Kerakli jihozlar: darslik, o’quv qo’llanmalar, sinf rahbarining ota-onalar bilan ishlash yuzasidan bajarilgan materiallar, allomalarning bola tarbiyasi haqidagi asarlari, maqollar, hikmatlar ifodalangan tarqatma materiallar, kompyuter jamlanmasi.
Ishni bajarish tartibi:
Ota-onalar bilan hamkorlik qilishning shakllari aniqlanadi.
Sinf rahbarining ishi bilan tanishib chiqish. Yutuq va kamchiliklariga izoh berish.
Ota-onalar kengashining ishini o’rganish va tashkil etish tartibi belgilanadi.
Bola tarbiyasiga doir asarlar bilan tanishib chiqish, ayrim ahamiyatli joylarini muhokama qilish.
Mashg’ulotni yakunlash.
Adabiyotlar Xoliqov G’Pedagogik mahoratG’Darslik.T.:Iqtisod-moliya nashriyoti, 2011- 420 b.
N.N. Azizodjaeva G’Pedagogik texnologiya va pedagogik mahoratG’ T.: O’zbkiston yozuvchilar uyushmasi. 2006 - 159 b.
ZiyomuxammedovG’ Pedagogik mahorat asoslariG’ T.:TIB-KITOB, 2009-183b
9- seminar mashg’ulotining ishlanmasi: Pedagogik qobiliyatlarning tarkibiy qismlari Dars maqsadi: Pedagogik qobiliyatlar haqidagi tushunchalarini boyitish, uning tarkibiy qismlariga aniqlik kiritish, pedagogiglik kasbiga qiziqishni oshirish.
Identiv o’quv maqsadlar: 1. Pedagogik qobiliyatlarga ta’rif beradilar.
2. Pedagogik qobiliyatlarga izoh beradilar.
3. Pedagogik qobiliyatlarni tavsiflaydi.
Kerakli jihozlar: darslik, ko’rgazmali qurollar, video lavhalar, dars ishlanmalari, qobliyatini aniqlovchi testlar, kompyuter jamlanmasi.
Ishni bajarish tartibi: 1. Pedagogik qobiliyatlar yuzasidan adabiyotlar bilan tanishish.
Pedagogik qobiliyatlar mohiyatini o’rganib chiqish.
Pedagogik qobiliyat turlarini muhokama qilish.
Mohir pedagoglarning dars jarayonidagi qobiliyatlarini tahlil qilish.