tirik organizmlarning bir-birlariga o’zaro ta’siri muhitning biologik omillari deb qaralsa, ularning atrofini o’rab olgan barcha tirik organizmlar biotsenotik muhitni tashkil etadi. Demak, bir hil muhitga moslashib olgan va bir joyning o’zida birga yashaydigan barcha organizmlar yig’indisi biotsenoz deyiladi. (Bios, lotincha -xayot, senoz - umumiy). “Biotsenoz” atamasini fanga 1877 yilda nemis olimi K. Libius kiritgan. Biotsenoz odatda fitotsenoz, zootsenoz, mikotsenoz va mikrobiotsenozlardan tashkil topgan. Maydon birligiga to’g’ri keladigan turlar soni biotsenozlarning turlariga to’yinganligi deyiladi.
Yashash sharoiti, o’xshash va o’zaro munosabati natijasida paydo bo’lgan, bir-biriga ta’sir ko’rsatuvchi har-xil turga mansub bo’lgan birgalikda yashovchi organizmlar yig’indisiga ekologik tizim deyiladi. O’rmon, cho’l, o’tloq (yaylov, suv xavzasi va boshqalar ekotizimga misol bo’la oladi. “Ekotizimlar” tushunchasi fanga 1935 yil ingliz ekologi A. Tensli tomonidan kiritilgan. A. Tensli ta’rifiga ko’ra ekotizim ichki va tashqi doiralarda moddalar va energiya almashinuviga ega bo’lgan tirik va jonsiz komponentlarning cheksiz barqaror tizimidir. SHunday qilib, ekotizim mikroorganizmlarga ega bo’lgan bir tomchi suv, o’rmon, tuvakdagi o’simlik, kosmik kema va x.k. Ko’pincha ekotizm va biogeotsenoz tushunchalari bir-birini sinonimi sifatida qo’llanildi va deyarli birxil ma’noni bildiradi. Ammo, ba’zi tomonlari bilan ular farq qiladi.
Ekotizimlar biogeotsenozga nisbatan kengroq tushunchadir. Biogeotsenoz ekotizm bo’la oladi, ammo har qanday ekotizimni biogeotsenoz deb bo’lmaydi.
Ekotizimlardagi organizmlar hayot faoliyati va moddalarning aylanish uchun energiya talab etiladi. Yashil o’simliklar hayot uchun zarur bo’lgan kimyoviy moddalarni olib, fotosintez jarayonlarida organik birikmalar to’playdi va quyosh energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi. Bunday organizmlar avtotroflar yoki produtsentlar deb ataladi. Demak produtsentlar – o’simliklar bo’lib ular harqanday biotsenozning asosiy tarkibi va energiya manbai sifatida xizmat qiladi. Ular assimilyatsiya jarayonida to’plangan energiyasini boshqa organizmlarga beruvchilardir, ya’ni hosil qiluvchilardir.
O’simliklar va boshqa jonivorlar bilan oziqlanib yashovchi geterotrof organizmlar, ya’ni xayvonlar esa oziqlanish jarayonida organik moddalarni karbonat angidrid, suv va mineral tuzlarga aylantiradi. Ammo bu organizmlarning biron turi ham o’simliklar, xayvonlardagi organik moddalarni oxirigacha parchalay olmaydi. O’simliklar tomonidan to’plangan organik moddani ist’emol qiluvchilar bo’lib hisoblanadi va ularni konsumetlar deb ataladi.
Birinchi tartibdagi konsumentlarga produtsentlar bilan oziqlanuvchi o’txo’r hayvonlar kiradi. Quruqlikda keng tarqalgan birinchi tartibdagi konsumentlar hashoratlarning ko’pchilik vakillari sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilardir.
Eng muhim birinchi tartibdagi konsumentlar sut emizuvchilarning o’txo’r guruhlari, kemiruvchilar va tuyoqliklar hisoblanadi. Ularga ot, tuya, qo’y, echki va qoramollar kiradi.
Geterofillarning ikkinchi guruhi yemiruvchilar yoki rudutsentlar (zamburug’ va bakteriyalar) dir. Zamburug’ning ba’zilari biotsenozda o’simlik va hayvonlarda tekinxo’r holda yashab, ko’pchiligi organik moddalarni mineral moddalarga parchalovchilardir. Bakteriyalar birinchi navbatda redutsentlar hisoblanib, ular o’lgan organizmlardagi murakkab organik moddalarni parchalab, oddiy mineral moddalarga aylantira oladi.
SHunday qilib, uzoq evolyutsiya jarayonida vujudga kelgan bir-biriga bog’liq turlardan barqaror zanjirlar paydo bo’ladiki, bular boshlang’ich ozuqa moddalardan birin-ketin olib, turli yo’llar bilan tabiatda moddalarning davriy harakatini ta’minlaydi. Organizmlar quyosh energiyasini kimyoviy, mexanik va issiqlik energiyalarga aylantiradi.



Yüklə 18,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin