Iyon kanallari aktivatsiyasi, diaktivatsiyasi va inaktivatsiyasi
G. Selening stres va disstres xaqida talimoti Stress (ing . stress — bosim, kuchlanish, tanglik) - odam va hayvonlarda kuchli taʼsirotlar natijasida sodir boʻladigan oʻta hayajonlanish, asabiylik holati. Organizmda har xil taʼsirotlarga nisbatan rivojlanadigan nomaxsus neyrogormonal reaksiya. "S." terminini kanadalik patolog G. Selye taʼriflab, tibbiyotga kiritgan (1936). Olim stress holatiga olib keluvchi omilni stressorlar deb, ular taʼsirida organizmda roʻy beradigan oʻzgarishlarni moslashish (adaptatsiya) sindromi deb atadi. Fizik (issiq, sovuq, shikastlanish va boshqalar) va psixik (qoʻrquv, qattiq tovush, oʻta xursandchilik) stressorlar ajratiladi. Organizmda bu omillar taʼsirini yengishga qaratilgan moslashuvchi biokimyoviy va fiziologik oʻzgarishlar rivojlanadi, bu stressorning kuchi, taʼsir etish muddati, odam yoki hayvonning fiziologik sistemasi va ruhiy holatiga bogʻliq. Nerv sistemasi yuqori rivojlangan odam va hayvonlarda, his-tuygʻu koʻpincha stressor vazifasini oʻtaydi va u fizik stressor taʼsiriga zamin tugʻdiradi. Odamda bir xil kuchdagi stress ham xavfli, ham ijobiy boʻlishi mumkin. Shuning uchun maʼlum bir darajadagi Stresslarsiz faol hayot kechirib boʻlmaydi, chunki stresslar boʻlmasligi bu oʻlim bilan barobar degan edi G.Selye. Demak, stresslar nafaqat xavfli, balki organizm uchun foydali ham boʻlishi mumkin (eustress), bu holat organizm imkoniyatlarini ishga soladi, salbiy taʼsirotlarga chidamliligini oshiradi (masalan, infeksiyalar, qon yoʻqotish va boshqalar), maʼlum bir somatik kasalliklar (mas, yara kasalligi, allergiya, yurak kasalliklari va boshqalar) kechishini yengillashtiradi yoki bemorning ulardan form boʻlishiga yordam beradi. Zararli S.lar (distress) organizm rezistentligini pasaytiradi, koʻpgina kasalliklarning kechishini ogʻirlashtiradi. S. taʼsirida kasalliklar paydo boʻlishida organizmning dastlabki holati katta ahamiyatga ega. Mas, gipertoniya kasalligi bilan ogʻrigan bemorda S. ogʻirroq, yaʼni gipertonik krizlar bilan kechadi.
G. Selye, S. natijasida rivojlanadigan kasalliklar yo stressorning kuchli taʼsir etishi, yoki gormonal tizimning "notoʻgʻri" reaksiya berishiga bogʻliq deb hisoblagan. Chunki ayrim hollarda distress uncha kuchli boʻlmagan stressor taʼsirida yuzaga keladi. S.ning organizmga ijobiy yoki salbiy taʼsir etishi organizmning ushbu stressorga nisbatan reaksiyasiga bogʻliq.