Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


Ta’lim-tarbiya jarayonida kompyuter texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə73/126
tarix20.11.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#162125
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   126
Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


Ta’lim-tarbiya jarayonida kompyuter texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish


Kompyuter texnologiyalari (kompyuter savodxonligi)dan foydalanishda, o’qituvchi uning mazmuniga ko’ra bir qancha vazifalarni bajarishi mumkin. Faol foydalanish imkoniyatiga ega kompyuter texnologiyalari quyidagi asosiy didaktik funktsiyalarni bajaradi:
- multimedia texnologiyasini qo’llash evaziga o’quvchilarda fanlarga qiziqishni rivojlantiradi;
- bunda ta’limning interfaolligi tufayli o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlari faollashadi va o’quv materialini o’zlashtirish samaradorligi oshadi;
- real holatlarda namoyish qilinishi qiyin yoxud murakkab bo’lgan jarayonlarni modellashtirish va ko’rish imkoniyatini berishi bilan muhim ahamiyatga ega ;
- o’quv materiallarini o’zlashtirilishi faqat darajasiga ko’ra emas, balki o’quvchilar erishgan mantiqan qabul qilishlarining darajasiga ko’ra ham samarali hisoblanadi;
- masofadan turib ta’lim olishni faqat o’zlashtiruvchi o’quvchilar yoki internet ta’limi uchun tashkil etilmaydi, balki sababsiz dars qoldirgan o’quvchilar uchun ham tashkil etish imkoniyatini beradi;
- o’quvchilarga mustaqil izlanish yo’li bilan materiallarni izlash, topish hamda muammoli masalalarga javob berish orqali ma’lum tadqiqot ishlarini bajarish uchun imkoniyat yaratadi;
- o’quvchilarning yangi mavzuni o’zlashtirishi, misollar echishi, insho, bayon yozish ishlarida, o’quv materiallari bilan mustaqil tanishish, tanlash va axborot hamda ma’lumotlarni tahlil etish kabi masalalarni tez bajarish uchun sharoit yaratadi.
Ma’lumki ta’lim mazmunini takomillashtirishning bosh xususiyatlaridan biri kompyuter bilan muloqot jarayonida uning doimiy murojaat qilinadigan «qo’llab-quvvatlovchi axboroti»ni ko’paytirish, kompyuter axborot muhiti va hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan darajadagi axborot bazasining yaratilganligi, gipermatn va multimedia, o’qitishda immitatsiya, kommunikatsiya tizimlari qabul qilingan.
Ma’lumotlar bazasi deganda, axborotni kompyuter texnikasi yordamida kiritish, tizimlashtirish, saqlash va foydalanish uchun tavsiya qilish tushuniladi.
Bir qator axborotlarni an’anaviy qayta ishlash uchun ularni tayyorlashning standart shakllari mavjud bo’lib, ularga bibliografiya, statistik ma’lumotlar, referatlar kiradi. Ma’lumotlar bazasi axborot tarkibiga statistik, matnli, grafik va ko’rinishli axborotlarni cheksiz ko’p miqdorda va albatta, belgilangan shakllardagi ko’rinishlarini qabul qiladi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin